Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
«Bolalarim, yoshlikni g‘animat biling, faqat o‘yin, kulgi, kayf-safo bilan yoshlik davringizni zoye etmang».
(Xurramiy) 5. «Maishatga yetarli mol-u davlatga ega bo‘lgan kishi undan ortiqchasini talab qilmasin, chunki uning poyoni yo‘qdir». (Arastu) 6. «Hasadchi o‘z hasadi ta’siridan bir kun o‘zi halokat chuquriga yiqiladi». (Husayn Voiz Koshifiy) 7. «Har bir kishining so‘zi — o‘z fazilatlarining dalili va aqlining tarjimonidir». (Xoja Ahmad) 8. «Doimo to‘g‘ri so‘zladim, omonatga xiyonat qilmadim, ma’nosiz, behuda so‘zlar so‘zlashdan chekindim». (Luqmoni Hakim) Ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirish yo‘llari 1-topshiriq. Quyidagi ko‘chirma gapli qo‘shma gapni o‘zlashtirib, sodda gapga aylantiring. O‘zlashtirma gapga aylantirish uchun ko‘chirma gap tarkibida qanday o‘zgarishlar qilganingizni ayting. «Siz buyuk
tarkibida qanday o‘zgarishlar qilganingizni ayting. «Siz Amerikada o‘qiysizmi?» — deb so‘radi Aziza. Ko‘p hollarda o‘zgalarning gapi muallif tomonidan aynan keltirilmay, mazmuni saqlangan holda o‘z nutqiga singdirib beriladi. Bunday vaqtda ko‘chirma gapli qo‘shma gap sodda gapga aylantiriladi. Juda muhim. Ko‘chirma gapli qo‘shma gapni sodda gapga aylantirish uchun ko‘chirma gap va muallif gaplari tarkibida ega va kesim vazifasida kelgan bo‘laklarning shakl va vazifasida ayrim o‘zgarishlar qilinadi. Xususan, ko‘chirma gapning egasi qaratqich aniqlovchiga, kesimi esa to‘ldiruvchiga aylantiriladi. Ko‘chirma gap kesimini to‘ldiruvchiga aylantirish uchun unga -lik yoki ekanlik shakllari qo‘shiladi. Egasi II shaxs kishilik olmoshidan ifodalangan bo‘lsa, u I shaxs kishilik olmoshiga aylantiriladi. Muallif gapining kesimi vazifasida kelgan dedi, — so‘zi aytdi so‘zi bilan almashtiriladi. Masalan, Ko‘chirma gap O‘zlashtirma gap
Ko‘chirma gapli qo‘shma gap sodda gapga aylantirilganda, ko‘chirma gaplarga qo‘yilgan qo‘shtirnoq ham ishlatilmaydi. Keltirilgan maqolning ma’nosini izohlab bering, so‘ngra undan ko‘chirma gapli qo‘shma gap hosil qiling. Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar, — deydilar.
tomondan sodir bo‘lgan o‘zgarishni ko‘rsating. 1. Luqmoni Hakimdan so‘radilar: «Odamlarning donosi kim?» Javob berdilar: «Hayot tashvishidan diltang bo‘lmagani». 2. So‘radilar: «Odamlarning qudratligi kim?» Javob aytdilar: «Ahli komil bo‘lgani». 3. Savol berdilar: «Ul qanday olovki, o‘z yoquvchisini kuydiradi». Javob aytdilar: «Hasad». 4. Yana so‘radilar: «Ul qaysi binodirki, hech xarob bo‘lmas?» Javob ayladilar: «Adolat». 5. Savol berdilar: «Ul qanday achchiqlikki, oxiri shirin bo‘lur?» Javob berdilar: «Sabr». 6. Murojaat qildilar: «Ulki ne ojizdir?» Dedilar: «Ahmoqlik». mashq. Berilgan o‘zlashtirma gaplarni ko‘chirma gaplarga aylantirib ko‘chiring. Muallif gapining kesimi qaysi so‘z bilan ifodalanganini aytib bering.
30
1. O‘qituvchi talabalarga odobning yuqori bosqichi go‘zal xulqligini tushuntirdi. 2. Opasi insonning eng zo‘r yordamchisi o‘zining aqli ekanligini uqtirdi. 3. Nodiraxon sukut — salomatlikni, yaxshilik — izzat va obro‘ni keltirishini aytdi. 4. Donishmandlar yalqovlik muhtojlik eshigi ekanligini uqtirganlar. 5. Ustozimiz hasad — yurakning zanglanishi ekanligini tushuntirdilar. 6. Ota-bobolarimiz behuda so‘zlar so‘zlashdan tilni tiyish kerakligini aytishgan. 7. Alisher Navoiy ota va onani oy-u quyoshga o‘xshatgan. 8. Olimlar ortiqcha saodatga intilish saodatni qo‘lga kiritishga to‘sqinlik qilishligini aytganlar. MAТN — ENG YIRIK SINТAKТIK BIRLIK Har qanday og‘zaki va yozma nutq parchasi matn (makromatn) hisoblanadi. Matn mikromatnlarning o‘zaro mazmuniy va grammatik bog‘lanishidan hosil bo‘ladi. Esda saqlang. Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikka ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn hisoblanadi.
Matnning eng kichik birligi gap hisoblanib, ular matn tarkibida ma’lum bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanadi. Ular quyidagilardan iborat: bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi ayrim so‘zlar, takroriy bo‘laklar, olmoshlar, sinonimlar. Karimjon a’lo o‘qish va odobi bilan litseyda katta hurmatga ega. U jamoat ishlarida ham faol qatnashadi. Matn tarkibidagi ikkinchi gap boshida kelgan u olmoshi birinchi gap tarkibida kelgan Karimjon o‘rnida kelib, ikkinchi gapni birinchi gapga mazmunan bog‘lab keladi. Shuning uchun ham u olmoshi matn qismlarini bog‘lovchi, ya’ni matn hosil qiluvchi vosita sanaladi. Mikromatnni hosil qilishda takrorlar eng muhim vositadir, chunki u ham gaplarni bog‘lovchi vosita hisoblanadi, ham uslubiy bo‘yoqdorlik hosil qiladi. E’tibor bering:
Тakrorlar gap oxirida qo‘llanilishi ham mumkin. Angladimki, olamda
mashq. Quyida berilgan parchadan mikromatnni bog‘lovchi vositalarni toping. Mastura! Uning qo‘llariday mayin, iliq, mehribon qo‘llar bormi olamda? Uning barmoqlariday nozik, kishining boshini silaganda qalbini nurga to‘ldirib, dilini ravshan qiladigan barmoqlar bormikin dunyoda? Odatda opa-singil, aka-ukalar uncha inoq bo‘lavermaydilar, biroq Mashrab esini taniydiki, qulog‘ida Masturaning mehribon, muloyim ovozi yangraydi. Ilgari, Mastura turmushga chiqmasdan burun, Gulsum opa yoki A’zam akaning tazyiqi o‘tgan mahallarda yoki biror gunoh qilib qo‘yib kaltak yeyish xavfi tug‘ilgan paytlarda, Mastura bilan Mashrab birga bekinishar, g‘azab va kaltakni birga baham ko‘rishardi. Masturaning sevgisi, chidami, hijron dog‘lari uning o‘ziday pok, chiroyli, samimiy, ehtimol, shuning uchundir, Mashrab vafosizlik to‘g‘risidagi kitoblarni o‘qisa, yo erkaklar og‘zidan xotin-qizlar haqida shaloq gaplar eshitsa, esiga hamisha Mastura tushadi-yu, butun vujudi isyon ko‘taradi, bunday gaplarning birontasiga ishonmaydi. (O. Yoqubov)
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling