Qo’shilgan qiymat solig’ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Qo’shilgan qiymat solig’ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati


SOLIQ SOLINADIGAN BAZANI BELGILASH TARTIBI


Download 0.5 Mb.
bet4/9
Sana16.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1279113
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
qo’shilgan qiymat solig’i

SOLIQ SOLINADIGAN BAZANI BELGILASH TARTIBI

Soliq solish obʼekti boʼlib mahsulot, tovar yoki hizmatlarning bahosi hisoblanadi. QQSni solish tizimida har bir ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) oʼzining haridori (buyurtmachisidan) qonunda koʼzda tutilgan soliqni olib, uni byudjetga mol yetkazib beruvchiga ilgari toʼlangan QQSni chegirgan holda oʼtkazadi.

Soliq solish obʼekti boʼlib mahsulot, tovar yoki hizmatlarning bahosi hisoblanadi. QQSni solish tizimida har bir ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) oʼzining haridori (buyurtmachisidan) qonunda koʼzda tutilgan soliqni olib, uni byudjetga mol yetkazib beruvchiga ilgari toʼlangan QQSni chegirgan holda oʼtkazadi.

QQS byudjetga = QQS hisoblangan- QQS xisobga olinadigan

SOLIQ SOLINАDIGАN BАZА

Soliq solinadigan baza realizatsiya qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati asosida, unga qoʼshilgan qiymat soligʼini kiritmagan holda belgilanadi.

Аktsiz toʼlanadigan tovarlar boʼyicha soliq solinadigan bazaga aktsiz soligʼining summasi kiritiladi.


Oʼzbekiston Respublikasida qoʼshilgan qiymat soligʼi stavkasi 1992 yilda 30 foizni tashkil qilgani holda, bugunga qadar bir-necha marta oʼzgartirildi. Jumladan, 1996 yilda 17 foizni, 1997 yilda 18 foizni, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari turlariga (un, non, goʼsht, sut va sut mahsulotlari) esa kamaytirilgan 10 foizli stavka belgilandi. 1999 yilda respublikada qoʼshilgan qiymat soligʼining 3 xil stavkasi (20%, 15%, va 0%) amalda qoʼllanildi. 1999 yildan hozirgi kungacha respublikamizda 20 foizli va “0” darajali stavka qoʼllanilib kelinmoqda.
20 foizli
    • tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti;
    • soliq solinadigan import

Qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi:
Nol darajali stavka
    • tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (paxta tolasi va lint bundan mustasno) oboroti;
    • chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun realizatsiya qilinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga);
    • bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo’yicha bajarilgan ishlarga (ko’rsatilgan xizmatlarga);
    • xalqaro yo’nalishda tashishlar bo’yicha ko’rsatiladigan quyidagi xizmatlarni realizatsiya qilish oboroti;
    • suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti, gaz ta’minoti bo’yicha aholiga ko’rsatiladigan xizmatlarga, shu jumladan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari aholi nomidan oladigan ana shunday xizmatlar.

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan boshqa soliq turlariga nisbatan ko‘proq imtiyozlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular soliq kodeksida to‘rt guruhga bo‘lib berilgan.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling