Qorin parda( peritoneum) (17-rasm) qorin devorini va qorin bo’shlig’idagi a’zolarni


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
Sana12.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1262607
Bog'liq
Peritoneum



QORIN PARDA
Qorin parda( peritoneum) (17-rasm) qorin devorini va qorin bo’shlig’idagi a’zolarni 
o’rab turuvchi seroz parda. Qorin parda qorin devorini qoplab turuvchi (pariyetal) 
tashqi, ichki a’zolarni o’rab turuvchi (visseral) ichki varaqlardan iborat. Bu ikkala varaq 
bir-birining uzluksiz davomi bo’lgani uchun erkaklarda qorin bo’shlig’ini tashqi 
muhitdan ajratib turadi. Ayollarda esa bachadon nayining bir uchi qorin bo’shlig’iga, 
ikkinchi uchi esa bacha-donga qo’shiladi. Shuning uchun qorin parda bo’shlig’i 
bachadon nayi, bachadon va qin orqali tashqi muhit bilan aloqada bo’ladi. Seroz parda 
qorin bo’shlig’ini ikki bo’shliqqa: qorin parda bo’shlig’i va qorin pardaning tashqi 
bo’shlig’iga ajratadi. Qorin bo’shlig’i tepadan diafragma, oldindan serbar muskullar 
bilan, orqadan umurtqa pog’onasi va uning ikki yonboshida joylashgan muskullar bilan 
chegaralanadi. Past tomondan chanoq bo’shlig’i bilan qo’shilib ketadi. Qorin parda 
bo’shlig’ining orqa devori sohasida qorin parda qoplamagan bo’shliq bor. Bu bo’shliq 
orqadan qorin fassiyasi, oldindan qorin pardaning pariyetal varag’i bilan chegaralanib 
turadi. Qorin pardaning tashqi bo’shlig’ida yog’ to’qimalari, buyrak, buyrak usti bezi va 
siydik yo’li joylashgan. Qorin parda bu a’zolarning faqat oldingi yuzasini qoplagan. 
Qorin pardaning visseral varag’i qorin bo’shlig’ida joylashgan a’zolarni turlicha o’rab 
turadi. Jumladan, a’zolarni me’da, ingichka ichak va h. k. hamma tomondan o’raydi. 
Bunday a’zolar intraperitoneal a’zolar deyiladi. 


A’zolar qorin (jigar, ko’tariluvchi, tushuvchi chambar ichaklar va h.k.), parda bilan uch 
tomondan o’ralib tursa, bunday a’zolar mezoperitoneal a’zolar deb ataladi. Qorin 
parda tashqarisida joylashgan a’zolar (buyrak, buyrak usti bezi, siydik yo’li, me’da osti 
bezi va h. k.) ekstraperitoneal a’zolar bo’lib, ular seroz parda bilan faqat bir (old) 
tomondan o’ralib turadi. Seroz parda suyuqlik ishlab chiqaradi. Bu suyuqlik qorin parda 
yuzasini namlab turgani uchun qorin parda bo’shlig’idagi a’zolar ishqalanmay harakat 
qiladi. Qorin pardaning pariyetal varag’i a’zolarga o’tishda yoki aksincha a’zolardan 
qaytib, pariyetal varaqqa o’tishda ikki varaq o’zaro qo’shilib dublikat hosil qiladi. Bu 
dublikat boylamlar nomi bilan ataladi. Seroz parda jigardan me’daga o’tib, jigar-me’da 
boylamini, me’dadan ko’ndalang chambar ichakka o’tib me’da-ko’ndalang chambar 
ichak boylamlarini vujudga keltiradi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, jigarni ushlab 
turuvchi toj boylam jigarni diafragmaga yopishtirib turadi. Bu boylam jigarning o’ng va 
chap tomonidan uchburchakli boylamlarga o’tadi. 
Qorin parda ichaklar uchun tutqichlar hosil qiladi. Qorin parda bo’shlig’ida joylashgan 
ingichka ichak seroz parda bilan hamma tomondan (interperitoneal) o’ralgan bo’lib, 
uning orqa tomonidagi ichak tutqich qorin bo’shlig’ining orqa devoriga borib 
yopishadi. Qorin parda ingichka ichakdan tashqari, ko’ndalang chambar, «S» simon 
chambar va ko’richaklar uchun ham tutqich hosil qiladi. Tutqichlar oralig’ida yog’ 
to’qimalari, limfa tugunlari va qon tomirlar joylashgan. Charvilar ham seroz pardaning 
dublikatidan vujudga keladi. Katta charvi qorin pardaning to’rtta varag’idan hosil 
bo’ladi, ulardan ikkitasi oldingi va ikkitasi orqa varaqdir. 
Oldingi varaq me’daning oldingi va orqa yuzasini o’rab, katta egrilikdan boshlanib
ko’ndalang chambar ichak ham ingichka ichak oldidan pastga tomon yo’nalib, qaytib 
yuqoriga ko’tariladi va katta charvining orqa varaqlari nomi bilan ko’ndalang chambar 
ichakka borib, uni o’raydi, so’ngra chambar ichak tutqichi bo’lib, qorin bo’shlig’ining 
orqa devoriga yopishadi. Katta charvining me’da bilan ko’ndalang chambar ichak 
oralig’idagi qismi me’da-ko’ndalang chambar ichak boylami deb ham ataladi. 
Kichik charvi jigar-me’da boylami bilan jigar, o’n ikki barmoq ichak boylamlari 
qo’shilishidan vujudga keladi. 
Qorin bo’shlig’i ko’ndalang chambar ichak va uning tutqichi yorda-mida yuqori va 
pastki qavatlarga bo’linadi. Bulardan tashqari, qorin parda a’zodan a’zoga yoki qorin 
devoriga o’tishida burmachalar, chuqurchalar, kanallar va xaltachalarni vujudga 
keltiradi. Bular qorin bo’shlig’ida bajariladigan jarrohlik operatsiyalarida ma’lum 
amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. 











Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling