Qorayev To’lqin Xoljigitovich “Pedagogikaning metodologiya asoslari” mavzusidagi


Download 1.23 Mb.
Sana22.09.2020
Hajmi1.23 Mb.
#130887
Bog'liq
Bekmuradov Bektosh


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

Qorayev To’lqin Xoljigitovich

Pedagogikaning metodologiya asoslari

mavzusidagi

 

MALAKA ISHI

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich

"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan"



Mavzu:Pedagogikaning metadologiya asoslari

 

REJA:

 
  • Kirish.
  • Asosiy qism.
    • Pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari.
    • Milliy pedagogika ta’lim–tarbiyaning muhim omili ekanligi.
    • Markaziy Osiyo allomalari ta’lim-tarbiyaviy qarashlari va Jahon

    • pedagog olimlarning pedagogika rivojiga qo‘shgan hissalari.
  • Xulosa.
  • Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Taqdimot.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yil 23-avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma'naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta'lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelmoqda.

Prezidentimiz yig‘ilishda maktab ta'limi tizimini isloh qilish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulug‘ ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir” degan fikrini alohida ta'kidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Ma'lumki, murakkab o‘tish yillarida maktablardagi ma'naviy-ma'rifiy muhit, o‘qituvchi kasbining obro‘yi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogikani rivojlantirish, innovatsion ta'lim texnologiyalarini joriy etishga yetarli e'tibor berilmagani sohada bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. 

Ma'lumki, murakkab o‘tish yillarida maktablardagi ma'naviy-ma'rifiy muhit, o‘qituvchi kasbining obro‘yi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion ta'lim texnologiyalarini joriy etishga yetarli e'tibor berilmagani sohada bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. 

Keyingi yillarda ana shu muammolarni samarali hal etish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan xalq ta'limi tizimiga oid 6 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-me'yoriy asoslari mustahkamlandi.

Ota-onalar, jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, yurtimizda 11 yillik maktab ta'limi tizimi tiklandi. So‘nggi uch yilda yurtimizda 157 ta umumta'lim maktabi yangidan qurildi. 

Ulug‘ allomalarimiz – Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Is’hoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi ta'lim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari uchun ta'lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29-apreldagi farmoniga muvofiq, Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Unda 48 ta maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilandi.

Masalan, 2030-yilga borib o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha PISA xalqaro dasturi reytingida O‘zbekistonning jahondagi yetakchi 30 ta mamlakat qatoridan joy egallashi maqsad qilib qo‘yilgan. 

Davlatimiz rahbari o‘qituvchining maqomi va nufuzini oshirish, huquqlari va imtiyozlarini kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratdi. 

Pedagogika (grekcha, paіda — bola, gogos — yetaklovchi) atamasi qadimiy bo‘lib, “bola yetaklovchi” degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ so‘zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus o‘qitilgan va pedagoglikni o‘ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.

Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Pedagogika institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagogika deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy pedagog bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida pedagogikaga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi.

Pedagogika tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish shakl, usul hamda yoʻsinlarini belgilab beradi.

Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish pedagogikaning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash pedagogikadagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. ,

Tarbiya yordamida inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, adolatga doyr qarash va koʻnikmalarning shaxs sifa-tiga aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar ora-sida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindi-sini oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat oʻqitish tushunchasini ifoda etadi.

Oʻqitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus maʼlumotni olish imkoniga ega boʻladi. Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxsni tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan maʼnaviy-intellektual sifatlarga ega boʻladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga omil boʻladi.

Pedagogikada taʼlim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini oʻrganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va boʻlimlar mavjud. Oʻqitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shugʻullanadigan sohasi didak-tikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda eʼtiqod, dunyoqarash, axloq singari maʼnaviy jihatlarni shakllantirish masalalarini pedagogikaning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmogʻi oʻz ichiga oladi. Taʼlim-tarbiyani tashkil etish, uyushtirish va uni boshqarish singari tashkiliy-pe-dagogik ishlar qonuniyati pedagogikaning maktabshunoslik sohasi tomonidan ishlab chiqiladi. Pedagogika hamisha muayyan yoshdagi, maʼlum hayotiy va akliy tajribaga ega boʻlgan kishilar bilan ish koʻradi.

Pedagogika hamisha muayyan yoshdagi, maʼlum hayotiy va akliy tajribaga ega boʻlgan kishilar bilan ish koʻradi. Shuning uchun ham pedagogikaning qonuniyatlarini belgilashda taʼlim-tarbiya oluvchining yosh xususiyatlarini hisobga olish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Shu sababli pedagogika oila pedagogikasi, maktabgacha taʼlim pedagogikasi, maktab pedagogikasi, kasb-hunar taʼlimi pedagogikasi, oliy taʼlim pedagogikasi, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlimi pedagogikasi kabi qismlarga boʻlinadi va umumlashtirilgan holda yoshlar pedagogikasi deb ataladi.

Pedagogika inson faoliyatining eng qadimiy turidir. U odam bilan birga paydo boʻlgan va odamning odamligini, uning oila, jamoa hamda jamiyat boʻlib yashashini taʼminlab turgan fan va amaliyotdir. Insoniyat mavjud tajribalarni oʻrganish va boshqalarga oʻrgatishni yoʻlga qoʻya boshlagan vaqtdan, yaʼni pedagogika paydo boʻlganidan buyon hamda shu tufayligina mavjuddir.



Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning pedagogik qarashlari: Sharqning buyuk ensiklopedik olimi al-Xorazmiy (783-850) faqatgina talantli olim bo’libgina qolmay, balki mohir nazariyotchi pedagog ham edi. Uning hayoti va faoliyatiga doir juda oz ma’lumotlar bizning davrimizga qadar yetib kelgan. Uning haqidagi ilk ma’lumot X asrda yashagan arab muallifi Ibn an-Nodirning "Fixrast" asarida mavjud bo’lib, unda quyidagi ma’lumot keltirilgan. “Al-Xorazmiy uning ismi Muhammad ibn Muso, kelib chiqishi Xorazmlik. U al-Ma’mun tomonidan shaxsan "Donish uyiga bajaruvchi etib tayinlangan edi, astronomiya ilmining bilimdorlaridan hisoblanadi”

Abu Nasr al-Forobiyning ta’lim va tarbiya haqidagi fikrlari: Abu Nas al-Forobiy o’rta asr sharqining buyuk qomusiy olimi bo’lib, u 873 yildan hozirgi Qozog’iston teritoriyasidagi Farob shaharchasida tug’ildi, keyinchalik Toshkentda va Buxoroda yashab ta’lim oldi. X asr boshlarida ilmga chanqoq bo’lajak olim O’sha paytda madaniyat va ilm markazi bo’lgan xalifalik poytaxti Bag’dodga boradi. Bu yerda u turli xil fan sohalari bilan shug’ullanadi, ko’p tillarni o’rganadi. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra 70 tilda gaplasha olgan. Forobiy bu yerda xristian olimlari Abu Bashar Marta ibn Yunusdan Yunon falsafasi va tilini, Yuxanna inb Xaylondan tabobat va mantiq ilmini o’rgandi.

Abu Rayhon Beruniyning pedagogik qarashlari: O’rta asr Sharqining jahonga mashhur yana bir qomusiy olimlaridan biri Abu Rayxon Beruniy bo’lib, uning olim sifatid shakllanishida o’sha davrning allomalari al-Xorazimiy, alForobiylarning ta’siri katta bo’ldi. Abu Ali ibn Sino, Firdavsiy va Daqiqiylar u bilan bir davrda ijod qildilar. Uning qalamiga mansub bo’lgan asarlar soni 150 dan ortiq bo’lib, deyarli barcha fan sohalariga bag’ishlab yozilgan. Olimiing "O’tmish yodgorliklari", "Geodeziya", "Yulduzlar haqida ilm", “Hindiston", “Qonuni Mas’udiy", "Menerologiya", "Farmakognoziya" kabi asarlari o’zbek va rus tillariga tarjima qilingan. U pedagogikaga bag’ishlab maxsus asarlar yozmagan, biroq uning barcha asarlarida ta’lim-tarbiya, odob va axloq, masalalariga doir butun bir pedagogik qarashlar sistemasiga duch kelamiz.

E’TIBORINGIZ UCHUN KATTA RAHMAT!
Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling