31
Radio, televideniye orqali taralayotgan suxandonlar nutqini har kuni eshitasiz. Gazeta-
jurnallarda e’lon qilinayotgan xabarlarni o‘qiysiz. Badiiy asarlarni mutoala qilib, tilimizning badiiy-
estetik quvvatidan bahramand bo‘lasiz. Fizika, matematika singari fanlarni ham o‘zbek tilida o‘qiysiz,
shu bilan birgalikda ko‘cha-ko‘yda, oilada, mahallada turli yoshdagi kishilar bilan muloqotga
kirishasiz.
Agar yuqorida bayon qilingan nutqiy jarayonlarga e’tibor bilan qarasangiz, ularning hammasi
garchi o‘zbek tilining bevosita voqealanishi bo‘lsa ham, lekin ma’lum jihatlari bilan bir-biridan
farqlanishining guvohi bo‘lasiz.
Demak, adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida qo‘llaniladigan bir necha
ko‘rinishlari mavjud. Ana shunday ko‘rinishlari nutq uslublari hisoblanadi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida qo‘llaniladigan ko‘rinishi
Do'stlaringiz bilan baham: