Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni


KO‘CHIRMA GAPLARNI O‘ZLASHTIRMA GAPGA AYLANTIRISH


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/39
Sana09.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1474316
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Sintaksis 7

KO‘CHIRMA GAPLARNI O‘ZLASHTIRMA GAPGA AYLANTIRISH 
Bilib oling. Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, ko‘chirma gapli 
qo‘shma gap sodda gap shaklini oladi
Qo‘shimcha fikr: Ko‘chirma gapning o‘zi bir necha sodda gaplardan iborat bo‘lsa, 
o‘zlashtirma gapga aylantirilganda uyushiq bo‘lakka aylanadi. 
1. Ko‘chirma gap (darak gapli) quyidagi shakliy o‘zgarishlar yo‘li bilan o‘zlashtirma 
gapga aylantiriladi: 
Misol, «Yoshlarimiz istiqboli porloq»,– dedi o‘qituvchimiz. ↔ O‘qituvchimiz 
yoshlarimiz istiqbolining porloqligini aytdi.
Izohlar:
→ Muallif gapida bironta gap bo‘lagi o‘z sintaktik vazifasini o‘zgartirmaydi. Kesimi 
sinonim so‘zlariga almashinishi mumkin, xolos. 
→ Ko‘chirma gap kesimi to‘ldiruvchiga aylanadi; 
→ Ko‘chirma gap egasi qaratqich aniqlovchiga o‘zgaradi. 
2. Ko‘chirma gap (so‘roq/buyruq gapli) quyidagi shakliy o‘zgarishlar yo‘li bilan 
o‘zlashtirma gapga aylantiriladi: 
Misol, «Salima qanday o‘qiyapti?» – deb so‘radi onasi.Onasi Salimaning qanday 
o‘qiyotganligini so‘radi
Izohlar:


Muallif: Fazliddin O‘taganov 
 
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili 
 
34 
→ Muallif gapida bironta gap bo‘lagi o‘z sintaktik vazifasini o‘zgartirmaydi. Kesimi 
sinonim so‘zlariga almashinishi mumkin, xolos. 
→ Ko‘chirma gap (so‘roq/buyruq gapli) darak gapga aylanadi
3. Ko‘chirma gap (kirish so‘z/undalmali) quyidagi shakliy o‘zgarishlar yo‘li bilan 
o‘zlashtirma gapga aylantiriladi: 
Misol, «Xo‘shKanizakxon, ibi, bu qanday bino?»,– dedi yo‘lovchi.↔ Yo‘lovchi 
Kanizakxondan bu qanday bino ekanligini so‘radi

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling