Qoraxoniylar davlati diplomatiyasi va shaharlari” 70220301 – tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistri darajasini olish uchun magistrlik dissertatsiyasi


Download 0.63 Mb.
bet14/20
Sana17.07.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1660734
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Akbarov U (MDI).

II bob bo’yicha xuolsa.
Qoraxoniylar sulolasi o’z faoliyati davomida mintaqaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan.
XI–XII asrlarda sha harlar kengayadi, aholi soni ko’payib, ular yanada gavjum-la shadi. Samarqand, Buxoro, Termiz, O’zgan, Toshkent kabi shaharlar ichki va tashqi savdo uchun xilma-xil hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan hamda chaqa-tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylanadi. Shu davrda bunyod etilib, hozirgacha saqlangan Raboti Malik, Masjidi kalon, Minorai kalon, Vobkent minorasi, Jarqo’rg’on minorasi, Mag’oki attori masjidihamda ko’plab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroy kabi inshootlar quriladi.
Hunarmandchilik mahsulotlari o’zining xilma-xilligi va yuqori darajada nafisligi bilan ajralib turadi. Bu davrda shaharlarda, ayniqsa, kulolchilik, shishasozlik, miskarlik va chilangarlik rivoj topadi. Hunarmandchilikning taraqqiy etishi hamda ichki va tashqi savdoning kengayishi bilan bozor tijoratida pulga talab oshadi. Natijada kumush va misdan ko’plab chaqa va tangalar zarb qilinadi.
Moliyaviy mablag’larsiz va davlatning tizimli qo’llab-quvvatlovisiz madaniy va ilmiy sohalarni rivojlantirish haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Bu masala bugun ham – dolzarb. Xalqaro savdo aloqalarisiz iqtisodiyotni rivojlantirib bo’lmaydi. Qoraxoniylar ham islom, ham Xitoy olamida savdo-sotiq qila olish imkoniyati bilan Buyuk Ipak Yo’li bo’ylab xalqaro savdo-sotiqda alohida rol o’ynadi va shu tariqa nafaqat xalqaro maydonda alohida maqomga ega bo’ldi, qolaversa, iqtisodiy jihatdan kuchli davlatga aylandi. Ayni hol ushbu davlatda ilm-fan, adabiyot va me’morchilik, hunarmandchilik va boshqa ko’plab sohalar rivojlanishida ko’zga tashlandi. Albatta, bag’rikengliksiz bunday keng qamrovli savdo-sotiq qilishning iloji yo’q edi. Qoraxoniylar zamonga qarab ish tutish hadisini olgani sababli, ya’ni musulmon bo’la turib, qanchalik chin musulmon ekanini namoyish etarak, islom dunyosida mavqeini mustahkamlashga, maqomi va obro’-e’tiborini ko’tarishni istadi, buning uddasidan chiqdi ham. Ammo ayni damda ular turkiy an’analariga ham sodiq qoldi. Aynan shu jihat ularni turli guruhlar, jumladan, uyg’urlar, turkiylar va kidanlarga ham yaqinlashtirdi, sharqda muloqot qilishiga ko’maklashdi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling