2023 yil an’anaviy tarzda Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish bilan boshlandi. Ularni tezroq tushunib olish uchun “Norma” ekspertlarining yo‘l-yo‘riqlaridan foydalaning. Ushbu materialda – foyda solig‘i bo‘yicha saqlab qolinadigan va yangi qoidalar:
Nima saqlab qolinadi:
Quyidagilar saqlab qolinadi:
soliq stavkalari;
soliqni hisob-kitob qilish va to‘lash tartibi;
soliq hisobotini taqdim etish muddatlari.
Nol darajali stavka to‘g‘risida
1. 2022 yil 1 noyabrdan boshlab tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foydaga, eksportdan olingan daromadning jami daromaddagi ulushidan qat’i nazar, nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadi. Endi ushbu norma SKga kiritildi.
2. 2023 yilning 1 yanvaridan boshlab doimiy muassasalar orqali faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston norezidentlariga xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foyda bo‘yicha nol darajali stavka qo‘llanilmaydi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i
Daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslardir. O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti – tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr davomida 183 kalendar kundan ko‘proq muddat O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblanadi. Soliq solinadigan baza – soliq solish ob’ektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning ohirgi kunidagi holatga ko‘ra soliq solish ob’ektlarining qoldiq qiymatlarini (o‘rtacha yillik qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |