Qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirish mexanizmi. Reja: Qo‘shilgan qiymat solig‘i haqida tushuncha. Soliqning iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini budjetga to‘lash va hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari. Hisobvaraqfaktura va uni to‘ldirish tartibi
Download 80 Kb.
|
yusupov shaxruz5555
3.Qo‘shilgan qiymat solig‘ini budjetga to‘lash va hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari. Hisobvaraqfaktura va uni to‘ldirish tartibi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblashning «hisobga olish — hisob-faktura» usulining mohiyati shundaki, korxona budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi ishlab chiqarilgan mahsulotlarga (xizmatlarga) hisoblangan soliq miqdoridan shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sotib olingan xomashyo, materiallar uchun to‘langan soliq miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Chegirishga hisobot davrida hisob-faktura bilan qabul qilingan xomashyo, materiallar, shu jumladan, import qilingan 139 Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari tovarlarga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi qabul qilinadi. Quyidagi shartlarni bajargan holda hisobga olish amalga oshiriladi: 1.bu hisobot davrida tovar va xizmatlar haqiqatda sotib olingan bo‘lishi kerak; 2.ular bo‘yicha tovar yetkazuvchidan hisob-faktura to‘ldirilgan bo‘lishi; 3.ular soliqqa tortiladigan faoliyatda ishlatilgan bo‘lishi kerak Asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash. Korxonaning o‘z ehtiyoji uchun olingan asosiy vosita va nomoddiy aktivlari korxonaning buxgalteriya balansida mol yetkazib beruvchiga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi bilan birga yozilib, kirim qilinadi. Agar balansdagi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar sotilsa, u holda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha soliqqa tortish obyekti bo‘lib, sotish bahosi bilan qoldiq qiymat o‘rtasidagi farq hisoblanadi. Bunda, agar korxona asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qoldiq qiymatida sotsa, u holda soliqqa tortiladigan obyekt bo‘lmaydi va budjetga soliq to‘lanmaydi. Shuningdek, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni ishlab chiqaruvchi va uni oldi-sotdi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblashning alohida tartibi mavjud. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish. Umumdavlat soliqlarini to‘lovchi korxonalarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning amaldagi mexanizmi soliqni ishlab chiqarish jarayonida paydo bo‘lgan yangidan yaratilgan qiy140 matdan to‘lanishini ko‘zda tutadi. Qo‘shilgan qiymat ikki marotaba soliqqa tortilmaydi. Respublikamizda 1998-yildan Soliq kodeksi joriy etilishi bilan birga hisobvaraq-fakturalar kiritilgan bo‘lib, u kirimdagi soliq summasini hisobga olish uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Ammo amaliyotda bu tartib o‘zining vazifasini to‘laqonli bajara olmadi, chunki bu davrda budjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi yetkazib beriladigan mahsulotga hisoblangan soliq summasi bilan bevosita ishlab chiqarishga sarflangan material resurslarga hisoblangan soliq summasi o‘rtasidagi farqi sifatida aniqlanar edi. Bu tartibdagi hisoblash mexanizmi 1999-yilga qadar amaliyotda qo‘llanilib kelindi va uning ayrim kamchiliklari mavjud edi. Jumladan: 1.ishlab chiqarishga sarflangan paytda xomashyo va materiallarga hisoblangan soliq summasini budjet bilan hisob-kitobda chegirilishi – korxonalarning oborot mablag‘larini cheklanishiga olib keldi; 2. qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobvaraq faktura asosida hisoblanish mexanizmi ishlamadi, chunki amalda hisobvaraq fakturada ko‘rsatilgan soliq summasi budjetga hisobga olib borishda asos bo‘lmadi; 3.bunday hisoblash tartibi xalqaro soliq amaliyotidagi qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tamoyillariga zid kelardi. Ushbu holatlar tahlil qilinib, 1999-yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash mexanizmi o‘zgartirildi va xalqaro amaliyotga qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tamoyillariga moslashtirildi. Quyida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning taqqoslama usuli keltirilgan (3.4.1-jadval). 1999-yildan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning yangi tartibini joriy etilishi uni hisoblashning soddalashtirilgan mexanizmini qo‘llanilishiga olib keldi, ya’ni hisobvaraq faktura usulining ishlab ketishini ta’minladi va bunda material resurslarining ishlab chiqarishga sarflanishidan qat’i nazar, hisobot davrida sotib olingan material resurslarga to‘langan soliq summasi hisobvaraq faktura asosida budjet bilan hisob-kitobga olib boriladigan bo‘ldi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni (5-ilova) korxona ortib boruvchi yakun bilan ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi Davlat soliq idoralariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan va yil yakunlari bo‘yicha yillik moliyaviy hisobotni topshirish muddatida qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilari hisoblangan mikrofirma va kichik korxonalar yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hiobot topshirilgan muddatda taqdim etadi. Soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisobkitoblari bilan bir vaqtda hisobot davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar reyestrini ham taqdim etadilar. Hisobvaraq-fakturalar reyestrining shakli davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Hisobotlarni o‘z vaqtida topshirmaslik korxona va korxonaning mansabdor shaxslariga nisbatan Davlat soliq idoralari tomonidan moliyaviy va ma’muriy jazo choralarini qo‘llanishiga olib keladi. Korxonalar qo‘shilgan qiymat solig‘ini soliq hisobini topshirgan kundan kechiktirmay tegishli davrdagi haqiqiy sotish oborotidan kelib chiqib to‘laydi. Agar korxona hisoblangan soliq summasini budjetga o‘z vaqtida o‘tkazib bermasa, bunday holatda Davlat soliq idoralari mas’ul xodimlari tomonidan hisoblangan soliq sumasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kun uchun 0,05 foiz miqdorida penya (moliyaviy jazo) qo‘llanilishiga olib keladi. Bunda korxona rahbariyatiga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanilmaydi. 1998-yil 1-yanvardan O‘zbekistondagi barcha korxonalar va tashkilotlar uchun, shu jumladan, soliqqa tortishning alohida tartibi o‘rnatilgan kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hamda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod bo‘lgan korxonalar ham tovarlarni sotganda, ish va xizmatlar ko‘rsatganda hisobvaraq-fakturani to‘ldirishi qonun asosida shart qilib belgilandi. Hisobvaraq-faktura mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan tovarlarni yuklab jo‘natilishi, ish va xizmatlar ko‘rsatilishi sanasi (kuni)dan kechiktirmasdan yoziladi. Hisobvaraq-fakturada — uning tartib raqami va yozilgan sanasi, jo‘natiladigan tovarlar bo‘yicha shartnomalar raqami va sanasi hamda soliq to‘lovchi va xaridorning nomi, manzili, STIRi va shu kabi rekvizitlari ko‘rsatiladi. Soliq kodeksiga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmagan, shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilingan oborotni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar 6- va 7-ustunga «Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiz» degan shtampini qo‘yishadi, agar shtamp bo‘lmasa qo‘lda yozib qo‘yishadi va 8 ustunni to‘ldirishmaydi. Agarda korxona aksiz osti tovarlar ishlab chiqarsa unda hisobvaraq-fakturaga qo‘shimcha ustunlar kiritiladi va ushbu ustunlarda aksiz stavkasi va summasi aks ettiriladi (chunki aksiz summasi ham qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladi). O‘z mahsulotlarini (tovarlarini, ishlarini, xizmatlarini) uzluksiz yetkazib beradigan korxonalar bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar iste’molchilarga hisobvaraqni rasmiylashtirish bilan bir vaqtda, lekin bir oyda bir martadan kam bo‘lmagan tarzda yoziladi. Bunda hisobvaraq-fakturalarning yozilishi mahsulot sotilgan hisobot davrida amalga oshiriladi. Lizing operatsiyalari bo‘yicha lizing beruvchilar uchun hisobvaraq-faktura bo‘lib lizing obyektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi hisoblanadi. Bunda tegishli hujjatlar (lizingning tarkibiy qismi hisoblanadigan lizing to‘lovlari jadvali; hisobvaraq; lizing to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha lizing oluvchiga taqdim etiladigan bildiruvnoma va hokazo) bilan rasmiylashtiriladigan har bir lizing to‘loviga qo‘shimcha hisobvaraq-faktura yozilmaydi. Agar lizing shartnomasi lizing beruvchiga qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutsa, bunda mazkur xizmatlarga belgilangan tartibda hisobvaraq-faktura yoziladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishda, hisobvaraq-faktura o‘rniga birlamchi hujjat bo‘lib quyidagi hujjatlar: — sug‘urta korxonalari uchun — sug‘urta polisi; — sug‘urta agentlari uchun — sug‘urta polisi va shartnoma topshirig‘i (agentlik bitimi); — sug‘urta brokerlari uchun — sug‘urta polisi va shartnoma topshirig‘i hisoblanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan elektr energiyasi, suv, gaz, aloqa xizmatlari, kommunal xizmatlar, temiryo‘lda tashishlar, bank operatsiyalari, shuningdek, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) uzluksiz yetkazib berishni amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar hisobot davrining oxirgi kunida bir marta hisobvaraq-faktura yozadi. Agar ishlar bajaradigan korxonalarda buyurtmachiga imzo chekish uchun taqdim etiladigan, bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma — hisobvaraq-fakturada yoki hujjatda hisobvaraq-fakturaning belgilangan shaklida aks ettirilgan barcha majburiy rekvizitlar ushbu hujjatda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi ko‘rsatilgan yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmaganlar uchun «Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz» yozuvi (shtampi) qo‘yilgan holda mavjud bo‘lsa, bunda mazkur hujjatlar hisobvaraqfakturaga. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, me’yoriy hujjatlar. 1.1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: «O‘zbekiston», 2005-y. 1.2. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. – T.: «Adolat», 2008-y. 1.3. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuni. //«Xalq so‘zi», 29-avgust 1997-y 1.4. O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘- risida»gi qonuni, 2000-yil 14-dekabr. //«Soliqlar va bojxona xabarlari». 2001-y. ¹ 1.5. O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida»gi Qonuni, 20-modda. 1.6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni. 1996-yil 9-avgust. //«Xalq so‘zi» gazetasi. 1.7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF3620-sonli Farmoni (2005-yil 20-iyun). 1.8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-3619-sonli Farmoni (2005-yil 14-iyun). 1.9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida»gi PQ-100- sonli Qarori (2005-yil 15-iyun). 1.10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining 2004-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 567-sonli Qarori, 2003-yil 30-dekabr. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling