Rivojlantiruvchi markazlar bo’yicha:
Qurish va konstruksiyalash, matematika markazida: Bolalarga faoliyat davomida predmetlarni to’g’ri va teskari sanashni qurilish ashyolaridan Quyoshli shahar kuramiz mavzusida yakka tartibda qurish-yasash va rasm xosil qilishni o’rgatildi.
Syujetlirolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazida: Bolalarga “Jonli puffakchalar” saxnalashtirish mavzulari asosida Rangbarang puffaklar, flomasterlar kabi resurslardan foydalangan holda sotuvchi faoliyati bilan tanishishda davom etish, aktyorlik mahorati ko’nikmalarini orttirish, pufaklarning ranglarini farqlash, ranglar nomlarni bilishga ahamiyat berildi va o’rgatildi.
Til va nutq markazida: Ushbu markazdagi faoliyat davomida bolalarga 1 iyun –bolalarni himoya kilish kuni, Tabiat qo’ynida o’zini tutish qoidalari, “Yil fasllari” albomini ko’rish, topishmoqlar mavzular asosida, she’rlar, topishmoqlar yodlatildi va o’rgatildi.
Fan va tabiat markazida: Rasmlar, albomlar, maxsus idishlar, bo’yoqlar, va boshqa resurslardan foydalangan holda ushbu markazdagi faoliyatlar davomida bolalarga Tabiiy materiallardan applikatsiya, havo puffaklari bilan tajribalar, Kamalak qaerdan paydo bo’ladi mavzulari asosida tajribali faoliyatlar va mashg’ulotlar o’rgatildi.
San’at markazida: Ushbu markazda hafta davomida tarbiyalanuvchilarga har doim bo’lsin oyim, har doim bo’lay men!, Kungaboqarlar mavzulari bo’yicha yopishtirish, ixtiyoriy tabiiy materiallar bilan ishlash, qog’oz, rangli qog’oz, tabiiy materiallar resurlardan foydalangan holda faoliyatlar olib borildi.
2-hafta mavzusi: “Gulzorga mehr”
Hafta kunlari davomida Dushanba kuni- Ahil oila kuni, Seshanba kuni- 12-iyun – “Xalqaro do’stlik kuni”, Chorshanba kuni- Xayol parastlar kuni, Payshanba- Qushlar va gullar bayrami, Juma kuni- Do’stlar tug’ilgan kuni mavzulari asosida faoliyatlar olib borildi.
Qurish va konstruksiyalash, matematika markazida: Tarbiyalanuvchilarga resurslardan foydalanib bolalarga Do’stlik ko’prigi, Gullar va qushlar mavzulari asosida qurilish materiallaridan bog’da, qushlar uchun uycha qurish va yasash o’rgatildi va qurilish rejalashtirib yasaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |