Qo’shimcha qiymat solig’i Jismoniy shaxslarga daromad solig’i


Download 27.28 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi27.28 Kb.
#1239851
Bog'liq
Savollar


Savollar

  1. Qo’shimcha qiymat solig’i

  2. Jismoniy shaxslarga daromad solig’i

  3. Foyda solig’i

Javoblar


1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) — umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muo-mala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi. Birinchi marta fransuz iqtisodchisi Moris Lore (fransuzcha: Maurice Lauré) tomonidan 1954-yilda taklif qilingan, 1960-yilda Kod-dIvuar Respublikasida soliq tizimiga kiritilgan. Oʻzbekistonda 1992-yildan boshlab qoʻllaniladi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish va import qilish aylanmasi Qoʻshilgan qiymat soligʻis. solinadigan obʼyekt hisoblanadi. Sotish boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis.ga tortiladigan aylanma sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, narxlar va tariflarni, aksiz soligʻini hisobga olgan holda belgilanadi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortiladigan aylanma mablagʻ soliq obʼyektining turiga qarab, oʻziga xos usulda aniqlanadi. Masalan, ishlab chiqarilgan tovarlar yuklab joʻnatiladigan qismining qiymati, amalga oshirilgan qurilish, taʼmirlash, ilmiy tadqiqot, konstruktorlik, texnolo-gik, qayta taʼmirlash va boshqa shunga oʻxshash ishlar qiymati Qoʻshilgan qiymat soligʻis.ga tortiladi. Xizmatlar koʻrsatilganda esa transport vositalari yordamida baja-rilgan ishlar qiymati, ijara, vositachilik haqi, infratuzilma, reklama va boshqa xizmatlar qiymati shu soliq obʼyekti boʻladi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni Qoʻshilgan qiymat soligʻisga tortishda uning obʼyekti joʻnatilgan aylanmaga aksiz soligʻining qiymati qoʻshilgan holda aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Qoʻshilgan qiymat soligʻis. asosan, 15,0 % li stavka boʻyicha un-diriladi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim oziq-ovqat tovarlari boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis kamayti-rilgan stavkalarda toʻlanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻis boʻyicha toʻlovlar soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etilgan muddatdan soʻng 5 kun orasida davlat byudjetiga oʻtkaziladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun Qoʻshilgan qiymat soligʻisni toʻlashning boshqa muddatlarini ham belgilashi mumkin. Import qilinayotgan tovarlar boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida toʻlanadi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻisni undirish va toʻlash tartibqoidalari Oʻzbekiston Respublikasining „Soliq kodeksi“ (65—79-moddalari) bilan tartibga solinadi.
2. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fanining predmeti - soliq organlari bilan
soliq to’lovchi jismoniy shaxslar o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fani “Soliq nazariyasi” fanining tarkibiy qismi sifatida tutgan o’rni hamda uning maxsus, ya’ni chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan asosda o’rganiladigan bo’limi ekanligi yoritilgan.
O’zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va ularning ahamiyati Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarning ahamiyati. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlarning davlat byudjetidagi salmog’i. Jismoniy shaxlar tomonidan to’lanadigan umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar.
Soliqlarning guruhlarga ajratilishi. Jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan bevosita va bilvosita soliqlarning tarkibi va ularning byudjet daromadlaridagi ahamiyati yoritilgan.
Jismoniy shaxslar daromadlarining jami daromadlari tarkibi va ularni soliqqa tortishning asoslari Jismoniy shaxslar daromadlarining tarkibi. Jismoniy shaxslarning mehnat haqi va unga tenglashtirilgan shaklda oladigan daromadlari. Moddiy naf tarzidagi daromadlar.
Mulkiy daromadlar - fuqarolarga mulk huquqida tegishli bo‘lgan mol-mulkdan
foydalanish natijasida olingan daromadlar ekanligi. Mulkiy daromadlarning tarkibiy
tuzilishi. Aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalari va jamiyatlar ustav jamg‘armasiga
qo‘shilgan ulushlar hisobiga olingan dividendlar.
Davlatning qarz majburiyatlari (obligatsiyalar) va tijorat banklariga qo‘yilgan
jamg‘armalarga hisoblangan foizlar. Mulkni (uy-joy, imorat, inshoot, asosiy vositalar,
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fanining predmeti - soliq organlari bilan
soliq to’lovchi jismoniy shaxslar o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fani “Soliq nazariyasi” fanining tarkibiy qismi sifatida tutgan o’rni hamda uning maxsus, ya’ni chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan asosda o’rganiladigan bo’limi ekanligi yoritilgan.
O’zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va ularning ahamiyati Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarning ahamiyati. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlarning davlat byudjetidagi salmog’i. Jismoniy shaxlar tomonidan to’lanadigan umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar.
Soliqlarning guruhlarga ajratilishi. Jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan bevosita va bilvosita soliqlarning tarkibi va ularning byudjet daromadlaridagi ahamiyati yoritilgan.
Jismoniy shaxslar daromadlarining jami daromadlari tarkibi va ularni soliqqa tortishning asoslari Jismoniy shaxslar daromadlarining tarkibi. Jismoniy shaxslarning mehnat haqi va unga tenglashtirilgan shaklda oladigan daromadlari. Moddiy naf tarzidagi daromadlar.
Mulkiy daromadlar - fuqarolarga mulk huquqida tegishli bo‘lgan mol-mulkdan
foydalanish natijasida olingan daromadlar ekanligi. Mulkiy daromadlarning tarkibiy
tuzilishi. Aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalari va jamiyatlar ustav jamg‘armasiga
qo‘shilgan ulushlar hisobiga olingan dividendlar.
Davlatning qarz majburiyatlari (obligatsiyalar) va tijorat banklariga qo‘yilgan
jamg‘armalarga hisoblangan foizlar. Mulkni (uy-joy, imorat, inshoot, asosiy vositalar,
transport vositalari va boshqa) ijaraga berishdan olinadigan ijara haqi daromadlari.
Boshqa daromadlar tarkibi. Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar faoliyatiga oid dasturiy
mahsullarning mohiyati va ahamiyati.
Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa
tortish xususiyatlari Yillik daromad haqidagi deklaratsiyani taqdim etuvchi jismoniy shaxslar toifasi.
Deklaratsiya taqdim etuvchi chet el fuqarolari va yakka tadbirkorlar. Yillik umumiy
daromad tarkibiga kiritiluvchi daromadlar. Soliqqa tortiluvchi daromaddan chegirmalar va jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan soliq imtiyozlari.
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i to‘lashdan ozod etiladigan jismoniy
shaxslar. Yillik daromad haqidagi deklaratsiya banklarining shakli. Soliq to‘lovchining yil davomida olinadigan daromadlarining hisobini yuritish. Deklaratsiyani to‘ldirish tartibi. Soliq to‘lovchining majburiyatlari. Jismoniy shaxslar daromadiga soliq stavkalari va soliqni hisoblash tartibi. Deklaratsiya asosida soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar faoliyatiga oid dasturiy mahsullarning mohiyati va ahamiyati.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslarni soliqqa tortish
Tadbirkorlik tushunchasi. Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asosi. Tadbirkorlik
va uning turlari. Tadbirkorlik faoliyatining sub‘ektlari. Yakka tartibdagi tadbirkorlik.
Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati. Tadbirkorlik faoliyati sub‘ektlarining huquqlari va majburiyatlari.
Tadbirkorlik faoliyati sub‘ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va
xususiyatlari.Tadbirkorlik faoliyati sub‘ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda talab qilinadigan hujjatlar. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga belgilangan muddatlar va uni rad etish tartibi.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash. Tadbirkorlik faoliyati
sub‘ektlarini kreditlash va sug‘urta qilish. Tadbirkorlik faoliyati sub‘ektlaridan soliq
olish. Yuridik shaxs maqomini olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga qat‘iy belgilangan soliq. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat‘iy belgilangan soliq. Soliq to‘lovchi jismoniy shaxs tomonidan uning daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida belgilangan stavkalarda to‘lanadigan soliq. Qat‘iy soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash muddatlari. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda etishtirilgan mahsulotlardan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish. Bir necha tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanilganda soliq to‘lash tartibi.
3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i
Foyda solig’i davlat byudjeti daromad qismining asosiy manbalaridan biri bo’lib hisoblanadi.ushbu soliq 1995 yil yanvar oyidan boshlab, 1992 yildan buyon harakatda bo’lgan daromad solig’i o’rniga joriy qilindi. Foyda solig’imamlakatimizda tasdiqlangan Soliq kodeksining 23-moddasiga ko’ra umumdavlat soliqlari tarkibiga kiritilgan.
Yuridik shaxslar Foyda solig’ini to’lovchi
Foyda solig’ini to’lovchilar bo’lib, moliya yilida Soliqka tortiladigan foydaga ega bo’lgan yuridik shaxslar hisoblanadi. Soliq to’lovchilar kodeksning 126-moddasida aks ettirilgan. Bular quyidagilardir:
1)O’zbekiston Respublikasining rezidentlari;
2) O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yoki hosil bo’lish manbai O’zbekiston Respublikasi xududida joylashgan daromadlarni oladigan O’zbekiston Respublikasi norezedentlari.
O’zbekiston Respublikasi norezidentlari faqat Respublikada olgan daromadlaridan foyda solig’ini to’laydilar.
Soliq solishning alohida tartibiga o’tgan yuridik shaxslar foyda solig’ito’lovchilar bo’lib hisoblanmaydi. Shu jumlasiga quyidagi korxonalar kiradi:
Yagona Soliq to’loviga o’tgan mikrofirma va kichik korxonalar;
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
Yagona yer solig’ini to’lovchi Qishloq xo’jalik korxonalari;
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining obyekti.
O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining foydasi hamda ularning chegirmalar kilinmagan holda to’lov manbaida Soliq solinadigan daromadlari foyda solig’ining obyekti bo’lib hisoblanadi.
Foyda solig’i solinadigan baza. Soliq silinadigan baza jami daromad bilan chegirib tashlanadigan harajatlar o’rtasidagi farq sifatida, soliq kodeksining 159-moddasiga muvofiq Soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi hisobga olingan holda hisoblab chiqilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi.Jami aromad tarkibiga kaysi daromadlar kiradi? Jami daromadlar tarkibiga tovarlarni (ishlarini, xizmatlarini) sotishdan olingan daromadlar va boshqa mulklarni sotishdan,ishlatishdan kelgan daromadlar kiradi. Boshqa mulklarni sotish va ishlatishdan kelgan daromadlarga asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromadlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar, tyokin olingan mol-mulk, inventarizasiya natijasida aniqlangan tovar moddiy zaxiralar qiymati, majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklaridan olingan daromadlar, valyuta kursidagi ijobiy farq, dividentlar va foizlar va boshqa daromadlar kiradi.
Soliq to’lovchining harajatlari Soliq solinadigan foydani aniqlash paytida hisobga olinadi. Harajatlar Soliq kodeksning 141 moddasiga ko’ra chegirib tashlanadigan va chegirib taylanmaydigan turlariga bulinadi.Chegirib tashlanadigan harajatlarga quyidagi lar kiradi:
1) Moddiy harajatlar;
2) Mehnatga haq to’lash harajatlari;
3) Amortizasiya harajatlari;
4) Boshqa harajatlar.
5) Kelgusida soliq solinadigan foydadan chegirib tashlanadigan hisobot davridagi harajatlar.
Soliq solinadigan bazaga kiratiladigan harajatlar Soliq kodeksning 141-moddasida aks etirilgan. Bular chegirib tashlanmaydigan harajatlardir.
Chegirilmaydigan harajatlar quyidagilarkiradi:
Moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi me’yorlaridan ortiqcha yo’qotishlar vabuzilishlar;
Xodimlarga berilgan yoki Soliq to’lovchining umumiy ovqatlanish ehtiyojlari uchun yordamchi xo’jaliklar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo’yicha narxdagi farqlar. (zararlar);
Belgilangan me’yorlardan ortiqcha harajatlar (xizmat safarlari, vakillik harajatlari, ixtiyoriy sug’urta turlari bo’yicha ajratmalar);
Nodavlat pensiya jamg’armalariga ajratmalar;
Xo’jalik boshqaruvi organini saqlab turish uchun ajratmalar;
Umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqa chet el tashkilotlariga joylarni bepul berish harajatlari;
Yilik moliyaviy hisobotni bir hisobot davrida bir martadan ortiq auditdan o’tkazish harajatlari;
Soliq to’lovchining faoliyatida talab etilmaydigan kasblar bo’yicha kadrlar tayyorlash harajatlari;
Xodimlarga bepul ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, beriladigan oziq
ovqatlar,tovarlar, mahsulotlar va boshqa qimmatliklar yoki xodimlar uchun ishlar hamda xizmatlarni bajarish qiymati, ularga bepul beriladigan uy joy haqini to’lash harajatlari (yoki uy-joy,kommunal xizmatlar va boshqa lar uchun pul kompensasiyasi so’mmalari);
Xodimlarga qo’shimcha berilgan ta’tillarga to’langan haq va ular yuzasidan qonun xujjatlarida nazarda tutilgan me’yorlardan ortiqcha kompensasiyalar;
Xodimlarning ovqatlanishi, yo’l haqi, davolanishi uchun, davolanish va dam olishi uchun
yo’llanmalar, ekskursiyalar va sayoxatlar uchun, sport seksiyalari, to’garaklari, klublaridagi mashg’ulotlarga, madaniy-tomosha, jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga borishi uchun,obuna hamda xodimlarning shaxsiy foydalanishi uchun tovarlarga qilingan harajatlarning o’rnini qoplash yoki to’lash va boshqa shunga o’xshash to’lovlar;
Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo’la to’lanadigan nafaqalar;
Bayram sanalari va muxim sanalar, jamoat faoliyatidagi yutuqlar munosabati bilan xodimlarni rag’batlantirish hisoblanadigan bir yo’la mukofotlar;
Sud chiqimlari va boshqalar.
Download 27.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling