Qo‘shimchalar, o‘zgartirishlar va tuzatishlar
Download 21.88 Kb.
|
Test formati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-qism (6 savol)
- YOZISH BO‘LIMI
- GAPIRISH BO‘LIMI
- 2-qism (7-savol)
- 3-qism (8-12 savollar)
4-qism (9 savol)
Matn turi: ommabop materiallar – gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi - 600 so‘z). Tekshiriladigan ko‘nikmalar: matnni batafsil tushunish, matndagi aniq detallarni va ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish. Savollar turi: 21-24-savollar – muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 4 ta javob varianti). Savollar turi: 25-29-savollar – to‘g‘ri/noto‘g‘ri/berilmagan. 5-qism (6 savol) Matn turi: ommabop materiallar – gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi - 600 so‘z). Tekshiriladigan ko‘nikmalar: matnni batafsil tushunish, matndagi aniq detallarni va ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish. Savollar turi: 30-33-savollar – bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z va/yoki raqam). Savollar turi: 34-35-savollar – muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 4 ta javob varianti). YOZISH BO‘LIMI Yozma nutq bo‘limining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida yozma ravishda to‘g‘ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir. Ushbu bo‘lim ikkita topshiriqdan iborat bo‘lib, ajratilgan vaqt javob vaqarasini to‘ldirish bilan birga 60 daqiqani tashkil etadi. 1-topshiriq: berilgan vaziyat va tayanch savollar asosida rasmiy xat yozish (150 so‘z). 2-topshiriq: : berilgan muammoli mavzu yuzasidan esse yozish (250 so‘z). GAPIRISH BO‘LIMI Og‘zaki nutq bo‘limining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida og‘zaki tarzda to‘g‘ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir. Ushbu bo‘lim uchun ajratilgan vaqt 15 daqiqani tashkil etadi. 1-qism (1-6 savollar): shaxsiy qiziqishlarga oid yoki tanish, kundalik mavzularda tayyorgarliksiz suhbat; ommabop masalalar boyicha ma’lumot bera olish va fikrni bildirish. Bunda suhbat tarzida talabgorga kundalik mavzularda, shaxsiy hayotiga oid savollar beriladi va talabgor berilgan savollarga tayyorgarliksiz javob bera olishi lozim. Bu qism 4 daqiqa davom etadi. 2-qism (7-savol): Talabgorga berilgan muammoli vaziyat asosida 2 daqiqali monolog tuzishi talab qilinadi. Talabgor nutqi davomida muammoga o‘z yondashuvi (muammoga yechim)ni ifodalashi kerak. Savollar nomzodning shaxsiy hayotiga oid mavzulardan olinishi kerak. Talabgorga tayyorgarlik uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. 3-qism (8-12 savollar): Talabgorga 2-qism (monolog) mavzusidan kelib chiqqan holda qo`shimcha savollar beriladi. Talabgorga tayyorgarlik uchun vaqt berilmaydi. Download 21.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling