Qoraxoniylar davlati diplomatiyasi va shaharlari” 70220301 – tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistri darajasini olish uchun magistrlik dissertatsiyasi
Download 0.63 Mb.
|
Akbarov U (MDI).
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi va uning mintaqadagi siyosiy jarayonlarda tutgan o’rni
Ish tuzilmasining tavsifi. Magistrlik dissertatsiyasi ishi kirish, uch bob, oltita paragraf, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Magistrlik dissertatsiyasi ishining hajmi 80 betni tashkil etadi.
I bob. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi. Boshqaruv tizimi va davlatchilik asoslari 1.1. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi va uning mintaqadagi siyosiy jarayonlarda tutgan o’rni Qoraxoniylar davlatining topishi arafasida Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan tarixiy va etnik vaziyat o’tgan asrlar davomida Markaziy Osiyo12 mintaqasining siyosiy xaritasida qayta-qayta o’zgarishlar bo’lishi, jamiyatdagi ichki ziddiyatlar, urush va talon-tarojlar natijasida bu yerdagi ba’zi davlatlar yo’qolib ketgan, ba’zilari esa gullab-yashnagan. Turk xoqonligi tashkil topishi bilan ushbu mintaqa yaxlit bir siyosiy va iqtisodiy hududga aylangan. Bu holat esa, undagi madaniy hayotning rivojlanishi uchun zamin yaratgan. VII asrning o’rtalarida Xitoyda xukmronlik qilgan Tan sulolasi (618-907) turklarga qarshi kurash boshlagan. Uzoq vaqtga cho’zilgan diplomatik va urush harakatlari natijasida Turk xoqonligini avvaliga ikki qismga bo’lib tashlashga, so’ng birin-ketin yo’qotishga muyassar bo’lgan13. VII asrning birinchi yarimida Tang sulolasi avvaliga Pomirga, so’ngra hozirgi Qirg’izistondagi To’qmoq (xitoy manbalarida Suyye) shahriga, Chochga (Toshkentga) harbiy yurish qilib, maxalliy aholini ko’p vayronagarchilikka uchratdi. Shu jarayonda Xitoy qo’shinlari Chochning hukmdorini asrga olib poytaxt Chan’anga (hozirgi Sian shahriga) yuborishadi. Ushbu hukmdor Xitoy poytaxtida ochiq maydonda qatl etiladi14. Ammo 751-yilda Talas (Taraz) daryosi bo’yida arablar bilan bo’lgan jangda xitoy qo’shinlari katta mag’lubiyatga uchrab, Markaziy Osiyodan chiqib ketishga majbur bo’ladi. Turk xoqonligi tugatilgandan keyingi ikki asr davomida Markaziy Osiyoda katta migratsion jarayon kuzatilgan. Ayniqsa, 744-yilda Mongoliya hududida tashkil topgan Uyg’ur xoqonligi 840-yilda yemirilgandan so’ng, bu jarayon jiddiy tus olgan15. Mazkur davlatning yo’qolishiga sabab bo’lgan voqealar shundan iborat bo’lganki, 830-yildan boshlab Uyg’ur xoqonligining ichki vaziyati yomonlashdi. Bir tomondan hokimiyat uchun kurash kuchaygan bo’lsa, ikkinchi tomondan mamlakat doirasida qurg’oqchilik yuz bergan, kasallik tarqalishi tufayli chorva qirilgan. Qish fasli kelganda qattiq sovuq bo’lgan. Natijada davlat iqtisodi qiyin ahvolga tushib qolgan. Shunday vaziyatda hokimiyatdan norozi bo’lgan bir guruh amaldorlar qirg’izlar bilan til biriktirib, saroyga hujum qilishgan va xoqonni o’ldirishgan. Natijada xoqonlik barbod bo’lib uyg’urlar har qayoqqa tarqala boshlagan16. Qoraxoniylar turkiy qavmlar ekanligi aniq bo’lsa-da, ularning kelib chiqishi haqida aniq ma’lumotlar yo’q. Ammo, ular o’z sulolalarini “Afrosiyob avlodi” deb ataganlari hamda Qoraxoniylar chig’illar yoki qarluqlar qavmiga mansubligi haqidagi nuqtai nazar o’rta asrlar davri tarixining ko’pchilik tadqiqotchilari tomonidagi e’tirof etiladi. X asr o’rtalarida Yettisuv va Qashqarda yashovchi Qarluq, chig’il va yag’mo qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Avvaldan asosan chorvachilik bilan shug’ullanganbu qabilalar endi o’troq hayotga o’ta bordi va dehqonchilik bilan shug’ullana boshladi. Shaharlar yuzaga keldi. Yana bu davrda Issiqko’l janubi va Qashqarda yashagan yag’molarning o’zlaridan shimolda yashayotgan chig’il qabilalari bilan yaqinlashuvi tezlashdi. Ular Yettisuvdagi Qarluqlarni uyushtirib, o’zlariga bo’ysundirdilar. Xitoy olimlarining yozishicha, qarluqlar aslida uyg’ur qabilalari ittifoqidagi “to’qqiz o’g’uz” deb nomlangan qabilalarning biri bo’lib, uyg’ur xoqonligi fuqorolarining asosiy qismini tashkil etgan edi. Xitoy manbalarida “to’kkiz o’g’uz” to’qqiz turklik yoki to’qqiz turk deb ham ataladi. Ular uyg’ur, buku, xun, bayirg’u, tungro, izgil, chibni, basmil, qarluq kabi 9 qabila ittifoqidan iborat bo’lgan17. 756-757-yillardan keyin qarluqlar kuchayib,Uyg’ur xoqonligi hokimiyatini qo’lga olishga harakat kilib, To’qmoq va Taraz shaharlarini o’z nazorati ostiga oldi. 789-yilda uyg’urlar tarkibidan ajrab chiqib, o’z hokimiyatini tashkil etdi. Qarluqlar uyg’urlar tarkibidan ajrab chiqib, Yettisuvga ko’chib borganidan keyin ular tashkil etgan yangi tez orada kuchaya boshlaydi Qarluqlarga kelib qo’shilgan uyg’urlar 15 ta qabila bo’lib, ular katta nufuzga ega bo’lgan va ularga Pantegin yetakchilik qilgan18. Shu joyda izohlab o’tish joizki, Uyg’ur xoqonligi qudratli bo’lib turgan davrda uning fuqaroligida bo’lgan qabilalar soni 30 dan iborat edi. Pantkin boshchiligidagi uygur qabilalarining g’arb tomonga, ya’ni Yettisuv viloyatiga ko’chib borishi qarluqlarning bu yerga ilgariroq kelib joylashib olishi bilan bog’liq bo’lgan19. IX asrning 40-yillarida g’arbga ko’chgan uyg’ur qabilalari kuchayib, qarluqlar hokimiyatini o’z qo’liga olgan. Shundan keyin Qarluq davlati yoki sulolasi degan nom yo’qolib, uning o’rnini Qoraxoniylar (Buyuk xonlar) sulolasi egallagan. Dasrlab Qoraxoniylar sulolasi va ularga tegishli qabilalar asosan Balxash ko’li atrofida istiqomat qilgan. Keyinchalik ular o’z ta’sir doirasini janub tomon kengaytirib, Amudaryo bo’ylarigacha yetkazgan. Shunda ular birinchi navbatda Somoniylar hokimyati bilan to’qnashgan. O’sha zamonda Qoraxoniylarning poytaxti Bishkek yonida joylashgan Bolasog’un shahri edi20. Hokimiyat taxtida o’tirgan hukmdor Arslonxo deb atalgan. Talas qal’asi bu xonlikning qo’shimcha poytaxti bo’lib, bu yerda xoqonning o’rinbosari, ya’ni Bug’roxon turardi. Shundan ma’lumki, Arslonxon eng oliy lavozim, Bug’roxon ikkinchi darajali lavozim nomlaridir21. X asrning ikkinchi yarmiga kelib ichki ziddiyatlarning kuchayishi va keskinlashuvi natijasida Somoniylar davlati kuchsizlana boshlaydi. Somoniylarga tobe bo’lgan viloyatlar, ayniqsa, Xurosonda ular hokimiyatiga qarshi ko’tarilgan isyonlar, toj-u taxt uchun uzluksiz olib borilgan kurashlar Somoniylar davlati inqirozini yaqinlashtirgan edi. Bunday vaziyatdan Yettisuv va Qoshg’arda yashovchi turkiy qabilalar unumli foydalandilar. Chunki, X asrning ikkinchi yarmiga kelib bu hududlardagi qarluq, chig’il, yag’mo kabi turkiy qabilalar o’zlarining kuchli davlatlarini tuzishga muvaffaq bo’lgan edilar. Shu davrda Isfijob (Sayram) hokimi Bilgakul o’zini xoqon deb atab, oliy hukmronlikka da’vo bilan chiqdi. Lekin Somoniylar Isfijobni zabt etishdi. Ismoil Somoniy Tarozni egallaganidan so’ng turkiy qabilalar G’arbiy Qoshg’ar yerlari tomonga chekinishga majbur bo’lishdi. Bilgakulning “qora” degan laqabi bo’lgan. Tarixchilar qoraxoniylarning nomi Bilgakulga nisbatan “qoraxon” deyilsa kerak, deb taxmin qiladilar. Bilgakulning avlodlari tomonidan bir necha marotaba Movarounnahrga hujumlar bo’lib turadi22. Yag’mo urug’idan chiqqan, o’z qavmi bilan islomni qabul qilgan Sotuq Abdul – Karim Qoraxon (Bug’raxon) 942-yili Bolasog’un hokimini mag’lub etib, o’zini xoqon deb atadi. Qoraxon davlati Yettisuv hududida Qarluq davlati o’rnida tashkil topdi. Bu davlatning vujudga kelishida chigillar, tuxsilar, arg’ular, yag’molar, turgashlar, qipchoqlar, yabaqular, qaylar, o’g’uzlar, qirg’izlar singari urug’-qabilalar muhim rol o’ynagan. Bu davlatga yuqorida qayd etilgan Sotuq Abdul – Karim Qoraxon asos solgan. Xoqon nomiga ko’ra Qoraxoniylar davlati deb nomlangan. U o’zini Afrosiyob (Alp Er To’nga) ning avlodi deb hisoblar edi. Qoraxoniylar Somoniylarga nisbatan davlat tuzilishi va boshqaruvining boshqacharoq shaklini joriy etishga harakat qildilar. Ularda hokimiyat Somoniylarda bo’lgani kabi to’g’ridan – to’g’ri otadan o’g’ilga emas, balki akadan ukaga, keyin sulolaning navbatdagi avlodiga o’tgan. Ayrim olimlarning fikricha, Qoraxoniylarning butun urug’i hokimiyatning jamoaviy sohibi bo’lib, sulolaning har bir a’zosi o’zining kelib chiqishiga ko’ra, umumsulola mulkining bir qismiga da’vo qila olardi. Bu mulkning asosiy qismi sulolaning uch ulug’ a’zosi – ulug’ xoqon, kichik xoqon va elekxonga tegishli hisoblanardi. Ularning har qanday avlodiga o’z hissasi ajratib berilar edi. Sotuq zamonida Qoraxoniylar davlati ikkiga bo’linib ketadi. Birining poytaxti Bolasog’un bo’lib, oliy hokimiyat yoshi katta bo’lgan xoqon tomonidan boshqarilgan. Ikkinchi davlatning poytaxti Taroz, keyinchalik Qashqar bo’lib, kichik xoqon tomonidan boshqarilgan. Viloyatlar mustaqil siyosat yuritishga intilganlar. Natijada XI asrning uchinchi choragida Qoraxoniylar davlati g’arbiy va sharqiy xoqonliklarga bo’linib ketdi. Qoraxoniylar davriga to’xtalib o’tsak, vaholanki, boshqaruv shakli jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, talablari, vazifalari mazmuni bilan chunonchi, asli Yettisuv viloyatida yuksalishni boshlagan qoraxoniylar, yuqorida taʼkidlanganidek, janub, g’arb yo’nalishlarida o’z xukmronlik doiralarini kengaytirib borganlar va buning natijasida Cherchen daryosidan Xorazmgacha bo’lgan hududni boshqara boshlaganlar. Siyosiy markaz sifatida esa yuksalishlari boshlangan o’z tarixiy makonlaridagi katta shaharlardan bo’lmish Bolosog’un va nisbatan undan uzoqda bo’lmagan Qoshg’arni tanlaganlar. Demak, asosiy siyosiy markaz shu hududda mujassamlashgan. Buxoro, Samarqand, Chag’oniyon, Farg’ona va boshqalar tabiiy ravishda yangi siyosiy markazga nisbatan viloyat (mulk) o’rnida bo’lgan. Garchi ko’p jihatlardan Samarqand va Buxoro taraqqiyotda Bolosog’un va Qoshqardan ancha yuqori bo’lsa-da, ammo xuddi shu davrdagi siyosiy vaziyatga ko’ra, boshqaruv markazi mintaqaning Yettisuv, Sharqiy Turkiston qismiga ko’chib qolgandi. Ana shu “tabiiy” sabablarga ko’ra, anʼanaviy ravishda qadimdan markaz rolini o’tab kelgan Buxoro va Samarqand endigi siyosiy mavqeyiga ko’ra viloyat (mulk) darajasiga tushib qolishlariga to’g’ri kelgan. Shu bilan birga ularning iqtisodiy, madaniy va ayniqsa, siyosiy imkonlari shu qadar yuqori bo’lganki, ko’rib chiqilganidek, Samarqand, Buxorodagi siyosiy o’zgarishlar qoraxoniylar sulolasi mavqeida katta ahamiyat kasb etgan. Ikkinchi tomondan, Somoniylar davrida ham bir qancha viloyatlar (masalan, Xorazm, Seyiston, G’azna, Chag’oniyon va boshqalar) markazdan farqli o’laroq mustaqil siyosat yurgizishga harakat qilganlari ham maʼlum. Demak, somoniylar davridan keyingi siyosiygeografik o’zgarishlarga sabab bo’lgan qoraxoniylar xukmronlik va boshqaruv tizimida shu o’zgarishlarga yarasha baʼzi yangiliklar bo’lishi tabiiy edi. Ulug’ xoqon yoki ulug’ xon “xoqon ul-xoqon” degan nomda yuritilib, arab manbalarida mazkur unvon “sulton ussalotin”, fors manbalaridagi «shahanshoh»ga mos keladi. Qoraxoniylarga qarashli yerlar tamg’achxon tomonidan uning o’g’illari, qarindoshlari o’rtasida taqsimlangan edi. Shu bois yer-mulk masalasida ota-o’g’il, amaki va jiyanlar o’rtasida doimiy nizolar yuz berib, u siyosiy ahvolga salbiy ta’sir ko’rsatib turgan. Qoraxoniylarning Movarounnahrga to’liq hukmronligi X asrning 40-yillarida qaror topdi. Sotuq Bug’roxon hukmronligi davrida Qoraxoniylar sulolasi islomni qabul qilgan. Butun Tyan-Shan va Yettisuvni egallab bo’lgandan so’ng, qoraxoniylar Somoniylar davlati tarkibida bo’lgan Movarounnahrga ham harbiy yurishlar uyushtira-dilar. Ular tez orada Farg’ona va Isfijobni bosib olishga erishadilar. Ular somoniylarga tegishli bo’lgan mulklarning kattagina qismini, xususan, Samarqand va Buxoroni ham egallaydi23. 942-yil Sotuk Bug’rxon Bolasog’unni bosib olgach, o’zini xoqon deb e’lon qildi. Qoraxoniylar davlatiga yag’mo va chigil qabilalar ham birlashdilar. Sotuk Bug’rxon vaqtidayoq davlat ikki qismga bo’linib ketgan bo’lib, birining poytaxti Bolas’ogun, ikkinchisining markazi dastlab Taroz, keyinchalik Qoshg’ar bo’lgan va ularni xoqonlar yoshlariga asosan boshqarganlar. Qoraxoniylar davlati kuchayib bordi va ayni vaqtda inqirozga uchray boshlagan somoniylarga qarshi xarbiy yurishlar uyushitirib, 996-yilda uni mag’lubiyatga uchratdi. 1001-yilda Sulton Maxmud G’aznaviy qoraxoniylar xoni Nasr bilan shartnoma tuzib, Amudaryoni Qoraxoniylar va G’aznaviylar o’rtasidagi chegara etib belgiladi. Shu tariqa Qoraxoniylar davlati hududlari Qoshg’ardan Amudaryogacha cho’zilgan Sharqiy Turkistonning bir qismini, Yettisuv, Shosh, Farg’ona kabi viloyatlar bilan chegaralandi24. XI asr o’rtalarida tamg’achxon unvonini olgan qoraxoniy Ibrohim ibn Nasr g’arbiy Qoraxoniylar davlati poytaxtini O’zgandan Samarqandga ko’chirdi. 1068-yildan boshlab Ibrohim ibn Nasr o’g’illari o’rtasida taxt uchun kurashlar boshlanib ketdi va unda Shamsulmulk Abulxasan Nasr ibn Ibrohim (1068-1080) g’alabaga erishdi25. 1080-yilda Shamsulmulk vafot etgach, hokimyat uchun kurash avj oldi va bundan foydalangan saljuqiy Malikshoh 1089-yilda Movarounnaxrga bostirib kirdi. Buxoro va Samarqand bosib olingach, xon Axmad asir olindi. Malikshoh Axmad bilan sulx tuzib, uni taxtida qoldirdi, biroq Axmadning saljuqiylarga itoatkorligi uchun 1095-yilda o’ldirishdi. 1102-yilda Qoraxoniylar taxtiga Arslonxon o’tirdi (1102-1130) va saljuqiylardan yarim mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Arslonxon nisbatan norozilik oshgach, u hokimyatni o’g’li Nasrga topshirdi, biroq Nasr fitnachilar tomonidan o’ldirildi. Arslonxon Marvdan Sulton Sanjarni yordamga chaqirdi va bu imkoniyatdan foydalangan Sanjar 1130-yilda Samarqandni bosib oldi. XII asr boshlarida Bolasog’unni egallagan qoraxitoylar Movarounnaxr ichki hududlariga xujum qilib kelib, 1138-yilda Xo’jandni, 1141-yilda Katvon cho’lida Sulton Sanjar va Samarqand hukmdori Maxmudning qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratib, Samarqand va Buxoroni egalladilar. So’nggi qoraxoniylar qoraxitoylardan ozod bo’lgan bo’lsada, 1212-yilda ularning oxirgi xukmdori Usmon Muxammad Xorazmshoh tomonidan o’ldirildi va davlat Xorazmga qo’shib olindi. Qoraxoniylar davlat boshlig’i lavozimi merosiy xisoblanib, ma’muriy idoralar ikkiga-dargoh va devonga bo’lingan. Ulug’ hojib lavozimidagi amaldor xoqon va fuqaro o’rtasidagi qushi (xarbiy lageri) xonto’y deb atalgach, bu yerda xar doim to’qqizta bayroq hilpirab turgan. Elchilar yalavoch yoki yalafar deb atalgan, davlat el va viloyat hududlariga bo’lingan26. Shunday qilib Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi mintaqadigi siyosiy va etnik jarayonlarga katta ta’sir ko’rsatdi. Tarqoq turkiy qabilalar yagona hokimyat ostida birlashdi va buning natijasida katta hududni o’z hokimyati ostida birlashtirrgan yangi davlat barpo etildi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling