Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
1.Donolar deydiki: «Vaqting ketdi-baxting ketdi». 2. Balli, Ra'no, — dedi Solih mahdum. (A. Qodiriy) 3. Seni
ilgari ko'rmagan edim-ku, qayerliksan, — deb so'radi u. (Mirkarim Osim) 4. Keldik, -dedi Ochil kulib. (S. Barnoyev) 5. Olcha juda serob, avval ta’tib yenglar, keyin terasizlar, — dedi bir mo'ysafid. (Oybek) bu gaplarni o'zlashtirma gapga aylantiring. O'zlashtirma gap shaklida qanday o'zgarishlar bo'lganini ayting. Namuna:
27
mashq. Ko'chirma gaplarni o'zlashtirma gaplarga aylantiring va ular o'rtasidagi farqlarni ayting. 1.Qadimgilar demishki: «0‘z uyim — o‘lan to‘shagim». 2.«Kamgaplik, — deydi H. Olimjon, — donolik yo‘lining boshlanishi». 3.Behbudiy: Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir, — deb yozadi. 4. «So‘z qolip, fikr uning ichiga quyilgan g‘isht», — deb yozadi A. Qodiriy. 5. «Оr-nomus uchun kurash bolalikdan boshlanadi», — deydi Tog‘ay Murod. MUSTAHKAMLASH topshiriq. Ko‘chiring. Muallif gapi va ko'chirma gaplarni aniqlang. Tinish belgilarini izohlang. Do‘stimga dedim: «Senga sir emaski, gul bebaho, guliston bevafodir». Donishmandlar deydilar: «Har narsaki bevafo bo'lsa, u muhabbat qo‘yishga noravodir». Do'stim dedi: «Xo‘sh, u holda qanday tadbir ko‘riladi?» Men unga javob berdim: «Mutolaa qilganlarga safo, tinglaganlarga shifo baxsh etadigan «Guliston» nomli kitob yozishim mumkin». Shu so‘zlar og‘zimdan chiqar-chiqmas, do'stim etagimga yopishib xitob qildi? «Karam sohibi bo'lgan odam va’da berdimi, va’dasiga vafo qilmog'i lozim!» (Sa ’diy) topshiriq. Matnni o'qing. Ko'chirma gapli qo'shma gaplami o'zlashtirma gapga aylantirib ko'chiring.
KO‘CHIRMA GAPLI QO‘SHMA GAPLAR USLUBIYAТI 1-topshiriq. Quyida berilgan gaplarning umumiy va o‘ziga xos tomonlarini ayting: 1. «Odami ersang, demagil odami,
deydi Alisher Navoiy. 2. Alisher Navoiy xalq g‘amini yemagan odamlarni odam deb hisoblamaslik lozimligini bayon qilgan edilar. Nutq jarayonida so‘zlovchi o‘zi bevosita kuzatgan, bilgan voqea va hodisalar haqida axborot beribgina qolmasdan, o‘zgalardan eshitgan voqea-hodisalarni ham bayon qiladi. Ko‘pincha so‘zlovchi o‘z fikrini qo‘shimcha dalillar bilan isbotlamoq uchun o‘zigacha bo‘lgan buyuk shaxslarning asarlaridan namunalar keltiradi. Yoki ma’lum bir shaxs xarakterini ochish uchun shu shaxs bayon qilgan gapdan foydalanadi. Masalan, «Тiz cho‘kib yashagandan tik turib o‘lmoq yaxshiroq», – deydi G‘ofir. Bu esa nutqning ta’sirchan, mantiqli va ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi. Juda muhim. Monologik nutqda so‘zlovchining o‘zgalar gapidan aynan foydalanishi ko‘chirma gapli qo‘shma gapni hosil qiladi. Bunda qo‘shma gap ikki qismdan tashkil topadi: 1) so‘zlovchining (muallifning) gapi; 2) o‘zganing gapi. Masalan. «Ko‘p narsalarni ko‘zimga ko‘rsatdingiz. Yana ko‘p narsalarni ko‘rgani qo‘limga chiroq Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling