Qoraxoniylar davlati diplomatiyasi va shaharlari” 70220301 – tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistri darajasini olish uchun magistrlik dissertatsiyasi
Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi va uning davlatchilik asoslari
Download 0.63 Mb.
|
Akbarov U (MDI).
1.2. Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi va uning davlatchilik asoslari
Qoraxoniylar davlat boshqaruv tizimi o’ziga xos tarixiy bosqichlarga ega bo’lib, uning dastlabki davrida boshqaruv tizimi oddiy ko’rinishga ega bo’lgan bo’lsa, keyingi rivojlangan davrida esa bu tizim murakkablashib, takomillashgan. Ushbu davlat qarluq qabilalar ittifoqi negizida tashqil topgan dastlabki (766-yil) davrda davlat boshlig’i “jabg’u” unvoni bilan nomlanib, uning vakolat doirasi u qadar keng bo’lmagan. Aniqrog’i, jabg’u qabilalar ittifoqi tarkibidagi har bir qabila sardorining hoxish-irodasi bilan hisoblashishi shart edi. Qabila sardorlari esa, birinchi navbatda, o’z qabilasining manfaatlarini himoya qilgan. Bunday vaziyatda davlat hukmdori bo’lgan jabg’u ittifoq tarkibidagi barcha qabilalarning o’zaro nizolariga yo’l qo’ymasdan, ularni bahamjixatlikda yashashiga harakatqilgan. Qoraxoniylar davlati hukmdorlari IX-X asrlar davomida o’z tarkibiga juda ko’p turkiy qabilalarni uyushtirib borgan, shu bilan birgaturg’un aholi yashaydigan juda katta hududlar hisobiga o’z hukmronlik doirasini kengaytirgan. Endi bu ulkan davlatni boshqarish uchun avvalgi urug’-qabilaviy udumlar, qonun-qoidalarni isloh qilishga to’g’ri kelgan. Davlat tarkibidagi ko’chmanchi va o’troq aholini uyushtirgan xolda boshqarish uchun birmuncha mukammallashgan boshqaruv tizimiga o’tish davr talabi bo’lib qolgan. Buning uchun qoraxoniylar o’zlaridan oldin o’tgan turkiydavlatlarning davlatchilik tajribasidan unumli foydalanish bilan birga o’zlariga xos bo’lgan yangilangan boshqaruv uslubini ham yaratishdi. Qoraxonilar ulkan davlatga aylangach, davlat boshlig’i endi “jabg’u” emas, balki “buyuk xon”, ya’ni “qoraxon” unvoni bilan nomlanib, u oily hukmdor sifatida davlatni dargoh va devon vositasida idora etgan. Dargoh va devon markaziy davlat boshqarmasining ikki bo’limi sifatida faoliyatyuritgan. Dargoh bevosita xoqon qarorgohi hisoblansa, devon u tomonidan chiqarilgan farmon va ko’rsatmalarni mamlakat uzra ijrosini ta’minlagan. Davlat boshqaruvida juda ko’p nufuzli mansab egalari ish olib borishgan. Ular ichida yuksak darajaga ega bo’lgan mansabdor - “yug’rush” bo’lib, u vazirlik darajasidagi kishi hisoblangan.27 Yug’rush xoqonga eng yaqin kishilardan bo’lib, davlat boshqaruvida hukmdordan keyingi o’rinda turgan. Vazir lavozimi odatda yug’urish, yobg’u, to’ksin, hojib kabi darajalarga bo’lingan. Vazirlardan keyin turadigan organ o’rda mahkamasi deb nomlangan. Unga qabul qilganlar maslahatchilardan iborat bo’lgan. Barcha vazirlarga yetakchilik qilish va ular ustidan nazorat o’rnatish yug’urush deb atalgan vazir zimmasiga yuklangan. Shuning uchun uni vazirlar vaziri deb aytish mumkin. Yug’urushning mavqei xoqondan keyin birinchi o’rinda turgan. Qoraxonilar saroyida yug’urish deb nomlangan bosh vazirdan keyingi o’rinda hojib lavozimini egallagan vazir turgan. Qadimiy turklarda u tayong’u deb atalgan. Xojubning asosiy vazifasi doirasiga xon bilan amaldorlar va ular bilan fuqarolar o’rtasidagi munosabatlardan voqif bo’lib turish, yuzaga kelgan muammoarni yechishga harakat qilshi, shikoyat yoki ariza qilguchilarni qabul qilsh va ularning shikoyat yoki arizalarini tinglash, shu asosda odilona hukm chiqarish, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, kerak bo’lganda shikoyat va arz qiluvchilarni xoqon oldiga olib kirish, chet ellardan kelgan elchilarni kutib olish va kuzatish, ulardan sovg’a-salom qabl qilish va sovg’a-salomlar topshirish, kelgan elchilarga ziyofat berish kabi mas’uliyatlar kirgan.28 Xoqondan keyin uchinchi o’rinda turadigan lavozim yabg’u deb nomlangan. U unvon tariqasida ham qo’llangan bo’lib, turkiy qavmlarning boshliqlariga berilgan.29 Vazirlarni tayinlash xoqonning ixtyorida bo’lgan. Xoqon tomonidan lavozimga tayinlangan odamga in’om etilgan mansabga binoan tug’ (bayroq), nog’ora, sovut, to’n, minish uchun ot va vazirlik tamg’asi taqdim etilgan To’ksin deb nomlangan lavozimni egallagan kishi xondan keyin to’rtinchi o’rinda turgan hamda amaldor va fuqarolar oilalari orasidan qobiliyatli yoshlarni tanlash, ularni tarbiyalash va o’qitish, ishga tayinlash kabi masalalar, ya’ni ma’rifat va ma’naviyat ishlari bilan shug’ullangan.30 Hoji Nurhojining xulosasiga ko’ra, bosh vazir (yug’urish), hojib va to’ksin lavozimlarini egallagan kishilar amalda o’sha davrdagi davlat ishlarini boshqaruvchi xukumat yoki eng oliy organni tashkil etgan.31 Ularning ixtiyorida 4 ta devon mahkamasi bo’lgan. Bular ”to’g’ro devoni”, “og’achi” (“ag’ichi”), “qabug’ il boshi” (eshik ag’a) va “amri jondor” deb atalgan. “To’g’ro devoni” ichki va tashqi kotibiyat ishlarini, ya’ni farmon, yorliq, maktub va barcha boshqa hujjatlarni tuzishsh bilan shug’ullangan. Shu bois u kotibiyat devoni deb ham atalgan. “Og’achi” devoni o’rdada xazina ishlari bilan shug’ullangan. Uning tarkibida kirim-chiqimlarni, soliklardan keladigan daromadlarni hisoblab turadigan hisobchilar, yozuv ishlari bilan shugullanadigan kotiblar mavjud bo’lgan. Davlat iqtisodiy ahvolini tahlil qilish va uni yaxshilash uchun tavsiyalar berish ham shu devon vazifasi doirasiga kirgan. Bundan tashkari, xoqon saroyida “ulug’ hojib” lavozimidagi kishi ham bo’lib, uning vazifasi el-yurt va viloyatlar bilan xoqon saroyi xoqonning eng katta maslahatchisi hisoblanishgan. Xoqonlikda yana bir katta lavozim bu - “kapug’boshi” bo’lgan. Maxmud Koshg’ariy “kapug’” atamasini “eshik” ma’nosida kelishini aytib o’tgan.32 Demak, kapug’boshi bizning tushunchamizdagi “eshik og’asi” degan ma’noni anglatib, uning vazifasi dargohdagi barcha ichki ishlarni olib bopish bo’lgan. Ushbu devon vazifasi o’rdada ishlash uchun hodim tanlash, ularni ishlatish, lavozimlarini belgilash, xizmatdan bo’shatish, o’rdaning xavfsizligini ta’minlash kabi majburiyatlardan iborat bo’lgan.33 Xoqonning (o’rdaning) oziq-ovqati muammolarini yechish, qurol-yaroq ishlab chiqarish, xarbiy lavozimlarga odam tanlash va ular ustidan nazorat qilish ishlari ham mazkur devonga yuklangan. “Jandor” devoni o’rdani muxofaza qilish ishlari bilan shug’ullangan. Uning boshlig’i odatda “amri jondor” deb nomlangan. Ko’rsatilgan 4 devondan tashqari “salohdor” deb nomlangan amaldor va uning mahkamasi bo’lgan. Uning vazifasiga qurol-yaroqlarni saqlash, asrash, xoqon safarda bo’lganida, uning tug’ini ko’tarib yurish kabi ishlar kirgan.34 Islom dini Qoraxoniylarning rasmiy diniga aylanganidan so’ng “imom mavrat” deb nomlangan devon tashkil etilgan. Xalq orasida u jazo mahkamasi deb ham atalgan. Ushbu devonning boshlig’i “qozikalon” yoki “qoziquzzat” deb atalgan. Uning yordamchilari sifatida “mufti” (shariat hukmini chiqaruvchi), “qozi so’rokchi” (tergov ishlari bilan shug’ullanuvchi), “qozi rais” (chiqarilgan hukmni ijro etuvchi) kabi diniy amaldorlar tayinlangan va ularning mahkamasi tashkil etilgan. Ularda xizmat qilishga qozilar va olimlar jalb etilgan. Shahar doirasidagi arizalarni ko’rish shahar qozisiga topshirilgan. Ushbu lavozimga, ya’ni bir shaharga adliya boshlig’i vazifasiga odam tayinlashda maxalliy aholining vakili emas, balki boshqa shahar yoki viloyat vakillaridan odam tanlangan. Masalan, Tabg’ach Bug’roxon Abu Ali zamonasida Buxoroda tug’ilgan va yashagan Shayx Imom Abubakri Muhammad binni Abdusamad binni Ismoil al-Buxoriy ismli bir kishi Yorkent qozisi etib tayinlangan. Poytaxtda va boshqa yirik shaharlarda “qozi adliya” mahkamalari tashkil etilgan Mahkama fuqarolarni amaldorlar tomonidan zulm ostiga olishdan himoya qilish ishlari bilan shug’ullangan. Hoji Nurhojining yozishicha, ushbu adliyaning faoliyatiga Qoraxoniylar sulolasi katta e’tibor bergan, zero davlatni idora qilishda amaldorlar o’z mansabini suiiste’mol qilib, xalqqa zulm o’tkazishning va jamiyatda ijtimoiy keskinlikning yuzaga kelishida muhim ahamiyat kasb etgan. Manbalarning guvohlik berishicha, G’arbiy Qoraxoniylar xoqonligining hukmdori Tabg’ach Bug’roxon Ibrohim binni Nosir davrida Samarqand va uning atrofidagi joylarning badilya boshlig’i qilib, Ismail tayinlangan. Ana u zot davrida ko’p odilona ishlar qilingan. Somoniylar xonligi bo’ysundirilgandan keyin, Qoraxoniylar xoqonligining hududi misilsiz kengaygan edi. Xonlik bunyod bo’lgan Markaziy Osiyo yaylovlarini hisobga olmaganda, Turkistoning bir qator Suyob, Bolosog’un, Talas, Choch (hozirgi Toshkent shahri), Farg’ona, Samarqand, Buxoro kabi mashxur qal’alarining hammasi qoraxoniylar hukmronligi ostiga o’tgan. Pomip tog’larining sharqidagi, Torim voxasining g’arbiy va janubiy bo’ylaridagi Qashqar, Kuchar, Oqsuv, Yorkent viloyatlarini o’ziga tobe qilgan edi. Keyingi yillarda diniy urush bayrog’i ostida uzoq muddatli janglar orqali Xo’tan viloyati hududini egallab, o’zining ta’sir doirasini Dungxuang (Dashtota)gacha kengaytirgan edi. Qoraxonilar xoqonligi ana shu keng hududda o’zining markaziy va joylardagi hukmronlik apparatlarini tiklagan. Uning markaziy apparatidagi amaldorlar besh darajaga bo’lingan. Birinchi darajada turadigani Arslon edi. Bu mansabga ega bo’lgan shaxs oliy hukmdor hisoblangan. Undan keyingi o’rinda turgani Bug’roxon bo’lib, u xoqonning o’rinbosari edi. Sotuk Bug’roxon hokimiyati davrida oliy hukmdor mansabining nomi o’zgargan. U oliy hukmronlik huquqini Bug’roxon degan nom bilan amalga oshirgan.35 Ikkinchi o’rinda turadiganlar bir qator faxriy unvonlarga ega bo’lgan. Bu unvonlar faqat xoqon jamoatidagilarga berilgan bo’lib, ular siyosiy va iqtisodiy imtiyozlarning ramzi edi. Movarounnahr hududi bo’ysundirilganidan keyin, eloqxon unvoni joriy etilib, buo’ziga xos bir hil egadorchilik tuzumi bo’lib qoldi.36 Uchinchi o’rinda turganlar muayyan majburiyatlarni o’taydiganlarning mansablari bo’lib, ularga ham xoqon jamoatining a’zolari tayinlanar edi.37 Ko’rinib turibdiki, Qoraxoniylar xoqonligining hukmronlik tabaqasida ham, Uyg’ur xoqonligi davridagidek, xoqon jamoatidagilar asosiy o’rinni egallaganlar va xoqonlikning hukmronlik negizini hosil qilganlar. To’rtinchi va beshinchi o’rinda turgan mansablarga xoqon jamoatiga yot kishilar tayinlangan. Buxoro, Samarqand, Farg’ona, Qashqar, Yorkent, Xo’tan kabi joylarning mustahkam qo’rg’onlariga azaldan muhim xarbiy istehkomlar sifatida qaralgan. Ularning ta’minoti atrofdagi qishloqlarning rivojlanishiga bevosita bog’lik bo’lgan. Shu bois bu shaharlar hukmdorlari atrofdagi dehqonchilik va chorvachilikka moslashgan joylarning ma’muriy ishlariga katta e’tibor berishgan. Davlat xodimlarini xalqqa zulm o’tkazishining oldini olish ishlariga katta e’tibor berilgan, qonunlarning ijrosini to’g’ri amalga oshirish, qozilarning odilona ish tutishini ishlab chiqaruvchi va savdogarlarning javobgarligini oshirish masalalari qattiq nazorat qilingan. Qoraxoniylar davlati maxalliy hokimiyat boshqaruvga bo’lingan holda boshqarilgan. Ular el-yurt, viloyat, shagar va tuman hamda qishloq boshqaruvidan iborat bo’lib, el-yurtni eloqxon, viloyatni tegin, shahar va tumanlarni hokim, rais va muxtasib boshqarganlar. Qishloq boshqaruvi esa “tuzun” nomli oqsoqol qo’lida bo’lgan. Uning “chuban” nomi bilan yuritilgan yordamchisi bo’lgan. Qoraxoniylar xoqonligining qurolli kuchlari masalasi tarixiy adabiyotlarda yoritilmagan masalalardan biri hisoblanadi. Xitoy manbalarida ham bu haqida ma’lumot ko’p keltirilmaydi. Avvalo aytib o’tish joizki, qoraxoniylar davri haqida eng katta ma’lumot beruvchi manbalar Maxmud Koshg’ariyning “Devoni lugatit turk” va Yusuf Xos Hojibning “Kutadg’u bilik” asarlari hisoblanadi. Shu bilan birga qo’shimcha adabiyot sifatida Hoji Nurhojining “Qadimgi uyg’urlar va qoraxoniylar”, 1943 yilda Istanbulda nashr etilgan va Qavmaddin Bo’dislon qalamiga mansub bo’lgan “Iroqda Xuroson saljuqlarining tarixi” va turk tilida chop etilgan Pritsavning “Qoraxoniylar”38 kabi kitoblaridan foydalanish mumkin. Hoji Nurhoji asarida yozilishicha, Qoraxoniylar sulolasi armiyani kuchaytirish, unga raxbarlik va qilish urush tarixini va qonuniyatlarini o’rganish masalasiga qattiq e’tibor bergan. Shu bilan birga harbiy qo’shinlarga raxbarlik qiluvchilarga qo’yilgan talablarishlab chiqilgan. Mazkur talablarga ko’ra, qo’mondonlar o’zlari qattiq intizomlik, dovyuraklik, kuchlik, qobiliyatlik, qurollarni yaxshi bilishdan tashqari o’qimishlik va harbiy bilimning ustasi bo’lmog’i lozim bo’lgan. Yusuf xos-Hojibning so’zi bilan aytganda, bir harbiy qo’mondon uchun chaqqonlik, jasoratli, tajribali, farosatli, gapida turishli, yurakli bo’lish kifoya qilmaydi, u dushmanning ahvolini o’rganishi va yaxshi bilishi, siyosiy va harbiy vaziyatdan tla xabardor bo’lishi, qo’l ostidagi qo’shinni oqilona ishlata bilishi, qo’shinlarni joylatirishda yaxshi joy tanlashni bilishi, ularga mehribon bo’lishi lozim bo’lgan. Qo’mondonlardan lashkarlarni o’ziga ishontira bilish, buning uchun yaxshi muomalali, yumshoq ko’ngilli bo’lish, urishda jasorat ko’rsatish, zarur bo’lganda hiyla ishlata bilishi, o’zining oilasi va bolalari manfaatlarini ko’zlab davlat manfaatini va qo’l ostidagi odamlarni sotmaslik kabi fazilatlar talab etilgan. Bu borada “Kutadg’u bilik”da “qo’mondon mol mulk orqasida yurmasligi, pul yig’masligi lozim. Shunda u o’z atrofiga mard yigitlarni to’play oladi, ular esa urushda aziz jonlarini fido qiladi. Qo’mondon mag’rur bo’lsa, dushman oldida mag’lub bo’ladi” deb yozilgan.39 Qoraxoniylar xoqonligida mavjud bo’lgan odatga ko’ra, Xoqonning o’zi yoki uning o’g’li bosh qo’mondon lavozimiga tayinlangan. Armiya “suv”, bosh qo’mondon esa “suv boshi” deb nomlangan. Xar bir 4 ming kishi “bir qo’shin”, 12 ming kishi “cho’ng qo’shin” (katta qo’shin) deb atalgan.40 Bosh qo’mondon o’zi uchun turar joy, ya’ni “o’rdagoh” tanlashda qo’shinlarni olib kelish va tarqatish uchun qulay joy tanlay olishi muhim vazifa deb qaralgan. Urush davrida armiyaning soni ko’paytirilgan, urush tugagandan so’ng qo’shimcha safarbar qilingan askarlar uyiga qaytarilgan Muntazam armiya qal’alarni himoya qiluvchi, xoqonni himoya qiluvchi (yirtig’), dushmanga kechasi zarba beruvchi (akinchi), dushmanning ichki ahvolini kuzatuvchi (yizak) va ma’lumot olish maqsadida dushman odamlarini tutib keluvchi (tutqoq), kechasi soqchilik qiluvchi (yotqoq), kunduzi soqchilik qiluvchi (turg’oq) kabi qismlardan iborat bo’lgan.41 Qoraxoniylarning harbiy qismlarida o’nlik tizimi joriy etilgan. Chunonchi ular ichidagi eng kichik birlik “o’tak” deb atalgan bo’lib, u 10 kishidan iborat bo’lgan va bir chodirga joylashtirilgan, bu qismning boshlig’i esa “o’tokboshi” deb nomlangan. Bir necha o’toqga rahbarlik qilgan kishi “xoyil boshi” deb atalgan. Ko’p xollarda 10 o’toq bir qisimi tashkil qilgan bo’lib, uning tarkibidagi askarlar soni 80 kishidan kam 100 kishidan ko’p bo’lmasligi belgilangan. Bunday qismga yetakchilikqilgan amaldor “o’n o’toq bosh” deb nomlangan bo’lib, uning qaramog’ida “yuzboshi”, “yuzlar amir boshi” unvonlarida xizmat qiluvchilar bo’lgan.42 Urushda qahramonlik ko’rsatga yoki katta g’alabaga erishgan Qoraxoniylar xoqonlariga “bug’roxon”, “bug’ra-qoraxon” yoki ‘tunga-xon”, Qoraxoniylar sulolasi hokimiyatini kuchaytirishda xizmat ko’rsatgan yoki tashqi siyosatda, iqtisodiy va madaniy ishlarda faol va g’alabali harakat qilgan xoqonlarga esa “qodir-xon” unvonlari berilgan. Jangda jasorat ko’rsatganlarga “qilich-xon” yoki “so’kman” (dushman safini yorib o’tish ma’nosini bildiradi), “tungo-tekin”, “alip-tekin”, “yorg’on-tekin” unvonlari berilgan. Davlat ishshlarida xizmat ko’rsatgan shaxslar “kul-bilgaxon”, xon o’rdasida xizmat ko’rsatganlar esa “bosh hojib” unvonlari bilan mukofotlangan. Barcha amaldorlar, jumladan harbiy amaldorlar o’z mansablari uchun belgilangan kiyim kiyishlari, maktub yo’llashda tuzilgan matnga o’zlarining tamg’alarini bosish shart edi. Tamg’alarda esa egasining ismi, mansabi yozilgan va ular xoqon tomonidan taqdim etilgan. Barcha harbiy amaldorlarning maoshi boshqa amaldorlar singari ma’lum Askarlikka odam olishda diniy e’tiqod masalasiga e’tibor berilgan va ularning barcha harakatlari shariat talablariga binoan baxolangan. Askarlikka odam olish majburiy va tanlov asosida amalga oshirilgan, ammo harbiy xizmatga jalb etilganlarga oyma-oy maosh to’langan. Hoji Nurhojining yozishicha, shu davrdagi saljuqiylarda o’rda askarlariga to’rt oyda bir marta oylik to’langan edi. Oyma-oy maosh to’lash Qoraxoniylar qo’shinlarining jangovorlik ruhini mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Qoraxoniylar sulolasining harbiy qismlarida sir saqlash, dushman dushman ayg’oqchilarini pinhoniy kirib kelishining oldini olish, dushman hududida o’z odamlarini tanib olish, urushga tayyorgarlik ko’riliyotganda o’z odamlarini tanimay qolmaslik uchun “parol” masalasiga katta e’tibor berilgan va bu ham ma’lum darajada qurol deb tanilgan. “Parol” so’zi esa “im”43 deb nomlangan. Im tez-tez o’zgarib turgan va u nihoyatda maxfiy saqlangan. Yuqorida keltirilganlar asosida xulosa qilib aytish mumkinki, Qoraxoniylar xoqonligining harbiy kuchi yollash (nayom) asosida shakllantirilgan.Shu bilan birga ularda asrlar davomida turkiy xalqlarda mavjud bo’lgan an’analar saqlanib qolgan. Jangchilarni vatanparvarlik mol-dunyoga berilmaslik, sotqinlikka moyil bo’lmaslik ruxida tarbiyalashga qattiq e’tibor berilgan. Xoqon bosh qo’mondon hisoblangan. Davlatning muntazam armiyasidan tashqari, xoqon avlodlari, hokimlar, yirik amaldorlar va qabilalar boshliqlari ixtiyorida ham himoya bilan shug’ullanuvchi harbiy qismlar bo’lgan. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling