Qoraxoniylar davlati diplomatiyasi va shaharlari” 70220301 – tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistri darajasini olish uchun magistrlik dissertatsiyasi
Qoraxoniylar davlati shaharlari va ularda ijtimoiy-iqtisodiy hayot
Download 0.63 Mb.
|
Akbarov U (MDI).
2.2. Qoraxoniylar davlati shaharlari va ularda ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
XXR olimlari Qoraxoniylar xoqonligining iqtisodiy rivojlanishi va yer egaligi masalalarini tadqiq etishga ham e’tibor qaratgan. Ularning bu borada ilgari surgan xulosalariga ko’ra, ushbu “xoqonlikning hududi g’arbda Korakum cho’lidan sharqdagi Lobnor ko’ligacha, shimolda Balxash ko’lidan janubdagi Amudaryogacha bo’lgan ulkan zaminni o’z ichiga olgan. Xoqonlikning mavjud bo’lgan davri 840-yildan 1212-yilgacha cho’zilgan. Axolining etnik tarkibi ham murakkab bo’lib, ularning bir qismi turkiy, yana bir tarkibiy bo’lagi fors va arab tillarida so’zlashgan. Bundan tashqari, ularning ijtimoiy hayoti bir xil bo’lmagan... Ular yashagan joylarning geografik sharoiti, iqtisodiy asoslari, konun qoidalari xar xil bo’lgan. ...Bu xol xoqonlikning iqtisodiy rivojlanishini murakkablashtirgan.”56 Qoraxoniylar hukumroknligi davrida migratsion jarayonlar nihoyatda kuchaygan. Ilgari chorvachilik bilan shug’ullangan va uyg’ur deb nomlangan qabilalar ittifoqi tarkibiga kirgan ko’pgina turkiy qabilalar Yettisuv, Tangritog’ Ba Oltoy tog’lari etaklaridagi va ularning atrofidagi yaylov joylardan Turkistonning shaharlariga va dehqonchilik hududlariga ko’chib kelgan. Shu sababli bularda chorvachilikdan dehqonchilikka o’tish jarayoni kuzatilgan va shu tufayli ularning ijtimoiy turmushiga yangi mulkchilik shakli kirib kelgan. Bu o’zgarish ularning dehqonchilikka mos bo’lgan hududlarga ega bo’lish bilangina emas, balki ijtimoiy turmush darajasining yaxshilanishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan edi. Yettisuvda istiqomat qilgan paytlarda janub tomondagi dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqarish munosabatlari va turmush shakli ularning ijtimoiy turmushining har bir sohasiga kirib borgan. Pomir g’arbida yashayotgan turkiy qabilalarni eng avvalo dehqonchilikka xos afzalliklar o’ziga jalb qilgan. Jumladan, ularni muhim dehqonchilik maxsulotlari, o’troq va xashshamatli turmush tarzi, qulay atrof muxit qiziqtirgan. Bu jihatlar turkiy qabilalarning tafakkuriga, ruhiyatiga va urf-odatlariga ta’sir ko’rsatgan. Pomirning g’arbida Qoraxoniylar davlati tashkil topishidan ilgari mavjud bo’lgan yerga egadorlik qilish tuzumi saqlanib qoldi. Qoraxoniylar yerning bir qismini xon jamoatidagilarga nasabli zamin qilib berdi. Bunda yerlarga ega bo’lganlar “ilikxonlar” deb atalgan. Qolgan qismi Somoniylar Somonylar davri tuzumi bo’yicha, “iqto” nomi bilan uyg’ur zodagonlariga va boshqa chorvador qabilalarning boshliqlariga umrbod zamin qilib berilgan. Nasabli va suyurg’ol yerlarga ega bo’lganlar ma’lum shartlarni bajarganlaridan so’ng, ya’ni siyosiy, iqtisodiy va harbiy majburiyatlarni o’z zimmalariga olgandan keyngina o’z yerlaridan bahramand bo’la olganlar. Ular orasidagi farq shundan iborat bo’lganki, ilekxonlarga berilgan yerlarga ularning bola-chaqalari vorislik qila olgan va olingan nasab yerlar doirasida yer egalari boj olish, so’roq qilish huquqiga ega bo’lgan. Lekin ularga o’z hududlari doirasida qo’shin tashkil qilish va ma’muriy apparatlarni tuzish mumkin bo’lmagan.57 Iqto shakldagi yerlarga ega bo’lganlarning bola-chaqalari berilgan yerlarga bevosiqa vorislik qilolmaganlar. Ma’lum bir vaziyatda vorislik huquqiga ega bo’lish uchun hukumatning ruxsatini olish shart bo’lgan. Qoraxoniylar davlati axolisining katta bir qismi chorvachilik bilan bog’liq bo’lganligi uchun Xoqon jamoatidagi amaldorlarga yer va suvdan tashqari yaylov ham taqsimlab berilgan. Shulardan xulosa qilsa bo’ladiki, ilekxon va iqto kabi yer taqsimotlari Qoraxoniylar xoqonligining Markaziy Osiyo yaylovlarida va Movarounnahr hududida yer, suv va yaylovlarga egadorlik qilishning asosiy shakli bo’lib qolgan. Qoraxoniylar xoqonligining iqtisodi dehqonchilikdan boshqa savdo, konchilik va qo’l hunarmandchilik sohalaridan tashkil topgan edi. Qoraxoniylar xoqonligining siyosiy va harbiy g’alabalari hozirgi Markaziy Osiyo hududi bilan Torim voxasining janubidagi keng zaminni yaxlitlikka olib kelgan va bu hududlarning savdo sohasidagi rivojlanishi uchun ishonchli bozor va tinch muxit yaratib bergan. Qoraxoniylar xoqonligi davrida metalldan qilingan pullarning, yani, tangalarning ko’p miqdorda zarb qilinganligi o’sha zamonda savdo ishlarining nixoyatda avj olganligidan nishonadir. Bu pullarni dunyodagi ko’p joylardan, jumladan Volga daryosi, Qora dengiz bo’ylari, Nil daryosi atrofidan topilganligi Qoraxoniylar xoqonligi hududidan yo’lga chiqqan savdo karvonlarining muntazam qatnab turganligidan, Xitoydagi Sun sulolasi, Shichjou uyg’ur xonligi, Fors, Sharqiy Rim imperiyasi, Rus knyazliklari, xatto Misr kabi joylar bilan ham savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanganidan dalolat beradi. Qoraxoniylar davlatida savdo ishlarining ijtimoiy hayotdagi o’rni Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilik” asarida ham aks ettirilgan. Asar muallifi savdobilan shug’ullanganlarga xurmat bildirish bilan birga odamlarni ular bilan inoq bo’lishga, ularga o’z eshik-darvozalarini kengroq ochib berishga undagan58. Savdo-sotiq va sanoat turlarining rivojlanishi shaharlar barpo bo’lishining asosiy mezoni bo’lgan. Chorvachilik turmushiga odatlangan amaldorlar uchun shaharlar yangi hayot belgisi edi. Yaylovlardan shaharlarga ko’chib keluvchilarning soni ko’paya boshladi. Bu xol shahar axolisining tez ko’payishiga, qurilish ishlarining rivojlanishiga turtki bo’ldi.59 Savdo ishlarining yanada gullab-yashnashi shaharlarning moddiy va ma’naviy turmushini boyitdi va jonlantirib yubordi. Torim voxasidagi Kashkar, Yorkent, Xo’tan hamda Somoniylar davlati davrlarida yuz bergan urushlar natijasida vayron bo’lgan Buxoro, Samarqand, Farg’ona kabi shaharlar tiklandi va yanada rivojlandi. Savdo ishlarining taraqqiyoti bilan uyg’unlashish maqsadida bu shaharlar o’rtasidagi qadimiy savdo yo’llarida yangi karvonsaroy va o’tovlar paydo bo’ldi. Qoraxoniylar xoqonligidavrida paxtachilik, to’qimachilik, konchilik, metallurgiya, shahar qurilishi, qo’l xunarmandchiligi kabi sohalar yuksak darajada rivojlangan. Bu esa davlatning xalqaro savdodagi mavqeini baland ko’targan60. Mazkur xoqonlik zamonasida paxtadan to’qilgan gullik matolar Xitoyga eksport qilingan. Qoraxoniylar xoqonligida qo’l hunarmandchilik sohasida zargarlik, to’qimachilik, oyna, sopol va shisha idishlar, egar-jabduq, kog’oz, gilam ishlab chiqarish yuksalgan. Samarqanda ishlab chiqarilgan “samarqand kogozi” nixoyatta mashhur bo’lgan. Konchlik sohasida, oltin qazib chiqarishda Zarafshaon daryosining yuqori oqimi atrofi mashhur bo’lgan. Konchilikda quduq kavlab ma’dan olish uslubidan foydalanilgan. Ayrim quduqlarning chuqurligi 156 metrgacha yetgan.61 Qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida shaharsozlikning rivojlanida o’ziga xos an’analar paydo bo’lgan. Bir tomondan yangi shaharlarning paydo bo’lishi xisobiga mamlakatdagi shaharlar soni ko’paygan. Ikkinch tomondan, katta qurilishlar bo’lgani tufayli mavjud shaharlarning ko’rkamligi oshgan va doirasi kenraygan. Uchinchi tomondan, zodagonlarning, boylarning va savdogarlarning go’zal imoratlari bilan to’lgan ko’chalar qatorida, uylar zich joylashgan daraxtsiz tor ko’chalar paydo bo’lgan. Katta shaharlar ichki shahar (shahriston), shahar chekkasi va tashqarisi kabi qismlarga ajratilgan. Shahar axolisining joylashuvi ham ularning iqtisodiy holati bilan bog’liq bo’lgan. Yirik shaharlar, jumladan, Samarqand axolisi soni 500 mingga yetgan. Shaharlarda ichki va xalqaro savdo ishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan.62 Buyuk Ipak yoʻli tufayli qoraxoniylar davrida Janubiy Qozogʻiston, Yetisuv va Sharqiy Turkiston shaharlari savdo, hunarmandchilik va madaniyatning gullab-yashnagan markazlariga aylandi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling