Qorbobo ustaxonasida archa bezagini yasash
Download 19.17 Kb.
|
Qog\'oz va karton bilan ishlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy maqsad
- Kasbga yo’naltiruvchi maqsad
- Tayanch atamalar
- III. Yangi mavzu bayoni.
- IV .Yangi mavzuni mustahkamlash .
Sana: _____________ Mavzu: “Qorbobo ustaxonasida archa bezagini yasash” Maqsad: Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga qog’ozdan xilma-xil archa o’yinchoq va bezaklarini yasashni o’rgatish;ularni boshqa chet mamlakatlarida yangi yilni nishonlash haqidagi qiziqarli ma’lumotlar berish; Tarbiyaviy maqsad: Guruhlarda ishlash orqali o’quvchilarda o’zaro hurmat,mehnatsevarlik,izlanuvchanlik va do’stona munosabat ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda sirkul,qaychi,yelim va andaza asosida ishlash malakalarini,yaratuvchanlik,kreativlik qobilyatlarini rivojlantirish; Kasbga yo’naltiruvchi maqsad: o’quvchilarni amaliy-dekorativ san’at turlariga oid kasblarga qiziqtirish. Dars turi:yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi Dars metodi: interfaol suhbat,tushuntirish,munozara,ko’rgazmalilik,guruhlarda ishlash Dars jihozi: texnik vositalar,archa o’yinchoqlari,mavzuga oid rasmlar,rasmli tarqatma materiallar,ish qurollari,rangli qog’oz,archa Tayanch atamalar: xomashyo,konstruksiya,geometrik shakllar,andaza,sektor Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism. 1. Salomlashish 2. Davomatni aniqlash 3.Siyosiy daqiqa II .O’tilgan mavzuni takrorlash. O’quvchilarga izonit texnikasi berilgan topshiriqlar tekshiriladi va quyidagicha savollar beriladi: 1.Izonit texnikasi bilan yaratilgan tasvirlar qaysi san’at turiga kiradi? -Amaliy dekorativ san’at turiga kiradi. 2.Izonit texnikasida asosan qaysi qoidalariga rioya qilish muhim o’rin tutadi? - Burchakni to’ldirish tartibi,doira ichini to’ldirish III. Yangi mavzu bayoni. O’qituvchi: -Bolajonlar,qaranglar,kimlar mehmonga kelyapti? -Qorqiz.. Qorqiz: -Salom bolajonlar! Mana Yangi yil bayramiga ham ozgina vaqt qoldi.Lekin yangi yil archasi hali ham bezatilmagan.Biz archa bezaklari yasash uchun do’stlarim bilan ijodkor,mehnatsevar bolalarni izlab yuribmiz. O’qituvchi: -Bu yerga kelib juda to’g’ri qilibsizlar.O’quvchilar sizlarga yordam beradilar. Qorqiz: - Unday bo’lsa,sizlarni Qorbobo ustaxonasiga taklif qilamiz. O’qituvchi: - Ish boshlashdan oldin guruhlarga bo’linamiz. Guruh a’zolari ish qurollaridan foydalanish xavfsizlik qoidalarini aytib o’tadi.. 1-guruh: Qaychi bilan ishlash qoidalari 2-guruh: Yelim bilan ishlash qoidalari 3-guruh:Sirkuldan foydalanish qoidalari. IV .Yangi mavzuni mustahkamlash .O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarni savollariga javob beriladi va ularga amaliy ishlar bo’yicha ko’rsatmalar beriladi. Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatma materiallar beriladi va ularga javob berishadi. V. O’quvchilarni rag’batlantirish darsni yakunlash:Dars yakunida , darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash . VI . Uyga vazifa : O’quvchilar darsdagi vazifalarni uyida davom etirib kelishadi Download 19.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling