Qoraxoniylar davlati


Download 25.11 Kb.
bet4/4
Sana02.01.2022
Hajmi25.11 Kb.
#197457
1   2   3   4
Bog'liq
7-mavzu. Qoraxoniylar davrida musiqiy-madaniy hayot (XI-XIII asrlar) (1)

IBN ZAYLA, Abu Mansur Husayn bin Muhammad bin Tohir bin Umar Zayla (? — 1048) — qomusiy olim, musiqashunos. Zahiriddin Bayhaqiyning ma’lumoticha, isfahonlik. Ibn Sinoning yaqin shogirdi va safdoshi. O‘z davrida turli (tibbiyot, tabiiy va aniq) fanlar bilimdoni (ko‘p asarlari ma’lum) bo‘lganligidan hakim (donishmand) deb yuritilgan. Lekin qisqa umri davomida fanning turli sohalarida puxta asarlar yaratib, o‘z davrining yetuk olimlaridan hisoblanganligi uchun zamondoshlari unga al-Hakim (Donishmand) deb laqab berganlar «Kitob al-kafi fil musiqa» («Musiqaga oid to‘liq kitob») asari mashhur bo‘lib, uning 2 qo‘lyozmasi bizgacha yetib kelgan (London, Britaniya muzeyi kutubxonasi hamda Hindiston, Rampur sh. dagi Rido kutubxonasida saklanmoqda; arab musiqashunosi Zakariya Yusuf bu kitobni 1964 y. Qohirada nashr ettirdi). Unda Movarounnahr va Huroson xalqlari musiqa madaniyatiga oid ma’lumotlar mavjud. Jumladan, o‘sha davrda keng tarqalgan musiqa janrlari, kuy va qo‘shiklar, musiqa cholg‘ulari haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, ta’lif (kompozitsiya), iyqo (usul-ritm), vazn va ohang muammolari yoritilgan. Ibn Zayla ijodi Ibn Sinoning musiqaviy qarashlarining katta ta’siri ostida shakllangan.




Download 25.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling