Qoraxoniylar davlati diplomatiyasi va shaharlari” 70220301 – tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistri darajasini olish uchun magistrlik dissertatsiyasi
Download 0.63 Mb.
|
Akbarov U (MDI).
Qashqar.
Qashqar (Koshg’ar, O’rdukent) Qadimgi Buyuk ipak yo’lidagi ko’xna savdo va madaniyat markazi sifatida dunyoga tanilgan. Qadimda Suvli, Sulug’, Su boshi, xitoy manbaalarida esa, Sule deb nomlangan. Suli toponimini ma’nosi sersuv demakdir. Haqiqatdan ham u Tarim vohasidagi suv manbaiga eng boy viloyatdir. Qashqar toponimi VIII asrda paydo bo’lgan.67 Ibrohim Mutiy va Adil Muhammad kabi uyg’ur tarixchilarining fikrigiga ko’ra, Qashqar toponimi nefrit koni ma’nosiga ega bo’lgan “koshgar” so’zidan kelib chiqqan, qadimgi uyg’ur tilidagi yodgorliklarda Qoshg’ar nomi Qoshbalik, ya’ni nefrit toshi (uyg’urcha Qosh toshi) shahri shaklida uchraydi. Jug’rofik nuqtai nazardan qaraganda, Qashqar Pomirning sharqiy etagidagi Qadimiy karvon yo’li chorraxasida joylashgan. Shahar atrofida juda ko’p kichik kentlar va qishloqlar bo’lgan. Qashqar shahri joylashgan viloyat Pomir tog’larining sharqiy etagidagi ko’kalamzor va sersuv, iqlimi mo’tadil, qatnov uchun chorraxa vazifasini o’ta oladigan o’troq hayotga mos tekislikdir. U Qadimgi Buyuk ipak yo’lidagi muhim bir savdo va madaniyat markazi sifatida gavdalangan. O’zbekiston hududidan o’tgan eng Qadimiy katta ipak yo’li Farg’ona va O’sh kabi shaharlar orqali Pomir davonlaridan o’tgandan so’ng albatta Qashqar orqali Taklamakon cho’lining janubiy yoki shimoliy tomonidan aylanib, Qadimiy Xitoyning markazi Chang’anga borgan. Qoraxoniylar davlatining yirik shaharlari Samarqand va Buxoro edi. Samarqand Buyuk ipak yo’lidagi Qadimiy shaharlardan biridir. Sug’d manbalarida u Smarakanve, Qadimgi grekolimlari asarlarida Marokand nomlangan. O’rta asrlarda shimol tomonda yashaydigan xalqlar Semizkent deb ham atashgan. Gʻarbiy qoraxoniylar poytaxti Samarqand XI—XII asrlarda shu qadar jadal oʻsib bordiki, shaharning janubiy rabodining bir qismi halqa devor bilan oʻralgan tashqi shahristonga aylandi. Shaharning yuksalishi, shubhasiz, Samarqandni oʻziga qarorgoh qilib tanlagan Qoraxoniylar xonlaridan biri Ibrohim Tamgʻachxonning (1046-1068) uzoq muddatli hukmronligi bilan bogʻliq. Rivojlangan Oʻrta asrda yozma manbalardan yetib kelgan maʼlumotlarga koʻra, Somoniylar va Qoraxoniylar davrida Samarqand shahri va uning atrofida 15 ta, jumladan, Abul Abbos al-Qoid, Abul Qosim, al-Bakriyin, Bilol ibn Ismoil al-Muqriy, ad-Dahhok ibn Muzohim al-Hiloliy, Jomeʼ, al-Manara, Iz, Nahr al-Qassarin mahallasidagi masjid, Abbos koʻchasidagi masjid, Abu Abd ar-Rahmon koʻchasidagi masjid, Muqotil koʻchasidagi masjid, as-Sogʻa, al-Fuudayl ibn Iyad, Shoxuvayx kabi masjidlar mavjud boʻlgan. Qoraxoniylar davri masjidlarining eng ajoyib namunalaridan biri aynan Samarqandda barpo etilgan . XII asr muallifi Abu Hafsa as-Samarqandiy shunday maʼlumotlarni qoldirgan: “Samarqanddagi jomeʼ masjidi oʻrnida qadimda maʼjusiylar ibodatxonasi boʻlgan, Usmonning xalifaligi davrida Samarqand istilo qilingach bu yerdagi sanamlar vayron qilinib, ibodatxona “Jomeʼ” masjidiga aylantirilgan.” Qoraxoniylar davrida masjidlarning keng hovlisi va uning ichki tomoni boʻylab ayvon ustunlarining mavjud boʻlishi, shu davr arxitekturasining oʻziga xos xususiyatidir. Pishiq gʻishtli ustunlar ayvon tomini koʻtarib turishga moʻljallangan va ayvonning panasida koʻplab namozxonlarning issiq va sovuqda ibodat qilishlarini qulaylashtirishga qaratilgan. Yuqorida sanab oʻtilgan shaharlardan tashqari Toshkent vohasida 50 ga yaqin shaharlar qayd etilgan boʻlib, ular orasida X – XII asrlarda yirik yoki oʻsib borayotgan Isfijob (hozirgi Sayram), Binket (XI asrdan Toshkent, Shosh poytaxti) Tunkat (Eloq viloyati markazi), Nuket va Banokat. Asosan Oʻrta Osiyoning barcha yirik shaharlari toʻrt qismdan – qalʼa, shahariston, ichki va tashqi rabodlardan iborat boʻlib, ular devor bilan oʻralgan edi. X asr geograf olimlarining asarlarida Fargʻonada 39 ta, Ustrushonada 12 ta, Buxoro vohasida 29 ta, Soʻgʻdda 12 ta, Qashqadaryo vodiysida 6 ta shahar qayd etilgan. Mahmud Koshg’ariy lug’atida ham geografik nomlar ko’p. Muallif ko’p sayohat qilgan va Qoraxoniylar davlati hududining sharqiy qismini yaxshi bilgan. U Oʻrta Osiyo va Janubiy Qozogʻiston hududida joylashgan asosiy shahar va qishloqlarning nomlarini sanab oʻtadi: Ulugʻ-Talas, Kemi-Talas, Tartug, Bolasog’un, Qoʻchqor-Boshi, Sanlig-Qayas, Qora-Qayas, Ikki-Okus. , Chigil, Barsgan, Oʻzkan, Yagʻma, Argu, Buxoro, Isfijob, Samarqand, Talas va b. Ushbu shaharlarning ba’zilari bugungi kunda ham mavjud. Shunday qilib, X – XII asrlar davri Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston janubida shahar hayotining yuksalgan davri boʻldi. Yangi shaharlar paydo bo’ldi, eskilari o’sdi. Shaharlar maydonining kengayishiga rabodlar - savdo va hunarmandchilik shaharchalari sabab bo’ldi. O’sha paytda Janubiy Qozog’istonni islomlashish jarayoni davom etayotgan edi, bu birinchi navbatda shahar muhitini qamrab oldi. O’rta Osiyoda islom dinining yoyilishi maʼnaviy hayotdan tashqari meʼmorchilikka ham o’z taʼsirini ko’rsatgan. VIII asrning boshida Samarqandni arab xalifaligining qo’shini zabt etgach, bu yerda ham islom dinining tarqalishiga zamin yaratiladi. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, yangi din va mafkura nafaqat siyosiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ham katta taʼsir ko’rsatadi. Xususan, bu moddiy madaniyatda, ayniqsa, meʼmorchilikda yaqqol namoyon bo’ladi. Ilk islom davrida shahar tushunchasi jomeʼ masjidining bor yoki yo’qligi bilan belgilangan68. Oddiy qilib aytganda masjidlar O’rta Osiyo meʼmoriy landshaftining odatiy va muhim qismiga aylanadi69. VIII-IX asrlarda masjidlar qurilishi islom meʼmorchiligining ajralmas qismi bo’lib qoladi. O’rta Osiyoda islom diniga xos inshootlar Somoniylar davridan boshlab keng ko’lamda barpo etila boshlandi. Bu davrda islom dini Movarounnahr xalqining maʼnaviy va maʼrifiy hayotining ajralmas qismiga aylanadi. Endilikda shahar maqomini olmagan qishloqlarda ham jomeʼ masjidini qurish anʼanaga aylanadi. Qoraxoniylar davri masjidlarining eng ajoyib namunalaridan biri aynan Samarqandda barpo etilgan (1-rasm). XII asr muallifi Abu Hafsa as-Samarqandiy shunday maʼlumotlarni qoldirgan: “Samarqanddagi jomeʼ masjidi o’rnida qadimda maʼjusiylar ibodatxonasi bo’lgan, Usmonning xalifaligi davrida Samarqand istilo qilingach bu yerdagi sanamlar vayron qilinib, ibodatxona “Jomeʼ” masjidiga aylantirilgan”70. Bu masjidda ilk arxeologik qazishmalarni XIX asrning oxiri va XX asrning boshida N.I.Veselovskiy, V.V.Bartold va V.L.Vyatkin olib borgan. Bu arxeologik izlanishlar natijasida masjid X asrdan XIII asrning boshiga qadar faoliyat ko’rsatgani maʼlum bo’ldi. Uning dastlabki o’lchami 79,6×89 m. bo’lib, deyarli kvadrat shaklida bo’lgan. Qoraxoniylar davriga kelib bu “Jomeʼ” masjidi qayta tiklangan. Endilikda uning o’lchami 79,6×119,1 m.ga kengaytirilgan. Qoraxoniylar davlatining xoqoni Ibrohim Tamg’achxon davrida masjid devorlari ganchkorlik panellari bilan bezatiladi va yog’och ustunli galereya-ayvon qo’shiladi. Bu masjidni keyinchalik Muhammad Horazmshoh 1212-1214 yillarda y anada kengaytirgan. Natijada masjidning uzunligi 137 m. ga yetgan71. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling