Qoraxoniylar davlati diplomatiyasi va shaharlari” 70220301 – tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistri darajasini olish uchun magistrlik dissertatsiyasi


Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili)


Download 0.63 Mb.
bet4/20
Sana17.07.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1660734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Akbarov U (MDI).

Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Bu davrda maxalliy mualliflar tomonidan bitilgan asarlar, turkiy qabilalarning etnik tarixi, tilshunosligi hamda numizmatik va arxeologik tadqiqotlar ishning manbaviy asosini tashkil etadi.
Qoraxoniylar davrida yaratilgan arab-fors hamda turkiy tilda bitilgan manbalar jumlasiga Abu Rayxon Beruniy (973-1048)ning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Mineralogiya”, Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy (899-959)ning “Buxoro tarixi”, Gardiziy (XI asp)ning “Zayn ul-axbor”, muallifi noma’lum “Hudud ul-olam” (X asr), Abu Nasr al-Utbiy (961-1040)ning “Tarixi al-Yaminiy”, Abdul Fazl Bayhaqiy (955-1077)ning “Tarixiy Ma’sudiy”, Yusuf Hos Hojib (XI asr)ning “Qutadg’u bilig”, Maxmud Koshg’ariy (XI asr)ning “Devonu lug’otit turk”3 kabi asarlarni kiritish mumkin.
Yuqorida nomi zikr etilgan manbalar orasida Beruniyning asarlari alohida o’rin tutadi. Uning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodrorliklar”4 nomli asarida Xorazmdan to Xitoy chegaralarigacha bo’lgan hududlarda yashovchi turkiy xalqlar, ularning diniy e’tiqodi, urf-odatlari, an’analari haqida ko’plab ma’lumotlar keltirilgan.
Shuningdek, Qoraxoniylar davlati tarixini o’rganishda Maxmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’otit-turk”5 asari katta ahamiyatga egadir. Mazkur asarda O’rta Osiyoda yashovchi turkiy qabilalar va ularning til xususiyatlari, dialektlari haqidagi fikr-muloxazalardan tashqari 78 ta qabila va xalq nomi hamda 82 ta shaxar va qishloq nomlari zikr etilgan. Bundan tashqari asarda keltirilgan so’z iboralarning sharhi va izohi yordamida shu davrning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti hamda davlat boshqaruviga doir ko’pgina ma’lumotlarni bilib olishimiz mumkin. Masalan, asarda keltirilgan “bug’ra”, “arslon”, “tonga”, “tavgach”, “tegin”, “yug’rush”, “tuzun”6 kabi unvon va mansab nomi bilan bog’liq atamalarni chuqurroq tahlil etib, ular boshqa manbalardagi ma’lumotlar bilan solishtirilsa, Qoraxoniylar davlat boshqaruviga oid bir qator masalalar yechimini topish imkonini beradi.
Mazkur davr tarixini o’rganishda turkiy xalqlarning tilshunosligi va etnografiyasiga oid tadqiqotlarning ham ilmiy ahamiyati beqiyosdir. Bu borada yuqorida nomi zikr etilgan B.B. Padlov va C.E. Malov, S.G. Klyashtorniy kabi olimlarning shuningdek K.M. Baypakovning7 tadqiqotlarida Qoraxoniylar davridagi shahar va qishloqlarning hayoti, ularda Buyuk Ipak yo’li asosida olib borilgan savdo-tijorat ishlarining rivoji hususida qimmatli ma’lumotlat keltirilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshrarida X.Vamberi, B. Dorn, V.V. Radlov, V.V. Bartold, O.K. Koraev, Ye.A. Davidovich, M.N. Fedorov hamda B.D. Kochnev8 kabi bir qator olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida ilmiylik asosida birmuncha kengroq o’rganish o’z aksini topgan. Jumladan, V.V. Bartoldning asarlarida qoraxoniylar sulolasi, davlatning tashkil topishi, uning siyosiy tarixi, davlat tarkibidagi qabilalarning etnik asosi, ularning kelib chiqishiga doir bir qancha fikrlar manbalar asosida keltirilgan.9
Qirg’izistonlik tarixchi olim O.K.Ko’raev ko’p yillar davomida Qoraxoniylar davlati tarixi yuzasidan tadqiqot ishlari olib borgan. Uning bu boradagi asosiy ishlari “Qoraxoniylar xoqonligi tarixi” nomli asrda o’z aksini topgan. Asarda Qoraxoniylar davlatining topishi, qoraxoniylarning Movarounnahrni egallashi, ichki va tashqi siyosati manbalar asosida chuqur tahlil etilgan. Shuningdek, asarda davlatning boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari, madaniy hayoti va boshqa masalalariga ham katta e’tibor berilgan.10
Mustakillik yillarida Vatanimiz tarixini xolis va yangicha yondoshgan holda o’rganish imkoniyati tug’ildi. Jumladan, qoraxoniylar davri tarixini yoritishda uni davlatchiligimiz taraqqiyotining o’zig axos bosqichi sifatida tadqiq etishga yo’l ochildi. Bunga K.Sh. Shoniyozov, G’.B. Boboyorov11 kabi tadqiqotchilarning asarlarini misol keltirish mumkin. Xususan, K.Sh. Shoniyozov o’z asarlarida Qoraxoniylar davlatining yuzaga kelishida qarluq qabilasining xissasi yuksak darajada bo’lganligini ta’kidlab, davlat tarkibidagi qabilalar, ularning kelib chiqishi, etnik tarkibi, davlat hayotidagi o’rni va kabilalarning o’zaro munosabatlari, ayniqsa, davlatini tashkil topgan sanasini 940-yil yoki X asrning so’nggi choragi, deb emas balki, bir asr ilgarigi davrni, ya’ni 840-yilni belgilashi juda e’tiborlidir.
Shuningdek dissertatsiya mavzusini o’ranish davomida yana bir qator xorij va milliy internet saytlarida keltirilgan manbalardan foydalanildi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling