Qoraxoniylar davlati diplomatiyasi va shaharlari” 70220301 – tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistri darajasini olish uchun magistrlik dissertatsiyasi


Download 0.63 Mb.
bet3/20
Sana17.07.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1660734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Akbarov U (MDI).

Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti 766-yilda qarluq qabilalar ittifoqi negizida yuzaga kelgan Qoraxoniylar davlatining 1212-yilga qadar bo’lgan davr tarixida olib borilgan diplomatik aloqalari va shaharlarning rivolanishi hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi Qoraxoniylar davlati haqida bir qator olimlar tadqiqot ishlari olib borgan bo’lsalar-da, ular o’rtasida mazkur davlat tarixiga oid ba’zi bir masalalarda o’zaro ixtilofli, bir-biriga zid bo’lgan fikrlar ham yo’q emas. Hozirgi kundagi Qoraxoniylar davlati tarixini, uni boshqa davlatlar bilan o’zaro diplomatik va savdo aloqalarini yoritishga oid barcha asarlarda bu munozarali masalalar o’z aksini topgan. Buning natijasida esa Qoraxoniylar davlati tarixini yoritishda ko’plab chalkashliklar va noaniqliklarga yo’l qo’yilgan.
Ushbu tadqiqotdan maqsadimiz ham shuki, yuqoridagi munozarali masalalarni chuqur o’rganib, ularni quyida keltirilgan tartibda yoritishga harakat qilishdir:
- Qoraxoniylar davlati Yettisuv, Isfijob, Sharqiy Turkiston, Farg’ona hududlarida vujudga kelgan ekan, davlat shu hududlarda yashovchi barcha o’troq va chorvador ko’chmanchi turkiy aholining o’zaro ittifoqi - uyushmasidan tuzilganligini keng yoritish;
- xoqonlikning o’ziga xos tarixini xisobga olib, uni sharqning musulmon davlatlari bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalarini tahlil etish;
- Qoraxoniylarning asosiy savdo hamkoridan biri bo’lgan Xitoy bilan rasmiy munosabatlarini, iqtisodiy aloqalarini, keng ko’lamli elchilik munosabatlarini o’rganish;
- Qoraxoniylar davri shaharlari va ulardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot, shaharlarning rivojlanganlik darajasini ochib berish.
Ilmiy yangiligi. Magistrlik dissertatsiyasi ishi shu vaqtga qadar mavzuga oid bo’lgan ma’lumotlarni umumlashtiradi va so’nggi tadqiqotlar bilan to’ldiradi. Tadqiqot ishida Qoraxoniylar davlatini shakllanishining asosiy omillari bo’lgan shu davrning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlariga, hamda davlatning faoliyat yuritishida xoqonlikning aholisining asosiy mashg’lotidan biri bo’lgan savdo-sotiq aloqalariga va uning ortidan yuzaga kelgan keng ko’lamli elchilik ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ishda davlatning ilk va rivojlangan davri alohida o’rganilib, davlat boshqaruvi sohasini ham shunga mos ravishda rivojlanib, takomillashib borganligi ko’rsatildi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling