Qoraqalpoq davlat universtiteti Fizika fakulteti 2-v guruh talabasi Sobirov Muzaffarbekning Optika fanidan ishlagan mustaqil ishi Mavzu
Download 1.12 Mb.
|
Optika mustaqil ish
Yorug’likni ko‘rish sezgilari
3-rasm. Insonlar tomonidan rang va yorug‘likni sezish ko‘rish sezgilari orqali amalga oshadi. Ko'z optik sistema bo’lib, buyumning tasvirini ko’z soqqasining yorug’likga sezgir bo’lgan to’rsimon pardasida hosil qiladi.Ko’z tashqi tomondan 3 ta parda bilan o’ralgan (3-rasm). Tashqi (1) parda oqsil parda deyiladi. Bu zich parda ko’zni tashqi ta’sirlardan saqlaydi. Oqsil pardaga (2) sertomirli parda va yorug’lik sezuvchi to’r parda (3) tutashgan. Bu elementlar ko’zni bosh miya bilan bog’lovchi (4) ko’rish nerv tolalarining uchlaridir. Ko’zning oldingi qismida (5) shox pardaga, tomirli parda esa (6) kamalak pardaga aylanadi, kamalak pardaning o’rtasida ko’z qorachig’i joylashgan. Ko’zning qorachig’i diagfragma rolini o’ynaydi. Uning diametri ko’zga tushayotgan yorug’lik miqdoriga qarab o’zgarib turadi. Qorachiqni ortida ikki yoqlama qavariq linza shaklidagi shaffof elastik jism (7) ko’z gavhari joylashgan. Shox parda bilan kamalak parda oralig’ida suvga o’xshash (8) susyuqlik bo’ladi. Butun ko’z bo’shlig’i ko’z gavharidanko’zning orqa devorigacha bo’lgan qismi shaffof suyuqlik bilan to’ldirilgan. Ko’z suyuqligining sindirish ko’rsatkichi 1.33 ga, shox pardaniki 1.38 ga va ko’z gavhariniki o’rtacha 1.48 ga teng. Ko’zga tushadigan nurlar shox pardada eng ko’p sinadi. Biz ko’rayotgan buyumning tasviri to’r pardada joylashadi; u haqiqiy, kichiklashagan va teskari bo’ladi. Biz miyamizning korrektlash ta’siri ostida buyumning joylashishi to’g’risida to’g’ri taasurot olamiz. Bizning ko’zimiz ko’rinayotgan jism orasidagi masofaga qarab moslashadi. Ya’ni fokus masofasini o’zgartira oladi. Ko’z gavharining fokus masofasini kuzatilayotgan buyumgacha bo’lgan masofaga moslashish qobiliyati akkomadatsiya deyiladi. 4-rasm. Ko’zning akkomadatsiya qobiliyati buyumlarning to’r parda sirtiga proyeksiyalanishini ta’minlaydi. Biroq ba’zi kishilarning ko’zi zo’riqmagan holda uzoqdagi buyumning tasvirini to’r pardada emas, balki uning oldida hosil qiladi (4-a rasm). Ko’zning bu nuqsoni yaqinni ko’rarlik deb ataladi. Chunki kishi bunda uzoqdagi buyumlarni yaxshi ko’ra olmaydi. Uzoqdagi buyumni har bir nuqtasidan kelayotgan nurni to’r pardada to’plash uchun uni tarqaluvchi qilish kerak. Buning uchun sochuvchi linzalar o’rnatilgan ko’zoynaklar taqiladi (4-b rasm). Uzoqdagi buyumning tasviri ko’zning to’r parda orqasiga tushishi bilan bog’liq bo’lgan nuqson uzoqdan ko’rarlik deb ataladi (4-d rasm). Bunda uzoqdagi narsani ko’rishda ko’z zo’riqadi. Buyumning tasvirini to’r pardaga keltirish uchun gavharga tushayotgan parallel nurlar dastsaini yaqinlashuvchi dastaga aylantirish kerak, buning uchun yig’uvchi linzalar o’rnatilgan ko’zoynakdan foydalaniladi (4-e rasm). Shunday qilib ko’zning nuqsonlarini yig’uvchi va sochuvchi linzalar o’rnatilgan ko’zoynaklardan foydalanib yo’qotish mumkin. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling