Qoraxoniylar davlati diplomatiyasi va shaharlari” 70220301 – tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistri darajasini olish uchun magistrlik dissertatsiyasi


Download 0.63 Mb.
bet17/20
Sana17.07.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1660734
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Akbarov U (MDI).

III bob bo’yicha xulosa
Yuqoridagi ma’lumotlarning tahlilidan xotima qilish mumkinki, Qoraxoniylar xonligi va Xitoy orasidagi savdo va diplomatik aloqalar 960-yilda Xitoyda Sun sulolasi (shajarasi)ning hokimyatga kelganidan so’ng amalga oshirilgan. Bu munosabatlarning dastlabki bosqichida aloqalar asosan Xo’tan orqali olib borilgan, zero Sun imperiyasi Qoraxoniylar davlatiga o’zining teng huquqli hamkori sifatida qaramagan, xonlik esa, bunday tengsizlikni qabul qilishni istamagan va elchilarini o’z itoatidagi Xo’tan xonligi orqali yuborish bilan cheklangan. Keyinchalik vaziyat Qoraxoniylar foydasiga o’zgarib, Sun imperiyasi ularni teng huquqli hamkor sifatida tan olishga majbur bo’lgan. Qoraxoniylarning Xitoydagi savdosi va bu boradagi yutug’i nimada ekani haqida gap ketganda, ularning Xitoydagi sotiladigan tovar turlari juda ko’p bo’lganini tilga olish zarur. Xitoy to’qimachilining boshqa mahsulotlari va kumush bilan siylagan. O’sha davrda islom dunyosida kumush inqirozi, ya’ni uning yetishmovchiligi kuzatilganini yaxshi bilamiz. Yana Qoraxoniylar pul mukofoti ham olib turgan. Ammo Xitoy tangalari ushbu mamlakatdan tashqarida ishlatilmagan, shuning uchun Qoraxoniylar Markaziy Osiyoda sotish mumkin bo’lgan tovarlarni Xitoy hududidan xarid qilgan bo’lishi kerak. Qoraxoniylar yana o’zi bilan Xitoy choyini ham olib kelgan. Aynan o’sha davrda Xitoyda “choy-ot vakilligi” deb ataluvchi idora tashkil etilgan va choyni otlarga almashtirish bilan shug’ullangan. Mavjud bir qancha manbalar va hujjatlar tasdiqlashicha, Qoraxoniylar Xitoyda choy savdosi bilan shug’ullangan. Yuqorida bayon qilangan fikrlarni umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, Qoraxoniylarning Buyuk Ipak Yo’li bo’ylab Xitoy bilan savdo-sotig’i iqtisodiyoti va diplomatiyasi rivojlanishida asosiy rol o’ynagan va ularga xalqaro maydonda alohida izzat-ikrom bag’ishlagan.
Qoraxoniylarning Xitoydagi savdosi va bu boradagi yutug’i nimada ekani haqida gap ketganda, ularning Xitoydagi sotiladigan tovar turlari juda ko’p bo’lganini tilga olish zarur. Xitoy to’qimachilining boshqa mahsulotlari va kumush bilan siylagan. O’sha davrda islom dunyosida kumush inqirozi, ya’ni uning yetishmovchiligi kuzatilganini yaxshi bilamiz. Yana Qoraxoniylar pul mukofoti ham olib turgan. Ammo Xitoy tangalari ushbu mamlakatdan tashqarida ishlatilmagan, shuning uchun Qoraxoniylar Markaziy Osiyoda sotish mumkin bo’lgan tovarlarni Xitoy hududidan xarid qilgan bo’lishi kerak. Qoraxoniylar yana o’zi bilan Xitoy choyini ham olib kelgan. Aynan o’sha davrda Xitoyda “choy-ot vakilligi” deb ataluvchi idora tashkil etilgan va choyni otlarga almashtirish bilan shug’ullangan. Qo’limizdagi bir qancha manbalar va hujjatlar tasdiqlashicha, Qoraxoniylar Xitoyda choy savdosi bilan shug’ullangan. Yuqorida bayon qilangan fikrlarni umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, Qoraxoniylarning Buyuk Ipak yo’li bo’ylab Xitoy bilan savdo-sotig’i iqtisodiyoti va diplomatiyasi rivojlanishida asosiy rol o’ynagan va ularga xalqaro maydonda alohida izzat-ikrom bag’ishlagan.
Xitoy manbalaridan bilamizki, ular tangutlarga qarshi urushlarda g’olib chiqqan. Jumladan, Xitoy manbalari shahodat berishicha, ular hatto ma’lum muddat Gansuy koridori nazoratini qaytarib ham olgan, ya’ni, masalan, Shachjouni (zamonaviy Dunxuanni) zabt etgan.
Gansuy koridori Xitoyni Markaziy Osiyo bilan bog’lab turgan muhim yo’l bo’lganidan xabarimiz bor. Shunga ko’ra, tangutlar bu yo’lni nazorat qilib turganda, Xitoy bilan Markaziy Osiyo o’rtasidagi aloqalar mushkullashgan. Ammo Qoraxoniylarning muqobil yo’li ham bor edi. Bu yo’l kam o’rganilgan va u zamonaviy tarixiy adabiyotlarda tilga olinmaydi. U Tibet va Sinxay orqali o’tgani uchun Sinxay yo’li deb atalgan, ammo u Gansuy koridori singari qulay bo’lmagan. Undan Tan sulolasi vaqtida ham foydalanilgan, ammo noqulay va xavfli bo’lgani uchun chet el delegatsiyalari va savdogarlar Gansuy koridoridan yurishni afzal deb bilgan. Qoraxoniylar davrida bu yo’ldan juda ko’p yurilgan, chunki Qoraxoniylar davlati hududidan borayotgan ayrim delegatsiyalar bu yerga tez-tez, ba’zan yiliga bir necha marta kelib turgan. Binobarin, Qoraxoniylar ham zikr etilgan yo’l ta’miriga pul ajratib turgan va bu hol u chet ellik savdogarlar va elchilar yurishi uchun qulay va manzur qilgan bo’lsa ajab emas, degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Xulosa
Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi mintaqadagi siyosiy, savdo-iqtisodiy jarayonlarga katta ta’sir ko’rsatdi. Xoqonlikning tashkil topgan davri ham murakkab siyosiy vaziyatga to’g’ri kelganiga qaramay, hukmdorlar diplomatik aloqalar orqali, boshqa davlatlar bilan keng ko’lamli hamkorlikni yo’lga qo’yishga muvaffaq bo’ldilar.
Davlatning hududi kengayib, qudrati ortgan sayin uning tarkibidagi qabilalar soni va nufuzi ham oshib borgan. Bu esa xoqonlikning siyosiy tadbirlariga ta’sir etmay qolmagan. Natijada, davlat boshqarucida barcha qabilalarning o’zaro kelishuvchanlik kayfiyati ham ortib borgan. Demak, Qoraxoniylar davlati deganda, biz o’z davrining juda ko’p qabilalar ittifoqi –uyushmasidan iborat xoqonlikni tushunishimiz mumkin bo’ladi.
Dissertatsiya xulosa qismida o’rganilgan asosiy muhim natijalarni umumlashtirib quydagi xuloslarga kelindi:

  • Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti ham o’ziga hos rivojlanish bosqichlariga ega bo’lib, daslabki davrda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy asosini ko’chmanchi chorvachilik tashkil qilgan. Keyinchalik Qoraxoniylar davlati katta hududlarga ega bo’lgach, o’zining murakkab tarkibiy xususiyatiga ko’ra ham dasht, ham shahar madaniyatini yagona mintaqalararo yirik davlat asosida birlashtirgan edi. Endi uning ijtimoiy-iqtisodiy negizini ko’chmanchi chorvachiik bian birga dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq ham tashkil etgan. Bu borada qadimdan kuchli iqtisodiy-madaniy markaz bo’lib kelgan Movarounnahrning o’roq aholisi davlatning shimoli-sharqida yashovchi ko’chmanchi aholiga o’zining madaniy ta’sirini kengaytirgan. Shu bilan birga, Movarounnahrning markaziy hududlarida qadimdan yashab kelayotgan va keyinchalik kirib kelgan ko’chmanchi turkiy qabilalarning ko’pchilligi ham o’troqlashib, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullana boshlagan;

  • Qoraxoniy hukmdorlarining “tabg’achxon”, ya’ni “Xitoy xoni” degan rutbasi bo’lgan. Tabg’ach Xitoyning turkiy dunyodagi qadim zamonlardan beri mavjud bo’lgan nomidir. Bunaqa atalishiga sabab Qoraxoniylarning Xo’tan, jumladan Qoshg’ar singari ko’plab hududlari bir zamonlar Xitoy imperatorlariga tegishli bo’lgan deb qaralgan. Shunga ko’ra, Qoraxoniylar zikr etilgan hududlarni bosib olib, o’zini Xitoy yerlari hukmdorlariga mansub deb bilgan;

  • Qoraxoniylarning asosiy savdo va diplomatik hamkori bu Xitoy edi. 1009-yildan 1124-yilgacha Xitoy rasmiy manbalarida qirqdan ortiq Qoraxoniylar delegatsiyasi tasvirlangan. Xitoyga yuborilgan missiyalar sonidan kelib chiqib, Qoraxoniylar-Sun munosabatlarini ikki davrga bo’lish mumkin: 1) 1009-yildan – 1063-yilgacha bo’lgan davr va 2) 1063 yildan – 1124-yilgacha bo’lgan ikkinchi davr;

  • Qoraxoniylar Xitoydan ipak, kumush, choy va ehtimol chinni olib kelishgan. Bu tovarlar islom olamidagi qo’shnilariga diplomatik sovg’alar va savdo tovarlari sifatida taklif qilingan va Qoraxoniylarning Xitoy va Islom olami o’rtasidagi iqtisodiy faoliyatini rag’batlantirgan. Xitoy bilan savdo-sotiq qoraxoniylar iqtisodiy rivojlanishining asosiy manbalaridan biriga aylandi va ularning xalqaro munosabatlardagi obro’-e’tiborining oshishiga sabab bo’ldi;

  • Xitoy manbalarida Qoraxoniylar xoqonlari tomonidan Xitoyga yuborilgan rasmiy delegatsiyalarda nafaqat erkaklar, balki ayollar ham borligi qayd etilgan. Bu davrda qoraxoniylarning savdo-sotiq va ziyorat karvonlarida ayollarning bo’lishi odatiy masala edi. Rasmiy elchilar Xitoyda bir necha yil bo’lganini hisobga olsak, ularning oila a’zolari ham ularga hamroh bo’lgan, deb taxmin qilish mumkin. Shu bilan birga, manbalarda bu ayollarning imperator saroyidagi rasmiy marosimlarda qatnashganligi qayd etilgan;

  • Qoraxoniylar davri madaniyat, me’morchilik va shahar hayoti gullab-yashnagan davr bo’lgan. Iqtisodiyot rivojlanishda Xitoy bozori katta rol o’ynagan. Qoraxoniylar Xitoy bilan qolgan turkiy va islom dini dunyosida, ya’ni Xitoy bilan qo’shnilari: Shimoliy Hindistondagi G’aznaviylar yoki Eron bilan Onado’lida hukmronlik qilgan Saljuqiylar o’rtasida vositachi sifatida muhim o’rin egallagan. Ular qimmatbaho Xitoy tovarlarini qo’shni mintaqalarga yetkazib bergan, qo’shnilari tovarlarini esa Xitoyga jo’natib turgan, shuningdek, diplomatik aloqalar o’rnatilishida yordam ko’rsatib, boshqa davlatlar missiyalarini Xitoyga kuzatib borgan;

  • Xitoy manbalari ma’lumotiga ko’ra, Qoraxoniylar savdogarlari ortiga ipak va kumush bilan qaytgan. Xitoy imperatorlari ularni olib borgan tovarlar, otlar, harbiy ko’mak evaziga ipak, Xitoy to’qimachilining boshqa mahsulotlari va kumush bilan siylagan. Qoraxoniylar yana o’zi bilan Xitoy choyini ham olib kelgan. Aynan o’sha davrda Xitoyda “choy-ot vakilligi” deb ataluvchi idora tashkil etilgan va choyni otlarga almashtirish bilan shug’ullangan. Qo’limizdagi bir qancha manbalar va hujjatlar tasdiqlashicha, Qoraxoniylar Xitoyda choy savdosi bilan shug’ullangan. Yuqorida bayon qilangan fikrlarni umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, Qoraxoniylarning Buyuk Ipak yo’li bo’ylab Xitoy bilan savdo-sotig’i iqtisodiyoti va diplomatiyasi rivojlanishida asosiy rol o’ynagan va ularga xalqaro maydonda alohida izzat-ikrom bag’ishlagan




Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling