Qoraxoniylar davlati diplomatiyasi va shaharlari” 70220301 – tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistri darajasini olish uchun magistrlik dissertatsiyasi
II bob. Qoraxoniylar davlati shaharlarida ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot
Download 0.63 Mb.
|
Akbarov U (MDI).
II bob. Qoraxoniylar davlati shaharlarida ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot
2.1. Mavoraunnahrda Qoraxoniylar hukumronligini o’rnatilishi va uning hudud hayotiga ko’rsatgan ta’siri X asrning ikkinchi yarmiga kelib ichki ziddiyatlarning kuchayishi va keskinlashuvi natijasida Somoniylar davlati kuchsizlana boshlaydi. Somoniylarga tobe bo’lgan viloyatlar, ayniqsa, Xurosonda ular hokimiyatiga qarshi ko’tarilgan isyonlar, toj-u taxt uchun uzluksiz olib borilgan kurashlar Somoniylar davlati inqirozini yaqinlashtirgan edi. Bunday vaziyatdan Yettisuv va Qoshg’arda yashovchi turkiy qabilalar unumli foydalandilar. X asr ikkinchi yarmi davomidagi sa’y-harakatlar natijasida qoraxoniylar sharqiy yo’nalishda Balxash ko’li — Cherchen daryosigacha (Sharqiy Turkiston) bo’lgan yerlarni bo’ysundirishga muvaffaq bo’lishdi. G’arbiy yo’nalishda esa Isfijob, O’zgand, Murg’ob daryosi quyi oqimlarigacha bo’lgan hududlarni ular o’z ta’sir doiralariga kiritib oladilar.44 Harbiy-siyosiy mavqelarini mustahkamlab va kengaytirib borayotgan qoraxoniylar uchun endi yanada g’arbga siljib Samarqand, Buxoro viloyatlarini ham bo’ysundirishga harakat qilish tabiiy edi. Zero, ularning mintaqadagi shu vaqtdagi asosiy siyosiy raqiblari bo’lmish somoniylar siyosiy markazi xuddi shu makonda joylashgandi. Mazkur maqsad yo’lidagi birinchi urinish 992-yili ro’y beradi. Shu yili qoraxoniy Bug’roxon somoniy Nux ibn Mansur (976—997) bilan jangda g’olib kelib Buxoroni ishg’ol qilishga muvaffaq bo’ladi. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg’ol qiladilar. Buxoroni uzil-kesil qo’lga olgandan keyin Horun Bug’roxon qo’mondonligidagi qoraxoniylar qo’shinlari Badaxshon sari yo’l alodi va u yerni ham bo’ysidirib, Eron tepaligidagi Xirot qal’asigacha yetib boradi.45 Nuh ibn Mansur qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun G’aznadagi noibi Sobuqteginni yordamga chaqiradi. U yigirma ming kishilik qo’shin bilan Movarounnahrga yetib keladi. Nuh bilan birlashib, bir necha janglardan so’ng qoraxoniylar noibi qo’shinlari tor-mor qilinadi. Buning evaziga Nuh Sobuqteginni Xurosonning noibi etib tayinlaydi. Natijada G’azna va Xurosonda Sobuqtegin va o’g’li Mahmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanadi. 993-yilda Qashaqarga qaytish safari oldidan Horun Bug’roxon kasallikdan vafot etadi. 996-yilda qoraxoniylar Movarounnahr tomon yana hujum boshlaydilar. Shunday og’ir bir sharoitda xiyonat ro’y beradi. Ya’ni Sobuqtegin qo’shini Buxoroni egallaydi. So’ngra u qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o’rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo’liga o’tadi. Sobuqtegin esa, Amudaryodan janubdagi yerlarga, shu jumladan, Xurosonda hukmdor bo’lib oladi46. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina beriladi, xolos. Huddi shu yili Qashqarda qoraxoniy hukmdor Abu Hasanga qarshi buddistlar isyoni ro’y beradi. Buni natijasida qoraxoniylar Movarounnahrdagi qo’shinlarini olib chiqib ketishga majbur bo’ladilar. Abu Hasan butun diqqat-e’tiborini isyonni boshtirish va Xo’tan shahrini egallashga qaratadi. Bu jarayon ancha uzoq vaqt davom etadi. 998-yilda Yorkent atrofidagi janglardan birida qoraxoniylar hukumdori Abu Hasan yaralanib vafot etadi, uning o’rniga taxtni Horun Bug’roxonning katta o’g’li Yusuf Qodirxon egallaydi.47 Faqat 999-yilga kelibgina qoraxoniylar yana bir bor Buxoroni zabt etishga muvaffaq bo’ladilar. Manbalarda yozilishicha, bu galgi urinish dadeyarli qiyinchilik bo’lmagan. 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon boshchiligida qoraxoniylar tomonidan zabt etiladi. 1005-yildan qoraxoniylar Buxoro, Samarqand va Amudaryogacha bo’lgan hududlarni o’z tasarruflariga kiritadilar.48 Boshqacha qilib aytganda, XI asr boshlarida Turkiston bir qancha siyosiy kuchlar tomonidan idora etilgan. Sharqiy Turkiston, Toshkent, Isfijob, Farg’ona, Samarqand, Buxoro, Chag’oniyon, Xuttalon viloyatlari qoraxoniylar, Amudaryoning chap sohilidagi yerlar to G’aznagacha, Xuroson, Seyiston viloyatlari g’aznaviylar, Xorazm esa xorazmshohlar, Orol dengizidan sharq va shimoldagi yerlar o’g’izlar ittifoqi tomonidan boshqarilar edi. Qoraxoniylar endi Xurosonni ham o’z davlatiga qo’shib olish uchun harakat qiladilar. Oradan ko’p vaqt o’tmay qoraxoniylar va g’aznaviylar o’rtasida shiddatli urushlar boshlanadi. Qoraxoniylar g’aznaviylar tasarrufidagi hududlarga bir necha marotaba bosqinchilik hu-jumlarini uyushtiradilar. Lekin bu yurishlar muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. 1006- va 1008-yillarda qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo’shin tortadilar.49 Lekin Mahmud G’aznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o’z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo’ladi. 1008-yilda Mahmud G’aznaviyning o’zi 500 ta jangga o’rgatilgan fillarga ega bo’lgan katta qo’shin bilan qoraxoniylarga qarshi chiqadi va ularning qo’shinini butunlay yakson qiladi. Shundan keyin qoraxoniylar Xurosonga harbiy yurish uyushtirishga boshqa jur’at etmaydi. Termiz, Qabodiyon, Xuttalon kabi Amudaryodan shimoldagi yerlar g’aznaviylar tasarrufida qoladi.50 Movarounnahr yerlariga batamon o’rnashib olgandan so’ng oradan ko’p o’tmay, ya’ni 1015-1016 yillar Qoraxoniy hukmdorlari, xonzodalar va yirik amaldorlar o’rtasida toj-taxtni egallash, yirik yaylovlarni qo’lga kiritish, ayrim viloyatlarni bosib olish uchun kurashlar avj ola boshlaydi. Bu orada g’zanaviylarning saljuqiylar bilan kurashlari avj olib ketadi. Bundan foydalangan qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Bo’ritegin 1032-yilda Qashqarga bo’ysunishdan bosh tortadi va o’zining boshqaruv doirasini Mavorounnahr tomonga kengaytirishni boshlaydi. 1036-yilda u o’zini xoqon deb e’lon qilib markaziy hokimyatga itoat qilmasliginni e’lon qiladi. 1038-yilda Amudaryo bo’yi viloyatlari – Xuttalon, Vaxsh va Chag’oniyonni g’aznaviylardan tortib oladi. Ko’p vaqt o’tmay u Movarounnahrni va Farg’onani o’zi ga bo’ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri poytaxti Bolasog’unda bo’lgan Sharqiy qoraxoniylar, ikkinchisi markazi Samarqandda bo’lgan Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlati edi. Bu g’alabalardan so’ng Ibrohim Bo’ritegin “bug’roxon” unvonini oladi. G’arbiy xoqonlikda somoniylar davrida mavjud bo’lgan boshqaruv tizimi (bosh vazir, moliya ishlari, davlat rasmiy hujjatlarini ishlab chiqish, soqchilar boshlig’i, xat-xabarlar, saroy ish boshqaruvchisi, muhtasib, vaqflar, qozilik ishlari devonlari) saqlanib qolgan. Shuningdek, viloyat boshliqlarini hokim, shahar boshlig’ini rais, deb atash odati ham o’zgarmay qolgan.51 XI asrning o’rtalariga kelib Xurosondagi G’aznaviylar davlati Saljuqiylar tomonidan yo’q qilindi. Movarounnahrni esa Qoraxoniylar o’z qo’llarida saqlab qoldilar va bu yerda Ibrohim ibn Nasrning (1040-1068) siyosiy faoliyati boshlanadi. U o’z qo’shinlari bilan avvalo, Amudaryo bo’yidagi Xuttalon, Vaxsh, Chag’aniyonni bosib oladi va tez orada butun Movarounnahr yerlarini zabt etadi. U yangi poytaxt qilib o’ziga Samarqandni tanladi va shu yerdan turib hokimiyatni boshqardi. Ibrohim ibn Nasr bilan Saljuqiylar o’rtasidagi munosabat ancha yomon edi. U Saljuqiylarning bir necha hujumlarini qaytarishga erishgan. 1068-yilda Ibrohim ibn Nasr vafotidan so’ng uning o’g’illari o’rtasida taxt uchun kurash boshlanib, bu kurashda Shamsulmulk g’alaba qozonib hokimiyatni egallaydi. 1072-yilda Saljuqiy Sulton Alp Arslonning vafotidan foydalangan Qoraxoniy Shamsulmulk Saljuqiylarga tegishli bo’lgan Termiz va Balx viloyatlarini egalladi. Ammo, ko’p o’tmay Alp Arslonning vorisi bo’lgan Sulton Malikshoh boshchiligida Saljuqiylar Qoraxoniylarni qaytarib yubordilar. 1080-yilda Shamsulmulk vafot etib taxtga Qoraxoniy Ahmad taxtga o’tiradi. Ahmadxon davrida musulmon ulamolari va turk lashkarboshilari o’rtasidagi kurash avj olib ketadi. Bundan foydalangan Saljuqiy Malikshoh Amudaryodan kechib o’tdi va qattiq janglardan so’ng Buxoro hamda Samarqandni egalladi. Ahmadxon esa asir olinadi. Lekin, Movarounnahrni o’z qo’lida saqlab qolishga ko’zi yetmagan Malikshoh Ahmadxon bilan sulh to’zib, katta o’ljalar olib orqaga qaytadi. Ahmadxonning Saljuqiylarga itoatkorligi harbiy lashkarboshilar va ruhoniylarning noroziligiga sabab bo’lganligi bois, oqibat 1095 yilda u fitna uyushtirilib o’ldiriladi.52 XII asrning boshlariga kelib Qoraxoniylar taxtiga Arslonxon (1102-1130) o’tirib yarim mustaqil davlatni boshqargan bo’lsada, to’la mustaqillik uchun harakatlar olib bordi. Ulamolar bilan kelishmovchilik va betobligi tufayli Arslonxon taxtni 1130-yilda o’g’li Nasrga topshiradi. Arslonxon Saljuqiy Sulton Sanjardan yordam so’raydi. O’sha yili Sulton Sanjar fitnachilarni jazolab Samarqand shahrini egallaydi va shu davrdan boshlab Qoraxoniylar o’z mustaqilligini deyarli yo’qotib Saljuqiylarga qaram bo’lib qoldilar.53 Oradan ko’p o’tmasdan Movarounnahrga yangi ko’chmanchi qabilalar Qoraxitoylar (kidanlar) hujumi xavfi paydo bo’ldi. XII asrning 30-yillarida Qoraxitoylar Sharqiy Turkiston va Yettisuvni, ya’ni Sharqiy Qoraxoniylar hududini bosib oldilar. Sharqiy Qoraxoniylar ancha zaiflashib qolganligi tufayli o’z mulklarini himoya qila olmadilar. G’arbiy Qoraxoniylarning ham ahvoli bundan yaxshi emas edi. 1137-yildagi Xo’jand yaqinidagi bo’lgan jangda Qoraxitoylar qo’shini Qoraxoniy Mahmudxon qo’shinlarini tor-mor etdilar. Bu paytda Xorazmni egallash bilan band bo’lgan Sulton Sanjar o’z vassali Mahmudxonga yetarli yordam bera olmadi. Samarqand talon-taroj qilinib, katta tovon undirilgach, Qoraxitoylar orqaga qaytdilar. Oradan ko’p o’tmasdan, ya’ni 1141 yilda Qoraxitoylar yana Movarounnahr yerlariga bostirib keldilar. Ularning hujumini to’xtatish uchun Sulton Sanjar katta qo’shin bilan Samarqand yaqiniga yetib keladi. Bu safar jang Samarqand yaqinidagi Qatvon cho’lida bo’ldi. Hal qiluvchi bu jangda Sulton Sanjar va Qoraxoniy Mahmudxonlarning birlashgan qo’shinlari Qoraxitoylar tomonidan mag’lub etildi. Samarqand, Buxoro va butun Markaziy Movarounnahrni egallagan Qoraxitoylar katta o’ljalar bilan orqaga qaytdilar. Qoraxitoylar Balasog’undan tashqari hamma yerlar hokimiyatni Qoraxoniylar qo’lida qoldirdilar. Qoraxoniylar endi Qoraxitoylarga qaram bo’lib, har yili ularning poytaxti Balasog’unga katta-katta o’lpon yuborib turar edilar. XIII asrning boshlarida Muhammad Xorazmshohning Movarounnahrga yurishlari tufayli Qoraxoniylar hukmronligi butunlar barham topdi. Qoraxoniyar davrida ham markazdagi (dargohdagi) boshqaruv tizimiga katta e’tibor berilgan. Bunda dargoh, ya’ni oliy hukmdor bilan viloyatlar, fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarni uyg’unlashtirib turuvchi hojiblar faoliyati alohida o’rin tutgan. Somoniylardan farqli ravishda qoraxoniylar davrida hojiblar, asosan, oliy hukmdor, viloyat hokimlarining davlat va raiyat ishlari bo’yicha eng yaqin maslahatchilari hisoblanganlar. Qoraxoniylar davlatni viloyatlarga bo’lib idora qilardilar. Ularni eloqxon yoki takin (yoki tegin)lar boshqarardilar. Hokimlari faqat qoraxoniylar xonadonining eloqxonunvoniga sazovor bo’lgan a’zolaridan saylanar edi. eloqxonlar o’z nomlari bilan chaqa-tangalar zarb qilar va viloyatlarning mustaqilligi uchun intilar edilar. Movarounnahr eloqxoni qoraxoniy eloqxonlari orasida katta obro’ga ega edi. U Samarqandda taxtga o’tirgan. Viloyat boshqaruv ma’muriyatida somoniylar davridagidek boshqaruv mahkamasi bo’lgan. Keyingi davrdagi yangi adabiyotlarda ta’kidlanishicha, Qoraxoniylar davrida jamiyatning ijtimoiy bo‘g‘inlari qo‘yidagicha bo‘lgan: - xoqon-ul-xoqon, Qoraxon yoki tamg‘achxon. Eng yuqori oliy mansabdor shaxs, davlatning oliy boshlig‘i; - elekxon – xoqondan keyingi pog‘onada turuvchi shaxs. U xoqon xonadoniga mansub bo‘lib, viloyatning mulk sohibi hisoblangan; - iqtadorlar – Qoraxoniylar davlatining tayanch qatlami, asosiy harbiy harakatlarni amalga oshiruvchi jangovar bo‘linmalar vakillari. Ular o‘z martabalariga ko‘ra bir-birlaridan farq qilganlar, ya’ni, tumanlar va viloyatlar miqyosidagi iqtadorlar; - islom dinining peshvolari – imomlar, sayidlar, shayxlar, sadrlar. Qoraxoniylar musulmon ruhoniylari bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lgan bo‘lib, davlatda diniy mansabdorlarning mavqei nihoyatda baland edi; - hokimlar, raislar, muhtasiblar va boshq. Bunday shaxslar Somoniylar davrida bo‘lgani kabi Qoraxoniylar davrida o‘z mavqelarini mustahkam saqlab olgan ijtimoiy qatlamlardir; - tariqchilar – ziraotkorlarning turkcha nomi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlovchi asosiy ijtimoiy qatlam; - hunarmandlar va savdogarlar – turli xildagi xo‘jalik ahamiyatiga molik ashyo, asbob-anjomlar yasovchi, tayyorlovchi mehnatkash qatlam va savdo-sotiq bilan mashhur bo‘lgan shahar ahli; - ko‘chmanchilar – chorvadorlar ya’ni, chorva mahsulotlarini yetishtiruvchi asosiy qatlam. Qoraxoniylar davrida oddiy xalq – budun, soliq to‘lovchi fuqaro – raiyyat, qabila boshliqlari – bek, savdogarlar – sart deb atalgan. Somoniylar davrida juda katta kuchga ega bo‘lgan dehqonlar, yirik yer egalari Qoraxoniylar darvida o‘z ta’sirini asta-sekin yo‘qota bordilar. Qoraxoniylar bu yirik yer egalarining mulklarini, yerlarini zo‘rlik bilan tortib olib o‘zlariga xizmat qiluvchi amaldorlarga, lashkarboshilariga bo‘lib berdilar. Shartli ravishda foydalanishga berilgan bu yerlar tarixiy manbalarda “iqto” deb, yer egalari esa «iqtador» deb atalgan. Asta-sekin bu yerlar avloddan avlodga meros sifatida o‘tadigan bo‘ldi. Iqta bilan bir paytda yerga egalik qilishning boshqa turlari ham mavjud edi. Qoraxoniylar Somoniylarga nisbatan davlat tuzilishi va boshqaruvining boshqacharoq shaklini joriy etishga harakat qildilar. Ularda hokimiyat Somoniylarda bo‘lgani kabi to‘g‘ridan – to‘g‘ri otadan o‘g‘ilga emas, balki akadan ukaga, keyin sulolaning navbatdagi avlodiga o‘tgan. Ayrim olimlarning fikricha, Qoraxoniylarning butun urug‘i hokimiyatning jamoaviy sohibi bo‘lib, sulolaning har bir a’zosi o‘zining kelib chiqishiga ko‘ra, umumsulola mulkining bir qismiga da’vo qila olardi. Bu mulkning asosiy qismi sulolaning uch ulug‘ a’zosi – ulug‘ xoqon, kichik xoqon va elekxonga tegishli hisoblanardi. Ularning har qanday avlodiga o‘z hissasi ajratib berilar edi. Qoraxoniylarda ikkita poytaxt: Qashg‘ar va Balasog‘un mavjud edi. Ulug‘ xon shu shaharlardan biridagi qarorgohda o‘tirgan. Ulug‘ xoqon yoki ulug‘ xon “xoqon ul-xoqon” degan nomda yuritilib, arab manbalarida mazkur unvon “sulton us-salotin”, fors manbalaridagi “shahanshoh”ga mos keladi. Qoraxoniylarga qarashli yerlar tamg‘achxon tomonidan uning o‘g‘illari, qarindoshlari o‘rtasida taqsimlangan edi. Shu bois yer-mulk masalasida ota-o‘g‘il, amaki va jiyanlar o‘rtasida doimiy nizolar yuz berib, u siyosiy ahvolga salbiy ta’sir ko‘rsatib turgan. Qoraxoniylar Movarounnahrni bosib olgach bu yerdagi ijtimoiy-siyosiy hayotda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lganligi bois, Qoraxoniylar o‘z davlatlarini viloyatlarga bo‘lib tashlaydilar. Movarounnahr viloyatining poytaxti Samarqand, Farg‘onaniqi esa O‘zgand shahri edi. Bu viloyatlar boshliqlari elekxonlar bo‘lib ular Qashg‘ardagi tamg‘achxonlarga rasman tobe edilar. Qoraxoniylar davrida Samarqand elekxoni ancha kuchayib ketgan edi. Samarqand elekxoni saroyida Somoniylar davlatida bo‘lgani kabi vazir, sohibi-borid, mustavfiy, hojib, rais-muxtasib kabi amaldorlar bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, Qoraxoniy hukmdorlari musulmon ulamolari bilan qalin aloqa o‘rnatganlar va imomlar, sayidlar, shayxlar, sadrlarni qo‘llab-quvvatlaganlar. Dargoh faoliyatini tegishli darajada tutib turishda saroy ishlari boshqaruvchisi, mehmonlarni qabul qilish xizmati (uning boshlig’i “Biruk” deb atalgan), xazinachi (ag’ichi), oshxona mutasaddisi (oshchi), sharbatdor, yotoq, kiyim-kechak bilan ta’minlovchi, ov uyushtirish (qushchi) kabi ma’muriy xizmatlar faoliyat ko’rsatgan. Oliy hukmdorning xavf-sizligini ta’minlash, uning siyosati yo’lida sodiqona xizmat qilish vazifasi bo’lgan maxsus saralangan harbiy qism ham dargoh boshqaruv tizimiga kirgan.54 Albatta, maxsus qismdan tashqari, harbiy qo’shin ham mavjud edi. Undagi eng muhim lashkarboshilik va boshqaruv mansablariga qoraxoniylar sulolasi vakillari hamda sodiq lashkarboshilar tayinlangan. Yirik lashkarboshilardan tashqari kichik zobitlar (chovush), otliqlar sardori (haylboshi), yuzboshi, mingboshi kabi harbiy mansablar ham mavjud bo’lgan. XI asrda Movarounnahrga kirib kelgan ko’chmanchi chorvadorlar dehqonchilik maydonlarini toptab, oyoqosti qiladilar. O’tloq va yaylovlarga aylantirilgan ekinzorlar qoraxoniylar xonadonining tayanchi hisoblangan qabilalarning asosiy mulkiga aylantiriladi. Mahalliy mulkdor dehqonlar bilan chorvador ko’chmanchilar o’rtasida ziddiyat kuchayib, dehqonlarga qarshi kurash keskin tus oladi. Qoraxoniylarning tazyiqi oqibatida mulkdor dehqonlar jon saqlash maqsadida o’z yerlarini tashlab ketishga majbur bo’ladilar. XI asrdan boshlab yerdan foydalanishda iqto tartiboti juda keng yoyiladi. Qoraxoniylar tomonidan hukmron sulola namoyandalaridan tashqari oliy darajali harbiylar, davlat ma’murlari va mahalliy zodagonlarga ham katta-katta yer maydonlari iqto tarzida hadya qilinadi. Iqto tartibi qoraxoniylar uchun bo’ysundirilgan mamlakatlar aholisidan tegishli soliqlarni undirish boshqarishning eng qulay shakli hisoblangan. Shunday qilib, XI–XII asrlarda Movarounnahrda va Xurosonda iqto yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylanadi.55 Qoraxoniylar davrida ham dehqonchilik ishlari o’z maromida kechgan. Bunga, albatta, sun’iy sug’orish tizimlarining talab darajasida ishlab turishi, lozim bo’lganda ularni ta’mirlash ishlarining amalga oshirilishi, yer osti, yer usti quvurlarining o’tkazilishi orqali erishilgan. Ayniqsa, kanallar, suv omborlari, to’siqlarning bunyod etilishi o’lkada, xususan, Buxoro, Samarqand, Farg’ona, Toshkent viloyatlarida an’anaviy dehqonchilik yuqori darajada rivojlanishiga olib kelgan. Ohangaron atrofidagi (Qoramozor) mis, kumush, qo’rg’oshin, temir konlari, Farg’onadagi oltin, simob, kumush, temir, mis, feruza, navshadil, neft, kuporos, qatron, Nurota tog’laridagi oltin, mis, qo’rg’oshin, simob, marmar, Buxoro va Ustrushonadagi oltin, neft, feruza, temir konlarida ko’plab odamlar mehnat qilgan. Bu davrga kelib musulmon ruhoniylariga bo’lgan e’tiborning kuchayishi va mamlakatda ularning siyosiy ta’sirining tobora ortib borishi bilan vaqf yerlariham ancha ko’paydi. Garchi bu davrda barzikorlarilk o’rta asrlardagi kadivarlarga nisbatan ozod hisoblansalarda, ammo ularning zimmasiga davlat tomonidan turli soliq va har xil majburiyatlar yuklangan edi. Sug’orish tarmoqlari, to’g’onlar, yo’l va qal’alar qurish va ularni ta’mir etishda ularning ishtiroki shart edi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling