Qoraxoniylar davlati diplomatiyasi va shaharlari” 70220301 – tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistri darajasini olish uchun magistrlik dissertatsiyasi
Download 0.63 Mb.
|
Akbarov U (MDI).
1-rasm. Samarqanddagi Qoraxoniylar davriga oid jomeʼ masjid chizmasi
1969-1974 yillarda “Jomeʼ” masjidining tarixi va meʼmorchiligini yoritib beruvchi muhim materiallar qo’lga kiritilgan. Xususan, M. Saadiyev 1971-1974 yillarda bu yerda olib borilgan qazish ishlarida dastlab 7×7 kv m.li xonani ochadi. Bu xona sharq tomondan mehrobning devoriga tutashib ketgan. Xona devorlarining kengligi 45-60 sm atrofida bo’lib, ichki tomoni ganch qilingan. Ganchda yashil, jigarrang va atirgul tusli naqshlarning izi saqlanib qolgan. Xonaning poli yon tomoni bilan qo’yilgan pishiq g’ishtlar (g’ishtning o’lchamlari 32x32x4, 29x16x4, 30x16x4,5) yordamida qoplab chiqilgan. Bu xonaning shimolida va janubiy tomonida kirish eshiklari bor. Xona polini tozalash jarayonida sirti silliqlangan kichik o’lchamli pishiq g’ishtlar va geometrik ornament berilgan o’yma terrakotali plita siniqlari aniqlandi. Bu yerda joylashgan kvadrat bino Qoraxoniylarning maqbarasi bo’lishi mumkin deb taxmin qilinadi72. Chunki bu yerda uchta sahna ham aniqlangan. Arxeolog V.L. Vyatkin 1929 yilda “Jomeʼ” masjidi hududining shimoli-g’arbiy qismida arxeologik qazishma olib borishi jarayonida geometrik, o’simliksimon va epigrafik xarakterga ega relyefli naqshlar bilan qoplangan o’ndan ortiq butun va siniq terrakotali plitalarni aniqlagan. Biroq u masjidning kirish qismidagi bezaklari deb, noto’g’ri taxmin qilingan. Bu plitalar M.Ye.Massonning epigrafik izlanishlaridan keyin, Qoraxoniy xoqonlardan Ibrohim ibn Husaynning (1180-1198 yy) maqbarasiniki ekani maʼlum bo’ldi73. Masjid va maqbaraga yaqin joyda, yaʼni majmuadan 30 m. g’arbda qabriston ham joylashgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida masjiddan shimoli-sharq tomonda X asrda bir qator maqbaralarni ham o’z ichiga olgan diniy-memorial majmua shakllana boshlagani maʼlum bo’ldi. Masjidning polida yon tomoni bilan yotqizib chiqilgan pishgan g’ishtlardan iborat ustunning asoslari topilgan. G’ishtlar ganchli suvoq yordamida qalab chiqilgan. Masjidning shifti va ayvonini ko’tarib turuvchi ustunlar ham pishgan g’ishtlar yordamida ko’tarilgan. G’ishtli ustunlar O’rta Osiyoning masjidlariga xos bo’lib, X-XII asrlardagi Eron masjidlarida ham uchraydi. Xazara va Termizdagi Chorustun masjidlarida shunday ustunlar mavjud bo’lgan. S.Xmelniskiy masjidning qurilgan vaqtini bu davr diniy inshootlarining meʼmoriy parallellari asosida somoniylar davriga qadar qadimiylashtirdi. IX-X asrlarda xalifalikda Kufadagidek ustunli-saroy tipidagi masjidlar keng tarqalgan bo’lib, Samarqand “Jomeʼ” masjidi ularga juda o’xshash. Samarqanddagi bu qadimiy masjidning shimol va janub tomoniga pishiq g’ishtli ustunlardan iborat ayvon biriktirilgan. Ayvon esa bozorga qaratilgan. Shu tariqa bunday yirik inshootlarni shaharning savdo-hunarmandchilik qismiga yaqin qilib qurish anʼanasi vujudga keladi74. Qoraxoniylar davrida masjidlarning keng hovlisi va uning ichki tomoni bo’ylab ayvon ustunlarining mavjud bo’lishi, shu davr arxitekturasining o’ziga xos xususiyatidir. Pishiq g’ishtli ustunlar ayvon tomini ko’tarib turishga mo’ljallangan va ayvonning panasida ko’plab namozxonlarning issiq va sovuqda ibodat qilishlarini qulaylashtirishga qaratilgan75. O’rta asrlarda hammom kabi jamoat binolari shaharsozlikda muhim o’rin egallay boshladi. Hammom shahar aholisi hayotida muhim rol o’ynagan va masjiddan keyin eng ko’p tashrif buyuriladigan joy edi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling