Qorinoyoqlilar bilan chuchuk suv shillig‘i misolida tanishamiz. - Tashqi tuzilishi. Chuchuk suv shillig‘i hovuz va ko‘llarda, daryolarning tinch oqadigan sayoz joylarida hayot kechiradi. Tanasi spiral o‘ralgan chig‘anoq ichida joylashgan. Chig‘anoqning kengaygan uchida tanasi chiqadigan keng teshigi bo‘ladi. Shilliq tanasini mantiya teri o‘rab turadi. Mantiyadan chig‘anoq hosil bo‘ladi. Boshining ostki tomonida og‘iz teshigi, uning ikki yonida bir juft paypaslagichlari bo‘ladi. Paypaslagichlari sezgi organlari hisoblanadi. Har qaysi paypaslagichlari asosida bittadan ko‘zi joylashgan (29-rasm). Suv shillig‘i oyoq muskullarining to‘lqinsimon qisqarishi tufayli sirpanib harakat qiladi.
- Ovqat hazm qilish sistemasi. Hazm qilish sistemasi og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon va ichakdan iborat. Ichagi chig‘anog‘i ichida halqasimon buralib joylashgan. Mantiya chetida orqa chiqaruv teshigi bo‘ladi.
- Suv shillig‘i halqumida mayda tishchalar bilan qoplangan muskulli tilchasi bo‘ladi. U tilini chiqarib, o‘simliklar va suvdagi nar salarga yopishgan bakteriyalar ham da mayda suv o‘tlarini qirib oladi. Bir juft so‘lak bezlari ham halqumiga ochiladi. So‘lak suyuqligi oziqni hazm qilishga yordam beradi. Suv shillig‘ining jigari oshqozon bo‘shlig‘iga hazm qilish shirasi ishlab chiqaradi.
- Nafas olish sistemasi. Shilliq atmosfera kislorodi bilan nafas oladi. Chig‘anoqning chetida nafas teshigi bor. Bu teshik xaltasimon o‘pkaga ochiladi. O‘pka devori juda ko‘p mayda qon tomirlari bilan qoplangan. O‘pkadagi havodan qonga kis lorod o‘tadi, qondan karbonat angidrid gazi chiqadi. Mollyuska nafas oli sh uchun suv yuzasiga ko‘tariladi va o‘pkasini havo bi lan to‘ldi rib oladi.
- Qon aylanish sistemasi. Mollyuska yuragi tanasining orqa tomonida joylashgan, u yurak oldi bo‘lmasi va yurak qorinchasidan iborat. Yurak kameralari galma-galdan qisqarib, qonni tomirlarga haydaydi. Qon tomirlarning uchi ochiq bo‘lib, qon ulardan ichki organlar oralig‘iga quyiladi. Bu yerda kislorodni to‘qimalarga berib, karbonat angidrid bilan boyiydi. Shundan so‘ng tomirlar orqali o‘pkaga keladi. O‘pkada kislorod bilan to‘yingan qon yurakoldi bo‘lmasiga quyiladi. Oziq moddalar ham qon orqali to‘qimalarga tashiladi. Shunday qilib, mollyuskalar qon tomirlari ochiq qon aylanish sistemasini hosil qiladi.
- Ayirish sistemasi. Chuchuk suv shillig‘ining tasmaga o‘xshash yagona buyragi tuzilishi yomg‘ir chuvalchangi ayirish organiga o‘xshaydi. Buyrakning voronka simon kengaygan uchi yurakoldi bo‘lmasiga, ikkinchi uchi esa mantiya chetiga ochiladi.
- Nerv sistemasi. Suv shillig‘ining tanasida bir necha juft nerv tugunlari joylashgan. Bu tugunlardan mollyuskalarning hamma organlariga nervlar chiqadi.
- Ko‘payishi. Suv shillig‘i – germafrodit hayvon. U uzun shilimshiq ip ichiga tizimcha shaklida juda ko‘p tuxum qo‘yadi. Tizimchasi suv o‘tlariga ilakishib qoladi. Tuxumlardan nozik chig‘anoqli kichik mollyuskalar rivojlanadi.
- Qorinoyoqli mollyuskalarning xilma-xilligi. Qorinoyoqli mollyuskalar yer yuzida keng tarqalgan, 100 000 ga yaqin turi bor. Ular ayniqsa, dengizlarda xilma-xil bo‘ladi. Chuchuk suvlarda uchraydigan kichik shilliq jigar qurtining oraliq xo‘jayini hisoblanadi. Yalang‘och shilliqlar va tok shillig‘i quruqlikda yashaydi. Tok shillig‘i, har xil yalang‘och shilliqlar o‘sim liklarning yashil qismi bilan oziqlanib, ekinlarga katta ziyon keltiradi. O‘zbekiston hududida yalang‘och shilliqlar va bedapoya shillig‘i, suv havzalarida har xil suv shilliqlari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |