Qoʻsh bogʻ. Kimyoviy bog‘lanish va uning turlari. Kovalent bog‘lanish va uning turlari. Qoʻsh bogʻ


Download 170.21 Kb.
bet1/2
Sana14.10.2023
Hajmi170.21 Kb.
#1701792
  1   2
Bog'liq
Oddiy, qo’sh va uch bog’lar. Bog’ning yo’nalganligi, energiyasi uzunligi va valent burchagi


Oddiy, qo’sh va uch bog’lar. Bog’ning yo’nalganligi, energiyasi uzunligi va valent burchagi
Reja:
1. Qoʻsh bogʻ.
2. Kimyoviy bog‘lanish va uning turlari.
3. Kovalent bog‘lanish va uning turlari.


Qoʻsh bogʻ — molekuladagi 2 qoʻshni atom oʻrtasidagi 4 elektronli kova-lent bogʻ. Q.6., odatda, 2 valentli shtrix bilan belgilanadi:^S=S/ \s=1*-, ^S=0,\s = 5, _ N = N —, — N = O va boshqa
Bunda 5r2’ yoki zr — gibridlashgan orbitali 1 juft elektronlar 0-bogʻ hosil qiladi. Bu bogʻning elektron zichligi atomlararo oʻq boʻylab joylashgan boʻladi; a-bogʻ oddiy bogʻga oʻxshagan. /orbitali boshqa elektron jufti ya-bogʻ hosil qiladi, uning elektron zichligi atomlararo oʻqdan tashqarida boʻladi. Qoʻsh bogʻ hosil boʻli-shida davriy sistemaning IV yoki V guruh elementlari atomlari ishtirok etayotgan boʻlsa. u holda shu atomlar va ular bilan bevosita bogʻlangan atomlar 1 tekislikda yotadi; valent bur-chaklari 120° ga teng. Qoʻsh bogʻ oddiy bogʻga qaraganda qisqa va ichki aylanishda yuqori energetik toʻsiqqa ega boʻladi; shunga koʻra qoʻsh bogʻ orqali bogʻlangan atomlarga birikkan boshqa atomlarning holati ekvivalent emas, bu esa geometrik izomeriya kelib chiqi-shiga sabab boʻladi. Qoʻsh bogʻli birikmalar biriktirish reaksiyasiga moyil. Agar Qoʻsh bogʻ elektron simmetrik holatda boʻlsa, u vaqtda, reaksiya ham radi-kal, ham ion mexanizmlari boʻyicha boradi (yana qarang Kimyoviy bogʻ).
Kimyoviy bogʻ yoki kimyoviy bogʻlanish — ikki yoki undan ko'p atomlarning oʻzaro taʼsiri natijasida kimyoviy barqaror sistemalar (molekulalar, radikallar, molekulyar ionlar, komplekslar, kristallar va b.) hosil boʻlishi. Asosan, 2 xil boʻladi:

  • Atom (kovalent) bogʻ — kimyoviy xossalari jihatidan bir-biriga oʻxshash yoki xossalari bir-biriga yaqin boʻlgan atomlar oʻrtasidagi bogʻ. Bu bogʻ har qaysi atomdan bittadan elektron oʻzaro taʼsir etib, shu atomlarga tegishli birlashtiruvchi elektron juftligini hosil qilishi natijasida yuzaga keladi. Bu bogʻ oddiy moddalarning (H2, O2 va b.), murakkab moddalarning (CH4, H2O, NH4Cl va b.) va organik birikmalarning molekulalariga xos. Kovalent bogʻlar 2 atom uchun umumiy boʻlgan elektronlarning 2 jufti bilan yuzaga kelsa — qoʻshaloq, 3 jufti bilan yuzaga kelsa — uchlik kovalent bogʻ deb ataladi; Struktura formulalarda ular 2 ta yoki 3 ta chiziqcha bilan koʻrsatiladi. Masalan, H2C=CH2 — etilen, HC≡CH — atsetilen, H—C≡N — vodorod sianid va hokazo.


  • Download 170.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling