Qoraxoniylar davlati diplomatiyasi va shaharlari” 70220301 – tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistri darajasini olish uchun magistrlik dissertatsiyasi


III bob. Qoraxoniylar davlatining diplomatik munosabatlari va tashqi savdo aloqalari


Download 0.63 Mb.
bet15/20
Sana17.07.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1660734
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Akbarov U (MDI).

III bob. Qoraxoniylar davlatining diplomatik munosabatlari va tashqi savdo aloqalari
3.1. Qoraxoniyla davlatining G’aznaviylar, Saljuqiylar va boshqa musulmon davlatlar bilan olib borgan diplomatik munosabatlari
Tashqi aloqalarni rivojlantirishda Qoraxoniylar malakali elchilarni tanlab, ularni har tomonlama tayyorlaganlar. Chunonchi, Qoraxoniylar hukumdorlari “Qutadg’u bilig” asrida yaxshi elchi (yalavach)ga qo’yiladigan talablarning uzun ro’yxati keltirilgan: “Elchi insoniyat tanlagan, dono, aqlli va mard bo’lishi kerak... elchi aqlli, qat’iyatli va dono, so’zni yaxshi tarjimon bo’lishi kerak ... U sodiq, ko’z va qalbdan mamnun, ishonchli, samimiy va jasur bo’lishi kerak…”76 Ushbu ma’lumotlarni Maxmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’otit-turk” asarida “elchi” – “yalavach” so’ziga yozgan ta’rifida ham alohida qayd etadi.
Qoraxoniy elchilari ziyoli va bilimli, chet tillari va yozuvlarini, she’r va ilm-fanni, o’q otish va ovchilikni, shaxmatni yaxshi biladigan, odob-axloqi va tashqi ko’rinishi go’zal bo’lishi kerak edi.
G’aznaviylar bilan siyosiy ittifoq Qoraxoniylar uchun hind savdo tarmog’iga yo’l ochdi. O’zining shimoliy chegaralarini mustahkamlash niyatida bo’lgan G’azna hukumdori Sulton Mahmud 1001-yilda Qoraxoniylar saroyiga o’z elchisini yuboradi. 1001-yilda nikoh ittifoqi orqali tinchlik shartnomasi tuzishgan. Qoraxoniylar ham G’aznaviylar bilan kelishuvga qiziqib, qoraxoniy malikasini Sulton Mahmudga turmushga beriladi. Ikki turkiy davlat o’rtasidagi do’stona aloqalar tez-tez nikoh ittifoqlari orqali mustahkamlab turilgan. G’aznaviylarning saroy tarixchisi Gardiziy77 1025-yilda G’azna hukumdori Sulton Mahmud va Qoraxoniylar hukmdori Yusuf Qodirxon o’rtasida Samarqandda bo’lib o’tgan rasmiy uchrashuv haqida yozib qoldirgan.78
Xitoy olimlari asarlarida Qoraxoniylar xoqonligi bilan G’aznaviylar davlati orasidagi munosabatlarga xam ma’lum darajada e’tibor berilgan. Ushbu asarlarda bayon etilishicha, ular o’rtasida uzoq davom etgan urushning boshlanishiga G’aznaviylar xonligi amiri Nuh II ibn Mansur (976-997) sababchi bo’lgan. Chunki Qoraxoniylar qo’shinlari Qashqar va uning yonidagi viloyatlarda band bo’lib turganida, ubu amir Buxoro qal’asini qurshab olib, mahalliy aholi yordamida uni o’z nazorati ostiga olgan. Shuning bilan birvaqtda amir Nuh yoridamida Badaxshshon va uning yaqinidagi joylarda Qoraxoniylarga qarshi qo’zg’olonlar ko’tarilgan. Qoraxoniylar sulolasining bu hududdagi hukmronligi barbod bo’lish xolatiga kelib qolgan. Shunday vaziyatda Ali Nosir (Nosir Eloqxon) qoraxoniylarning Movarounnahr hududidagi qo’shinlarini Samarqandda to’plab, bu qal’ani saqlab qolishga uringan.


Samarqand yonidagi urush bir necha oy davom etganidan keyin, amir Nuh noiloj Ali Nosir bilan sulx tuzishga majbur bo’ldi. Ikki tomonning kelishuvi natijasida Xitvan cho’li o’rtadagi chegara deb topildi. Cho’lningsharkidagi joylar Qoraxoniylarga, g’arbidagi yerlar amirNuhga karaydigan bo’lІdi. Shunday qilib, Ali Nosir Qoraxoniylar xoqonligi uchun Movarounnahr hududidagi muhim joylarni saqlab qola oldi. 997-yilda Ali Nosir Somoniylar xoni almashayotganidan foydalanib, Buxoroga yana bir marta qo’shin tortdi va bu qal’ani olmoqchi bo’ldi. Lekin u yerli axoli bilan somoniylar qo’shinlarining qarshiligiga uchrab, mag’lub bo’ldi.
998-yilda Abu Xasan Yorkent atrofidagi jangda xalok bo’ladi. Xo’tan qo’shinlari birato’la Qashqar qal’asini bosib olganida, Yusuf Qodirxon Samarqand taxtiga vorislik qilib, g’ayri musulmonlarga qarshi turish shiori ostida islom ahlini urushga safarbar qiladi va Qashqarga yurish qiladi. Shundan so’ng Movarounnahr ishlar Ali Nosirga topshirildi.
Shundan keyingi davrda amir Mansur II ibn Nuh (997-999) ichki dushmanlar tomonidan o’ldirildi va Somoniylar taxtiga Abdumalik II ibn Nuh (999-1000) ismli yosh hukumdor o’tiradi. Bu fursatdan foydalanib, Ali Nosir yana Buxoroga qo’shin yuboradi va o’z raqibini osongina yengadi.
Shu yilning qurbon hayitida qoraxoniylar qo’shini Buxoroda qal’aga kirish marosimini o’tkazib, Somoniylar xonligining oxirgi podshosini qo’lga oldi va bu xonlikning 128 yillik hukmronligiga xotima berdi. Bu voqeadan so’ng Ali Nosir Badaxshon va uning atrofidagi viloyatlarda yuz bergan ko’zg’olonlarni tinchitib, Qoraxoniylarning Movarounnahr hududidagi hukmronligini qayta tikladi.


Shundan keyingi yillarda Qoraxoniylar qo’shini Somoniylar xonligining bayrog’i ostida harakat qilgan kuchlar bilan kurashdi. 1003-yilda somoniylarning qolgan jangchilari saljuq turklarining yordamida Buxoro qal’asi yonida Qoraxoniylar qo’shinini mag’lub qilib, Buxoroni yana bir bor egallab oladi. Lekin uzoq o’tmay, Qoraxoniylar qo’shini Ali Nosir boshchiligida Buxoroni qaytarib oldi. Buxoro qal’asining yana qo’ldan boy berilganligi ular uchun umumiy xotima bo’ldi. Shundan e’tiboran, Somoniylar davlati tarix sahnasidan ketadi.
Qoraxoniylar tarixini o’rgangan Xitoy olimlari Yusuf Qodirxoning faoliyatiga alohida berishgan. Ularning yozishicha, birinchidan, u islom bayrog’i ostida Budda dini tarafdorlarining markazlaridan biri bo’lgan Xo’tan shaxriga qarshi urush olib borgan. Ikkinchidan, G’aznaviylar bilan bo’lgan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilgan. Uchinchidan, Qoraxoniylar davlatining taraqqiy topa olishi uchun zarur sharoitning yaratilishi G’aznaviylar davlati bilan hamkorlikda Somoniylar davlatini kuchsizlantirish mumkin deb bilgan.79
Tarixchilaring bayon etishicha X asr oxirlariga kelganda Movarounnahr hududida qoraxoniylar Somoniylar davlatiga uzil kesil zarba berib, mag’lubiyatga uchratgan va qisqa davr ichida ushbu davlatni yo’q qildi. G’aznaviylar xonligi hukmdorlari bu holatni xisobga oldi. Qoraxoniylar bilan Somoniylar o’ptasidagi urush maydonlari bir necha marta Amudaryoga yaqinlaib bordi. Biroq G’aznaviylar xonligi Amudaryoning shimolida yuz bergan urushlarga aralashmadi. Har xolda aralashganligi haqidagi ma’lumotlar hozircha topilgani yo’q.80
Extimol bunga Qoraxoniylar bilan G’aznaviylar o’rtasida mavjud bo’lgan dushmanga birgalikda qarshi turish zaruriyati sabab bo’lgandir. Chunki Somoniylar davlatini ag’darib tashlash ularning umumiy maqsadi bo’lgan. Qolaversa, ushbu davrda ularning o’rtasida to’qnashuvga sabab bo’lgan biror voqea sodir bo’lmagan. Qoraxoniylarning xarbiy faoliyati Movarounnahr hududi bilangina cheklanib, uning nazari Amudaryoning janubidagi G’aznaviylar xonligining zaminiga tushmagan. 1001-yilda Qoraxoniylar xatto Alining qizini g’aznaviylar xonligining hukmdori Sulton Maxmudga turmushga berdi.81
Sulton Maxmud dindor odam edi. U Hindistondagi g’ayri musulmonlarni quvib chiqarmagunga qadar ushbu mamlakatda urush qilishga qasam ichgan. 1001-yildan boshlab, olti yilga yaqin vaqt davomida Maxmud ana shu maqsadda Hindistonga uch marta qo’shin tortib borib, bir qator urushlar olib borgan.
Bu orada siyosiy manfaatning diniy manfaatdan ham ustun turishiga yaqqol misol bo’la oladigan hodisalar yuz bera boshladi. Qoraxoniylar xoqonligi Maxmudning Hindistonda g’ayri musulmonlarga qarshi olib borgan urushlarini qo’llab-quvvatlamadi. Aksincha, 1005-yilda ular o’zlarining Movarounnahr hududidagi g’alabalaridan ilhomlanib va Maxmudning Hindistonga yurishi bilan band bo’lganligidan foydalanib, to’satdan G’aznaviylar davlatiga keng ko’lamli hujum uyushtirdi. Qoraxoniylar qo’shini Amudaryodan o’tgandan keyin ikki qismga bo’linib, Xuroson hududigacha bostirib kiradi, G’aznaviylar davlatining Balx va Marv kabi shaharlarini birin-ketin egallab oldi. Bu Qoraxoniylar bilan G’aznaviylar xonligi o’rtasidagi uzoq muddatli urushning muqaddimasi bo’lgan edi.


Qoraxoniylar qo’shinining kutilmagan hujumi Sulton Maxmudnni Hindistonga qaratgan yurishini to’xtatishga majbur qildi. 1006 yilda u Balx qal’asi yonida Qoraxoniylar qo’shinini mag’lub qildi. Keyin Qoraxoniylarning Xurosondan yo’lga chiqayotgan yana bir qo’shiniga to’satdan zarba berib, son-sanoqsiz xarbiy qurol-yarog’ va boshqa mulklarni o’lja qilib oldi.
Shuning bilan Qoraxoniylarning Amudaryoning janubidagi viloyatlarga egalik qilish g’arazi yo’qqa chiqdi. Keyingi bir yil davomida Qoraxoniylar qo’shinlari g’arbiy hudud bosh hokimi Ali Nosir qo’mondonligida necha marta Amudaryodan o’tib, Balx hududida G’aznaviylar qo’shini bilan jang qildi. Lekin bu urushlar qoraxoniylar uchun mag’lubiyat bilan tugaydi.
1007-yilda Ilek Nosir Xo’tan hokimi Yusuf Qodirxon bilan birga g’arbiy hudud qo’shinlari yordamida Amudaryodan o’tib, Balx qal’asini egallab olmoqchi bo’ldi. Natijada 1008-yil birinchi oyning 4-kuni Balxga yaqin joyda Qoraxoniylar va Sulton Maxmud o’rtasida qattiq jang sodir bo’ldi. Ushbu jangga Sulton Maxmud 500 ta fil safarbar qilgan edi.82
Tilga olinayotgan Balx uchun qilingan xarbiy harakatlar XI asrning boshlarida Amudaryo janubida yuz bergan bir martalik keng ko’lamli urush edi. Unda xar ikki taraf islom dinini bayroq qilgani uchun atrofidagi hududlarning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb qildi. Shuning uchun xalq orasida va tarixiy hujjatlarda bu safardagi urush to’g’risida ko’pgina ma’lumotlar saqlanib qolgan. Keskin janglardan keyin g’aznaviylarning fil mingan jangchilardan iborat asosiy xarbiy qismlari Qoraxoniylar qo’shinini mag’lub qildi. Shundan keyin Qoraxoniylar Amudaryoning janubiga o’tish imkoniyatidan mahrum bo’lib qoldi. Natijada Amudaryo ikki davlat - Qoraxoniylar va G’aznaviylar davlatlarining chegarasi bo’lib qoldi.
Balx qal’asidagi mag’lubiyat Qoraxoniylar sulolasining hukmdorlari o’rtasida ziddiyat paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. G’arbiy hududlar bosh hokimi Nosir Eloqxon boshchiligidagi urush tarafdorlari G’aznaviylar bilan bo’lgan urushni davom ettirishga da’vat etadi. Shimoliy hudud bosh hokimi boshchiligidagi sulxchilar G’aznaviylar xonligi bilan urushni to’xtatish tashshabbusi bilan chiqdilar.
G’aznaviylar hukmdori Sulton Maxmud qoraxoniylarning ichki ziddiyatlaridan foydalanib, 1010-yilda Bolosog’unga maxfiy elchi yubordi va shimoliy hudud bosh hokimi bilan til biriktirdi. Bu voqeadan xabar topganYusuf Qodirxon shimoliy hudud bosh hokimini jazolash uchun g’arbiy hudud bosh hokimiga Bolosog’unga jazo yurishi qilishni buyurdi. G’arbiy hudud bosh hokimi yetakchilik qilgan qo’shin Bolosog’unga yaqin borganida, G’aznaviylar davlati bu tadbirga oshkora aralashdi. G’aznaviylar elchisi Yusuf Qodirxonga Bolosog’unga qaratilgan jazo to’xtatilsa, G’aznaviylar Qoraxoniylarning hamma tilaklarini qondirishga tayyor, aks xolda G’aznaviylar xarbiy kuch ishlatib, zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi, deb uqtirdi. 1011-yilda Qoraxoniylar xoqonligi G’aznaviylar davlatining sulh tuzish taklifini qabul qilib, Bolosog’unga qaratilgan jazo yurishini to’xtatdi.83
G’aznaviylar xonligi munosabatda ustunlik paydo qilish usuli bilan, Yusuf Qodirxonni G’aznaviylar xonligi bilan davomli urush qilish xayolidan voz kechishga majbur qilish orqali, o’zining strategik maqsadiga yetdi. Shundan e’tiboran qoraxoniylar bilan G’aznaviylar bir-biriga qarshi harakat qilmay, tinchlik sulhiga erishdi. Bunday natija Sulton Maxmudga qo’l kelar edi, zero shu tinchlik evaziga u o’z xayotida muhim ishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lar edi.84
1012-yilda g’arbiy hudud bosh hokimi Ali Nosir vafot etdi. U o’z jamoatidan bo’lgan shimoliy bosh hokim bilan inoq bo’lmaganligi uchun Yusuf Qodirxon Movarounnahr hududini osongina qo’lga kiritdi va g’arbiy hududning bosh hokimi lavozimini inisi Ali Tegin (Ali binni Xasan)ga topshirdi. Shuning bilan Horun guruhining ta’sir kuchi Movarounnahr hududigacha kengaydi. Vey Lyangtaoning yozishicha Qoraxoniylar davlatining hududi g’arbda Qoraqum cho’lidan sharqda Lobnor85 ko’ligacha, shimolda Balxash ko’lidan janubda Amudaryoning janubiy qirg’oqlarigacha kengaygan.86
Qoraxoniylar Xitoy bozorlariga shisha va ma’dandan yasalgan buyumlarni ham yetkazib berib turgan. Ayni buyumlar, asosan, Lyao sulolasi hududidan topilgan. Buning ma’nosi shuki, qo’limizda buni tasdiqlaydigan yozma manbalar yo’q, ammo arxeologik ma’lumotlar bor. Ularga ko’ra, Qoraxoniylar Xitoyga olib kelgan tovarlar ro’yxatiga yana ayrim narsalarni qo’shish mumkin. Boshqa tovarlar qatorida marvarid va marjonni ham tilga olsa bo’ladi, Qoraxoniylar ularni G’aznaviylar va Saljuqiylar bilan aloqalari evaziga qo’lga kiritgan. Bu vaqtga kelib, aynan Saljuqiylar marvaridi bilan mashhur bo’lgan Fors ko’rfazini nazorat qilgan. Yana bir eslanadigan narsa kahrabodir. Uning asosiy manbasi o’sha zamonlarda ham, hozir ham Yevropaning Boltiq mintaqasi va Janubi-sharqiy Osiyodagi Birma bo’lgan. Tabiiyki, Qoraxoniylar Xitoyga aynan Boltiq kahrabosini yetkazib berib turgan – buni arab-fors manbalari ham, Xitoy manbalari ham, shuningdek, arxeologiya ma’lumotlari ham tasdiqlaydi.
Qoraxoniylar turkiy va islomiy dunyoning muhim bo’laklaridan biri bo’lgan Volga daryosi bo’yidagi Bulg’oriya davlati bilan aloqalari yaxshiligi sabab Boltiq mintaqasining kahrabo va boshqa tovarlarini ham olib turgan. Ushbu davlat savdogarlari ko’p joylarda, jumladan, Xorazmda ham juda faol bo’lgan. Yana Qoraxoniylar turli ziravorlar va xushbo’y moddalar bilan ham yaxshi savdo qilgan. Ular orasida eng mashhuri buxur (xushbo’y qatron) bo’lgan. Hozir ham, o’sha zamonlarda ham uning manbasi Arab yarim orolining janubiy qismi va Somali hisoblanadi. Bundan tashqari, o’sha paytda buxur Hindistonda ham ishlab chiqarilgan, ammo G’aznaviylar saroyida xizmat qilgan Abu Rayhon Beruniy ta’kidlashicha, hind buxurining sifati Arab yarim orolining janubiy qismi buxuri sifatidan pastroq bo’lgan. Shuning uchun Qoraxoniylar Xitoyga Arab yarim orolining janubiy qismi buxurini sotish uchun olib borib turgan. Ular sifati bundan past bo’lgan tovarlarni Xitoy bozoriga olib borishi befoyda bo’lgan. Qizig’i shundaki, Qoraxoniylar bir vaqtda ko’p miqdorda – 60 tonnagacha buxurni Xitoyga yetkazib borgan.
Qoraxoniylar biror tovar turiga ixtisoslashib qolmagan, bozorda nimaning savdosi chaqqon bo’lsa, shuni olis yerlardan ham olib kelavergan. Ular ro’yxatini (mo’yna, teri, jonivorlar, ayniqsa, otlar va tuyalar) Xitoy manbalaridan topish mumkin. Yana Xitoyda Markaziy Osiyo shaharlarida ishlab chiqarilgan to’qimachilik mahsulotlari qadrlangan. Turli qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar ko’p miqdorda Xitoy bozorlariga olib kelingan. Bu o’rinda, ayniqsa, Xo’tan nefritini va Badaxshon lazuritini alohida ta’kidlash kerak bo’ladi. Badaxshon o’sha paytlar G’aznaviylar davlatiga qaragan, ammo Qoraxoniylar G’aznaviylar davlati bilan savdo-sotiq qilgani uchun lazuritni olish imkoniga ega bo’lgan. Yana minerallarni, asosan, novshadil va simobni eslab o’tish joiz, ular Qoraxoniylar nazoratidagi tog’li hududlardan qazib olingan.
Qoraxoniylar hukumroknligi davrida migratsion jarayonlar nihoyatda kuchaygan. Ilgari chorvachilik bilan shug’ullangan va uyg’ur deb nomlangan qabilalar ittifoqi tarkibiga kirgan ko’pgina turkiy qabilalar Yettisuv, Tangritog’ Ba Oltoy tog’lari etaklaridagi va ularning atrofidagi yaylov joylardan Turkistonning shaharlariga va dehqonchilik hududlariga ko’chib kelgan. Shu sababli bularda chorvachilikdan dehqonchilikka o’tish jarayoni kuzatilgan va shu tufayli ularning ijtimoiy turmushiga yangi mulkchilik shakli kirib kelgan.
Bu o’zgarish ularning dehqonchilikka mos bo’lgan hududlarga ega bo’lish bilangina emas, balki ijtimoiy turmush darajasining yaxshilanishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan edi. Yettisuvda istiqomat qilgan paytlarda janub tomondagi dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqarish munosabatlari va turmush shakli ularning ijtimoiy turmushining har bir sohasiga kirib borgan. Pomir g’arbida yashayotgan turkiy qabilalarni eng avvalo dehqonchilikka xos afzalliklar o’ziga jalb qilgan. Jumladan, ularni muhim dehqonchilik maxsulotlari, o’troq va xashshamatli turmush tarzi, qulay atrof muxit qiziqtirgan. Bu jihatlar turkiy qabilalarning tafakkuriga, ruhiyatiga va urf-odatlariga ta’sir ko’rsatgan. Pomirning g’arbida Qoraxoniylar davlati tashkil topishidan ilgari mavjud bo’lgan yerga egadorlik qilish tuzumi saqlanib qoldi. Qoraxoniylar yerning bir qismini xon jamoatidagilarga nasabli zamin qilib berdi. Bunda yerlarga ega bo’lganlar “ilikxonlar” deb atalgan. Qolgan qismi Somoniylar Somonylar davri tuzumi bo’yicha, “iqto” nomi bilan uyg’ur zodagonlariga va boshqa chorvador qabilalarning boshliqlariga umrbod zamin qilib berilgan.
Nasabli va suyurg’ol yerlarga ega bo’lganlar ma’lum shartlarni bajarganlaridan so’ng, ya’ni siyosiy, iqtisodiy va harbiy majburiyatlarni o’z zimmalariga olgandan keyngina o’z yerlaridan bahramand bo’la olganlar. Ular orasidagi farq shundan iborat bo’lganki, ilekxonlarga berilgan yerlarga ularning bola-chaqalari vorislik qila olgan va olingan nasab yerlar doirasida yer egalari boj olish, so’roq qilish huquqiga ega bo’lgan. Lekin ularga o’z hududlari doirasida qo’shin tashkil qilish va ma’muriy apparatlarni tuzish mumkin bo’lmagan.
Iqto shakldagi yerlarga ega bo’lganlarning bola-chaqalari berilgan yerlarga bevosiqa vorislik qilolmaganlar. Ma’lum bir vaziyatda vorislik huquqiga ega bo’lish uchun hukumatning ruxsatini olish shart bo’lgan87.
Qoraxoniylar davlati axolisining katta bir qismi chorvachilik bilan bog’liq bo’lganligi uchun Xoqon jamoatidagi amaldorlarga yer va suvdan tashqari yaylov ham taqsimlab berilgan.
Shulardan xulosa qilsa bo’ladiki, ilekxon va iqto kabi yer taqsimotlari Qoraxoniylar xoqonligining Markaziy Osiyo yaylovlarida va Movarounnahr hududida yer, suv va yaylovlarga egadorlik qilishning asosiy shakli bo’lib qolgan.
Qoraxoniylar xoqonligining iqtisodi dehqonchilikdan boshqa savdo, konchilik va qo’l hunarmandchilik sohalaridan tashkil topgan edi. Qoraxoniylar xoqonligining siyosiy va harbiy g’alabalari hozirgi Markaziy Osiyo hududi bilan Torim voxasining janubidagi keng zaminni yaxlitlikka olib kelgan va bu hududlarning savdo sohasidagi rivojlanishi uchun ishonchli bozor va tinch muxit yaratib bergan.
Qoraxoniylar xoqonligi davrida metalldan qilingan pullarning, yani, tangalarning ko’p miqdorda zarb qilinganligi o’sha zamonda savdo ishlarining nixoyatda avj olganligidan nishonadir. Bu pullarni dunyodagi ko’p joylardan, jumladan Volga daryosi, Qora dengiz bo’ylari, Nil daryosi atrofidan topilganligi Qoraxoniylar xoqonligi hududidan yo’lga chiqqan savdo karvonlarining muntazam qatnab turganligidan, Xitoydagi Sun sulolasi, Shichjou uyg’ur xonligi, Fors, Sharqiy Rim imperiyasi, Rus knyazliklari, xatto Misr kabi joylar bilan ham savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanganidan dalolat beradi.
Qoraxoniylar davlatida savdo ishlarining ijtimoiy hayotdagi o’rni Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asarida ham aks ettirilgan. Asar muallifi savdobilan shug’ullanganlarga xurmat bildirish bilan birga odamlarni ular bilan inoq bo’lishga, ularga o’z eshik-darvozalarini kengroq ochib berishga undagan88.
Savdo-sotiq va sanoasanoat turlarining rivojlanishi shaharlar barpo bo’lishining asosiy mezoni bo’lgan. Chorvachilik turmushiga odatlangan amaldorlar uchun shaharlar yangi hayot belgisi edi. Yaylovlardan shaharlarga ko’chib keluvchilarning soni ko’paya boshladi. Bu xol shahar axolisining tez ko’payishiga, qurilish ishlarining rivojlanishiga turtki bo’ldi.89
Savdo ishlarining yanada gullab-yashnashi shaharlarning moddiy va ma’naviy turmushini boyitdi va jonlantirib yubordi. Torim voxasidagi Kashkar, Yorkent, Xo’tan hamda Somoniylar davlati davrlarida yuz bergan urushlar natijasida vayron bo’lgan Buxoro, Samarqand, Farg’ona kabi shaharlar tiklandi va yanada rivojlandi. Savdo ishlarining taraqqiyoti bilan uyg’unlashish maqsadida bu shaharlar o’rtasidagi qadimiy savdo yo’llarida yangi karvonsaroy va o’tovlar paydo bo’ldi.
Qoraxoniylar xoqonligidavrida paxtachilik, to’qimachilik, konchilik, metallurgiya, shahar qurilishi, qo’l xunarmandchiligi kabi sohalar yuksak darajada rivojlangan. Bu esa davlatning xalqaro savdodagi mavqeini baland ko’targan90. Mazkur xoqonlik zamonasida paxtadan to’qilgan gullik matolar Xitoyga eksport qilingan.
Qoraxoniylar xoqonligida qo’l hunarmandchilik sohasida zargarlik, to’qimachilik, oyna, sopol va shisha idishlar, egar-jabduq, kog’oz, gilam ishlab chiqarish yuksalgan. Samarqanda ishlab chiqarilgan “samarqand qog’ozi” nihoyatda mashhur bo’lgan. Konchlik sohasida, oltin qazib chiqarishda Zarafshaon daryosining yuqori oqimi atrofi mashhur bo’lgan. Konchilikda quduq kavlab ma’dan olish uslubidan foydalanilgan. Ayrim quduqlarning chuqurligi 156 metrgacha yetgan.
Qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida shaharsozlikning rivojlanida o’ziga xos an’analar paydo bo’lgan. Bir tomondan yangi shaharlarning paydo bo’lishi xisobiga mamlakatdagi shaharlar soni ko’paygan. Ikkinch tomondan, katta qurilishlar bo’lgani tufayli mavjud shaharlarning ko’rkamligi oshgan va doirasi kenraygan. Uchinchi tomondan, zodagonlarning, boylarning va savdogarlarning go’zal imoratlari bilan to’lgan ko’chalar qatorida, uylar zich joylashgan daraxtsiz tor ko’chalar paydo bo’lgan.
Katta shaharlar ichki shahar (shahriston), shahar chekkasi va tashqarisi kabi qismlarga ajratilgan. Shahar axolisining joylashuvi ham ularning iqtisodiy holati bilan bog’liq bo’lgan. Yirik shaharlar, jumladan, Samarqand axolisi soni 500 mingga yetgan. Shaharlarda ichki va xalqaro savdo ishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan.91
Yuqorida aytib o’tilganidek, Qoraxoniylar qo’shni turk-islom sulolalarining aksariyati bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan, nikoh ittifoqlari bilan mustahkamlangan. Qoraxoniylar Bag’doddagi Abbosiy xalifalar huzuriga ham teztez rasmiy elchilar yuborib turdilar. Ibn al-Fuvatiy (1244-1326) o’zining biografik asarida bizgacha yetib kelgan zamonaviy manbalardan foydalangan holda Tafg’ach at-Turkistoniy nomi bilan mashhur bo’lgan Qoraxoniylar hukmdori Ibrohim ibn Nasr har yili halifa saroyiga elchilar yuborganini qayd etgan.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling