Qoraqolpoq Davlat Universiteti Geografiya va Tabiiy resurslar
Download 0.77 Mb.
|
1 2
Bog'liqTuproqlar geografiyasi Utkirbek maruza
Qoraqolpoq Davlat Universiteti Geografiya va Tabiiy resurslar fakulteti 3B-Geografiya Talabasi Eshanbaev Utkirning Tuproqshunoslik Geografiyasi Fanidan Prezentatsiyasi Reja: 1.Tuproqni muhofaza qilish. 2.Tuproqlarni muhofaza qilish bo’yicha me’yoriy huquqiy hujjatlar. Tuproq eroziyasi va unga qarshi kurash. Suv va shamol tasrida tuproqning yemirilish jarayoniga eroziya deb ataladi (lot. erosion - о yuvish, kemirish). Suv va shamol eroziyalari ajratiladi. Suv eroziyasi: yoppasiga yuvilish(yuza) va uzunasiga ro‘y beradigan (jarlik) eroziyalarga bo'linadi.Yuza eroziya tuproqning yuqori qismida yonbag'irlar.Bo’ylab oqadigan suvlar ta’sirida yuvilishidan yuzaga keladi, bu tur tabiatda ko‘p tarqalgan. Jarlik eroziyasi - yonbag'irlardan kelayotgan kuchli suv oqimlari ta’sirida tuproqning chuqurlatib, o‘yilib yuvilishi hisobiga ro’у beradi. 6 Eroziyaning rivojlanish tezligiga qarab geologik (meyoriy) va tezlashgan turlarga ajratiladi.Geologik eroziya - o‘simliklar bilan qoplangan tuproq yuzasidan zarrachalaming asta-sekin yuvilishi bo‘lib, bunda tuproq paydo bo‘lishi davomida yuvilgan tuproq qatlami qayta tiklanadi. Tezlashgan eroziya - tuproq yuzasida o‘simliklar yo‘qotilib yuborilganda va yerdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida sodir bo‘ladi(antropogen eroziya). Bunda eroziya jadalligi keskin kuchayib,yo‘qotilgan tuproq qatlami qayta tiklanmaydi. Sug‘orish eroziyasi - suv eroziyasining bir turi bo‘lib, asosan nishab yerlarda ko‘p suv oqizib sug‘orish natijasida ro‘y beradi.Nishablik 2-3° bo‘lganda sug‘orish eroziyasi avj ola boshlaydi. Qiya maydonlarda bir marta egat oralab sug‘orilganda gektariga 22-50 tuproq oqizib ketilishi, o‘ta qiyaliklarda 6901 ga yetishi mumkin.Shamol eroziyasi (deflyatsiya) chang bo‘ronli („qora”) va mahalliy (kundalik) turlarga bo‘linadi. Chang bo‘ronli eroziya kuchli shamollar ta’sirida ro‘y beradi. Ikkinchisi sekin-astalik bilan ro‘y bersa-da, shu tarzda tuproqni yemiradi. 1982 yilning aprel oyida Rossiyaning janubi va Ukrainada ro‘y bergan kuchli chang bo‘roni oqibatida 15 mln t dan ortiq tuproq uchirilib, Polsha va Ruminiya hududlariga borib tushgan. 1960 yilda Ukraina va Shimoliy Kavkazda ko‘tarilgan chang bo‘roni 7-10 sm qalinlikdagi tuproq qatlamini ko‘chirib, daraxtzorlar va boshqa to‘siqlar yonida balandligi 2 m hamda eni 50 m keladigan uyumlar - to‘siqlar hosil qilgan.Shamol eroziyasiga qarshi tuproqni himoyalovchi almashlab ekish, qor saqlanishini ta’minlash, qumlami mustahkamlash va o‘rmonlashtirish, ihotazorlar bunyod etish, yaylovlardan to‘g‘ri foydalanish, dala-o‘tloq-o‘rmon tizimi ko‘rinishidagi maydonlami bunyod etish maqsadga muvofiq. Suv eroziyasiga qarshi yonbag‘irlarda yerlarni gorizontallar bo ‘уlab haydash, suvdan meyoriga yarasha foydalanish, yerlarni chuqur haydash, almashlab ekishni to‘g‘ri tashkil etish, ihotazorlami bunyod etish, jarliklami o‘rmonlashtirsh, suv havzalari atrofida daraxtzorlar bunyod etish, chorva mollari boqishni tartibga solish, Tog’ o‘rmonlarini saqlash bilan erishish mumkin.Sug‘orish natijasida yer osti suvlari sathi ko‘tariladi va gruntdagi suvda eruvchi tuzlar tuproq kapillyarlari orqali uning yuqori qismiga chiqadi. Harakat issiqligidan suv bugianib, tuproqning yuqori qismida tuz to'planishiga sabab bo‘ladi. Bu ayniqsa, cho‘I mintaqasida rivojlangan. Unga qarshi kurashishning mohiyati ushbu tuzlar yuvilib, yer osti suvlari kollektor - drenajlar orqali chiqarib yuborilishi bilan bog‘liq. Tuproq unumdorligini oshirish maqsadida tuproqqa solingan mineral osg‘itlaming ma'lum qismlarini o‘simliklar o‘zlashtirishga qodir (azot va kaliy o‘g‘ Warning o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirish koeffitsiyenti 30 %, fosforli o‘g‘itIarniki 12-15 %). Qolgan qismi tuproqda, grunt suvlari va qishloq xo‘jalik ekinlari tanasida to‘planadi. Pestitsidlar (DDT —dixlordifeniltrixlor eten) tuproqda15-50 yil saqlanishi mumkin. Shu bois mineral o‘g‘itlardan foydalanish meyorlariga qafiy amal qilish lozim Yerlardan tartibsiz tarzda foydalanish oxir oqibatida tuproq degradatsiyasi (buzilishi)ga olib keladi va natijada cho‘Hashish jarayoni vujudga keladi. Yerlar mahsuldorligining yo‘qolishi va cho‘lga aylanishi cho Hashish demakdir, bu hozirda global mu am mo bo‘lib, uning yechimi olamshumul ahamiyatga ega, har minutda 50 ga yer cho‘lga aylanayotganligi ma’lum. Shu bois qator mutaxas- sislar tuproqlarni asrash bo‘yicha o‘ziga xos „Qizil kitob” yarati- lishini tavsiya etmoqdalar. Tuproqlami muhofaza qilishda buzilgan yerlarni yaxshilash -rekultivatsiya ishlari muhim hisoblanadi. U ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1) texnik rekultivatsiya, 2) biologik rekultivatsiyaga Dunyo mamlakatlarining ko‘pchiligida yerdan foydalanishni tartibga solish, oqilona foydalanish va tuproq muhofazasining huqu- qiy asoslari ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasida „Yer ko- deksi”, „Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qo- nun osti hujjatlari yaratilgan va amaliyotga tadbiq etilmoqda. Xu- susan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 55-moddasida: „Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular muhofazasidadir” deb qat‘iy ta‘kidlangan. Tuproq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2017-yil 13-dekabr kuni Yer resurslari, geodeziya va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda: yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, ta’sirchan nazoratni ta’minlashda tashabbus yetishmayotganligi qattiq tanqid ostiga olindi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasida: „Bizdagi unumdor tuproq, to‘rt faslda ham oftob chiqib turadigan qulay iqlim va betakror tabiatni, o‘zingiz ayting, yana qayerda topish mumkin? Tuproqlar va ular unumdorligini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy maqsadlari tuproqlarni muhofaza qilish, ular unumdorligini saqlash va oshirishning huquqiy asoslarini yaratish, davlat organlarining ushbu sohadagi boshqarish va nazorat qilish vakolatlarini, tuproqning tuzilishi va holatiga har qanday ta'sir ko‘rsatadigan sub'yektlarning huquq va majburiyatlarini aniqlashdan, shuningdek tuproqlarga ta'sir qilish chegaralari va ularni buzganlik uchun javobgarlikdan iborat. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling