Qoraxoniylar davlati diplomatiyasi va shaharlari” 70220301 – tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistri darajasini olish uchun magistrlik dissertatsiyasi
Download 0.63 Mb.
|
Akbarov U (MDI).
I bob bo’yicha xulosa
Qoraxoniylar davlatining yuzaga kelishi tarixiy zaruriyat bo’lib, uning o’ziga hos siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy zamini bo’lgan. Chunki, O’rta Osiyoning Oltoy janubiy yonbag’ridan boshlanadigan sharqiy qismida, Markaziy Tyanshan etaklarida, Chu, Ila, Norin,Talos daryolari vodiylari bo’ylab to Pomirgacha bo’lgan hududlarda qadimdan turkiy tilda so’zlashuvchi qabilalar yashagan. Mazkur qabilalar VI asrning ikkinchi yarmidan to VIII asrning boshlarigacha Turkiy xoqonligi tasarrufida bo’lib kelgan. Turkiy xoqonligi tashqi dushmanlar bilan tiimsiz olib borilgan urushlar va o’zaro ichki qabilaviy nizolar natijasida zaiflashib, parchalanib ketgach, bu hududlarda Turkash davlati tashkil topdi. Lekin Turkash davlati katta va kuchli davlatga aylanishga ulgurmasdan, o’zaro ichki va tashqi urushlar natijasida qisqa faoliyatidan so’ng o’z o’rnini qarluq qabilasiga bo’shatib beradi. Qoraxoniylar davlati vujudga kelgan dastlabki vaqtda, uning etnik asosi va aholisining tarkibini Yettisuv, Isfijob, Shosh, Sharqiy Turkistonning gʻarbiy qismi, Fargʻonaning shimoliy-sharqiy hududlarida yashovchi qarluq, chigil, xalach, toʻxsi va argʻun kabi koʻplab qabilalar tashkil etgan. Qoraxoniylar keyinchalik Movarounnahr uzra oʻz hukmronligini oʻrnatgach, oʻlkalarda qadimdan yashab kelayotgan oʻtroq va koʻchmanchi aholini, mazkur yagona davlatning umumiy chegaralarida oʻzaro bir-biriga yaqinlashish va aralashib borish jarayoni tezlashdi. Ularning iqtisodiy, madaniy hayoti, bir-biri bilan aloqadorlikda rivojlana bordi. Tub yerli aholi taʼsirida yarim koʻchmanchi va yarim oʻtroqlikda yashab kelgan etnik guruhlar oʻtroqlashib dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanadilar Dissertatsiyaning ushbu qismida yana davlat boshqaruviga oid qabila totemlari bilan bog’liq yoki nufuz va darajani anglatuvchi xoqon nomlarida faxriy unvon sifatida qo’llangan bir qancha atamalarning ma’no-mazmuni etimologik jihatdan yangicha tusda talqin etildi. Umuman olganda, Qoraxoniylar davlati xoqonlari nomlarida ulug’lovchi unvon sifatida aks etgan faxriy unvonlarning har biri o’z ma’nosi, moxiyati va ahamiyatiga ega bo’lgan. Bu shu unvon sohibi bo’lgan xoqonning nafaqat obro’-e’tiborini anglatgan, balki mazkur unvonlarning tub zamini, asosi, turkiy davlatchilik tarixi bilan bevosita borg’liq bo’lib, shu davlatning ijtimoiy-mafkuraviy hayotini ham o’zida aks ettirgan. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling