III bob bo’yicha xulosa……………………………………………………68
Xulosa...........................................................................................................71
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati........................................ 74
Ilovalar.........................................................................................................78
Kirish
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligiga erishgach, ma’naviy-ma’rifiy hayotda ijobiy tub burilish yuz berdi. Jumladan, o’zbek xalqining boy davlatchilik tarixi, uning moddiy va ma’naviy merosini o’rganishga alohida e’tibor qaratildi. Respublikamizning birinch Prezidenti I.A. Karimov o’zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” nomli asarida O’zbekiston tarixchilari oldiga bir qator ilmiy nazariy va amaliy dolzarb muammolarni tadqiq etish vazifasini qo’ygan edi.
2021-yil 19-yanvar kuni bo’lib o’tgan uchrashuvda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonda tarix fanini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilishi tog’risida bayonot berdi. “Milliy ma’naviyatimizni rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz hayotiga singdirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ahamiyati juda katta. Afsus, bu fanlar rivoji zamondan ortda qolmoqda. Xususan, biz uchun nihoyatda dolzarb bo’lgan tarix fani ham bundan mustasno emas. Tarixga oid ilmiy tadqiqot ishlari asosan bayonchilik, publitsistik usulda olib borilmoqda. Natijada, olis va yaqin o’tmishimizdagi ko’pgina voqealar mohiyati, ularni yuzaga keltirgan omillar va tarixiy qonuniyatlar ochilmasdan qolmoqda”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.1
Inson ma’naviyatida tarix ilmining ahamiyati beqiyosdir. “Albatta har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi”.2
Yuqorida keltirilganidek, bugungi kunda O’zbekiston davlatchilik tarixi va uning muhim taraqqiyot bosqichlari nihoyatda dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Bu o’rinda Qoraxoniylar davlatchiligi tarixini o’rganish ham katta ahamiyatga egadir. Shunday bo’lsa-da, mazkur davlat tarixi shu kunga qadar alohida tadqiqot mavzusi sifatida o’rganilmagan. Ushbu davlat tarixiga doir ko’pgina masalalarda tadqiqotchilar o’rtasida xanuzgacha bahs munozaralar davom etmoqda.
Bundan tashshqari, Qoraxoniylarning O’zbekiston davlatchiligi tarixida tutgan o’rni alohida ahamiyatga ega bo’lib, bunda ushbu davlatning qabilalar ittifoqi darajasidagi oddiy urug’-qabilaviy udumlarga asoslangan boshqaruv tizimini saltanat darajasigacha rivojlanib, yuksalib borganligi e’tiborga molikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |