Qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq Kodeksning 258-moddasiga muvofiq soliq stavkasi 15 foiz miqdorida belgilangan. 1-topshiriq. «Uzauto motors»


Download 37.36 Kb.
Sana10.10.2023
Hajmi37.36 Kb.
#1697169
Bog'liq
QQS topshiriq


Amaliy masho‘ulot mavzusi: QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I

Soliq Kodeksning 258-moddasiga muvofiq soliq stavkasi 15 foiz miqdorida belgilangan.




1-topshiriq. «UZAUTO MOTORS» AJ tomonidan avtomobillarni sotish narxlari quyidagicha:
Spark – 104095000 so‘m
Damas – 78283000 so‘m
Nexia 3 – 119921000 so‘m
Cobalt – 125795000 so‘m
Lacetti – 139092000 so‘m
Chevrolet Trailblazer – 398000000 so‘m (QQS bilan)
Bir dona avtomobil uchun QQS hisoblang.


2-topshiriq. Paxtani qayta ishlash korxonasi paxta tolasini 1500000 ming so‘mga kalava ip ishlab chiqaradigan korxonaga sotdi.
Kalava ip ishlab chiqaradigan korxona paxta tolasidan kalava ipni ishlab chiqarib va unga 550000 ming so‘mlik xarajatlari hamda ustamasini qo‘shib QQSni hisoblagan holda to‘qimachi korxonaga 2098750 ming so‘mga realizatsiya qildi.
To‘qimachi korxona kalava ipdan mato to‘qib va unga 450000 ming so‘mlik xarajatlari hamda ustamani qo‘shib QQS hisoblagan holda kuylak tikuvchi korxonaga 2616250 ming so‘mga realizatsiya qildi.
Kuylak tikuvchi korxona matodan kuylak tikib va unga 400000 ming so‘mlik xarajatlari hamda ustamasini qo‘shib QQS hisoblagan holda oxirgi iste’molchiga 3076250 ming so‘mga realizatsiya qildi.
Aniqlang:

  1. QQSni hisobga olish orqali byudjetga to‘lanadigan jami QQS summasini, jumladan:

- kalava ip ishlab chiqaradigan korxona to‘laydigan QQS summasini;
- to‘qimachi korxona to‘laydigan QQS summasini;
- kuylak tikuvchi korxona to‘laydigan QQS summasini hisoblang.

  1. Ushbu operatsiyalarni buxgalteriya schyotlarida aks ettiring



3-topshiriq. Korxona xaridorlar bilan narxi 3000 so‘mdan 50 dona ruchka, narxi 25000 so‘mdan 100 dona bloknot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma qildi. Schyot faktura bo‘yicha QQS summasi va xaridorga yetkazib berishning QQSni hisobga olgan holdagi qiymatini aniqlang va ushbu operatsiyalarni buxgalteriya schyotlarida aks ettiring.
4-topshiriq. Chakana savdoda kassaga 8000000 so‘m savdo tushumi kelib tushdi. Chakana savdo korxonasining sof tushumini va uning QQSni qancha bo‘lishini hisoblang va ushbu operatsiyalarni buxgalteriya schyotlarida aks ettiring?
5-topshiriq. Shartnomaga asosan oldindan to‘lov qilinib 5 tonna olma, har kilogrami 12000 so‘mdan (QQS bilan) xaridorga yetkazib berildi. Sotib olingan olma omborga kirib qilinib, shartnomaga asosan 1000 kg xaridorlarga (har kilogramiga 800 so‘mlik xarajat va 2200 so‘m ustamani qo‘shib) QQS hisoblagan holda sotildi. Byudjetga to‘lanadigan QQS summasini aniqlang va ushbu operatsiyalarni buxgalteriya schyotlarida aks ettiring.


6-topshiriq: “Platina” MChJ turli tovarlarni import qilib O’zbekiston hududida realizatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan QQS to‘lovchi hisoblanadi. Korxona yil boshida Xitoy korxonasi bilan bir partiya (1000 m2) kovrolin yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Shartnoma shartida Xitoy korxonasi tovarlarni O’zbekiston chegarachigacha (bojxona hududigacha) yetkazib berish belgilangan. Bunda 1m2 kovrolin uchun narx 4 dollar qilib belgilangan (1000m2 x 4$ = 4000$ kovrolinning faktura qiymati). Korxona tovarlarni “rastamojka”dan o‘tkazgan. Bojxona deklaranti tomonidan tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona qiymati har 1m2 kovrolin uchun 6 dollar qilib belgilagan (1000m2 x 6$ = 6000$ kovrolinning bojxona qiymati).
Bojxonada korxona quyidagi soliq va to‘lovlarni amalga oshirishi lozim bo‘ladi:

To‘lov kodi

To‘lov nomi

Stavka (bojxona qiymatiga nisbatan*)

Summasi, so‘mda

10

Tovarni bojxonada rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yig‘imi

0,2%




20

Bojxona boji

30%




27

Aksiz solig‘i

15%




29

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

15%




Markaziy bank kursi (25.01.2022 holatiga) – $1 = 10850 so‘m
*Tovarning bojxona qiymati 65100000 so‘m (6000m2 x 10850 so‘m)


Korxona fevral oyida import qilingan kovrolinning 100m2 ni 20% ustama bilan sotdi. Byudjetga to‘lanadigan QQS summasini aniqlang va ushbu operatsiyalarni buxgalteriya schyotlarida aks ettiring.
Download 37.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling