Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
nimanidir shoshilib teradi. U terayotgan narsa non ushog'i ekan. «Muqaddas, bularni boshqa odam to‘kib
ketgan-ku!?»— dedi onasi. Qiz ajablanib qaradi: «Non yerga tushsa, uvol bo'ladi. Katta buvim aytganlar». (M. Ulug‘ova) KO‘CHIRMA GAPLI QO'SHMA GAPNING TUZILISHI Bilib oling. Ko'chirma gapli qo'shma gaplar doimo ikki qismdan - muallif gapi va ko'chirma gapdan tashkil topadi. topshiriq. Berilgan gapdan muallif gapi va ko'chirma gapni ajrating. «Intilganga tole yor», — deydi xalqimiz. mashq.O’qing. Muallif gapi va ko'chirma gaplarni aniqlang. Ularning o’rniga e’tibor bering. Donodan so‘radilar: «Ey donishmand, kishi uchun eng yaxshi narsa nima?» Aytdi: «Jim turmoq ortiqcha so‘zlarni aytmaslik». Yana so’radilar: «Unda bu xislatlat bo‘lmasa-chi?» «Unday odamning bo’lmagani yaxshi» mashq. O’qing. Muallif gapi va ko'chirma gaplarni va ularning joylashish o'rnini aniqlang. Tinish belgilarining qo'yilishiga e’tibor bering.
mashq. Gaplarni ko'chiring, ko'chirma gapli qo’shma gaplarning tuzilishiga e’tibor bering. Abdulla Qodiriy bog‘da ishlayotganida bir odam o‘tib ketayotib: —Ha, ishlayapsizmi? — deb so‘rabdi. —Yo‘q, dam olyapman, — deb javob beribdi yozuvchi. Ma‘lum vaqtdan keyin boyagi odam qaytib o‘tsa, Qodiriy bog‘da o‘ylai tganicha, aylanib yurgan ekan. —Ha, dam olyapsizmi? —Yo‘q, ishlayapman, deb javob qilibdi ijod olamiga sho‘ng‘igan yozuvchi. (R. Obidov) KO'CHIRMA GAPLI QO'SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARINING QO'LLANISHI Bilib oling. Muallif gapi (M) va ko'chirma gap (K) bir- biriga nisbatan turlicha joylashishi mumkin, bunda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi. M: «К». M: «К?» M: «К!» M: «К», — М. M: «К?» — М. M: «К!» — M. «К», — М. «К?» — М. «К!» — M. «К, — M, — К». topshiriq.Berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gapdagi muallif gaprni turli o‘rinlarda qo‘llang.
mashq. O'qing. Ko'chirma gapli qo'shma gaplarni tegishli tinish belgilarini qo'yib ko'chiring. 1.Biz tinchlik daraxtini ekdik. Uni endi do'llardan, bo‘ronlardan asrashimiz kerak deydi Muhammad Ali. 2. Millatlarni elatlarni deydi M.Ulug’ova buyuk do'stlik birlashtiradi. 3. Donolar deydi bolaga mehrni buyruq bilan singdirib bo'lmaydi. 4. Odamlarning manfaatiga kelsak bu narsa mustaqillikdan keyin chinakamiga ustuvorlik kasb etdi deydi Anvar Obidjon. 26
mashq. Ko'chiring. Ko'chirma gap va muallif gaplarini aniqlang va tinish belgilarning ishlatilishini izohlang. 1. «Husayin voiz Koshifiy Sharqda ma’lum va mashhur shaxs,— deb yozadi Najmiddin Komilov «Tafakkur Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling