Qoraqalpoq xalqi madaniyati
Download 1.18 Mb.
|
Magistrlik dissertasiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. O‘zbekiston deb ataluvchi jannatmakon Vatanimiz, nafaqat SHarq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan allomalar, fozil-u fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari ana shu zaminda yaratilgan.Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari shu kungacha fayzini, mahobatini yo‘qotmagan, osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi». Ana shu zaminda o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining ajdodlari tinch, totuv, ahillikda kun kechirishgan. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, «Qoraqalpoq xalqi jahonga o‘zining milliy madaniyati, o‘zgacha san’ati, klassik adabiyati, ruo‘xiy baholiliklari, dasturi va urf-odatlari bilan ma’lumdur». Prezident Sh.Mirziyoyev ham “men o’zimni qoraqalpoq xalqining ham farzandi deb bilaman”, — deya ta’kidlab, qoraqalpoq xalqiga ehtiromini bildirgan edi Ma’lumki, qoraqalpoqlar turkiy tilli xalq boʻlib, qadimgi va oʻrta asrlarda Amudaryo va Sirdaryoning keng delta hududlarida, Orolboʻyi va Kaspiy dengizining shimoliy mintaqasida, zonada yashagan choʻl qabilalari orasida shakllangan. Qoraqalpoqlar Orol dengizining janubiy sohillarini va Amudaryo deltasida yashashgan. Bu hudud XVIII-XIX asrlarda qoraqalpoqlar tomonidan oʻzlashtirilgan. Bungacha qoraqalpoqlar Sirdaryoning quyi oqimidagi hududlarni istiqomat qilishgan. Ammo, XVIII-asrning ikkinchi yarmi – XIX-asr boshlarida avval jung‘orlar keyin qozoq qabilalari hujumidan kuchsizlanib qolgan qoraqalpoqlar o‘zlari yashayotgan Orol dengiziga yaqin hududdagi Yangidaryodan Zarafshon vohasiga tutashgan dashtlarga ommaviy koʻchib kelishga majbur bo‘lishdi. Konimex qoraqalpoqlarining ayrim tarixiy afsonalaridan parchalar keltiramiz: “Qoraqalpoq chorvadorlari Sirdariyning Turkistongacha boʻlgan shu qirgʻogʻida yashagan. Yangidaryo bo'yida qoraqalpoq qa’lalaridan biri CHirik bo'lgan. Qoraqalpoqlar qozoqlardan yengilgandan keyin u yerdan ko‘chib ketdilar”. Shundan keyin bu yerdan arava va tuyalarda qoraqalpoqlar ko‘chib ketishdi... Qoraqalpoqlarning ko‘pchiligi Chimboyga ko‘chib ketishdi... kuchsizlari Nurota tomon otlandi. Mahalliy qoraqalpoqlar shimoldan, qumlardan o'tib ko'chib kelgan. Ko‘pchilik ayniqsa, kuchsizlar, qariyalar holdan toyib, kasallanib, yo‘l bo‘ylab qolib ketishdi. Muyten va qo‘ng‘irot urug‘lari aravalarda ko‘chib ketishdi. O‘sha vaqtdan boshlab xalq orasida “aravali qo‘ng‘irot” so‘zlari qolib ketgan. O‘sha vaqtdan buyon qoraqalpoqlarning bu guruhi yuqori qoraqalpoqlar, Buxoro qoraqalpoqlari nomi ostida yashab qolib, atrofdagi xalqlar bilan qon-qarindoshchilik aloqalarini bog‘lab yurt ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shib kelishmoqdalar. Zarafshon vohasi qoraqalpoqlari mintaqada o‘ziga xos madaniy yutuqlarga erishib, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ham yuksak marralarni egallashmoqdalar. Chunonchi, qoraqalpoqlarning dehqonchilik bilan shugʻullanib, paxta, tariq, arpa, bugʻdoy va poliz ekinlari yetishtirish bilan bu mintaqadagi dashtlarda ko‘chmanchi chorvachilikni - mayda chorvachilikni, bundan tashqari tuyalar va otlarni boqish bilan shug‘ullanishgan. Chorvachilik qoraqalpoqlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, jun bilan ta'minladi, ular ham qozoq qo'shnilari kabi kigiz, gilam, olacha (olacha murakkabroq bezakli, lekin ayni paytda junsiz) to'qishdi, xurjinlar va o‘tovni mustahkamlash va bezashga xizmat qiluvchi ko'plab gilam,kigiz, baskur va boshqalar tayyorlashgan. SHu nuqtai nazardan kelib chiqib, Zarafshon vohasi qorqalpoqlarining ijtimoiy, madaniy hayotini o‘rganishni, ularning tarixini tadqiq etish dolzarb masala sifatida namoyon bo‘ladi. Aynan shu tarixiy zarurat tadqiqot ishining dolzarbligini belgilaydi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling