nutq uslublari deyiladi.
O‘zbek tilining nutq uslublarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga esa o‘zbek tili
uslubiyati deyiladi.
O‘zbek tilining ichki tuzilishinigina o‘rganish bizga bu til haqida to‘la axborotni bera olmaydi,
chunki til birliklaridan qachon, qayerda, qanday vaziyatda foydalana bilish ham katta ahamiyatga ega.
Masalan, muhtaram, qimmatli, aziz singari so‘zlarni ma’lum shaxs bildiruvchi so‘zlarga faqat rasmiy,
publitsistik uslublarda qo‘shib ishlatishingiz mumkin: Muhtaram Solijon Soqiyevich! Qimmatli aka, aziz
opajon kabi. Bunday birikmalarni yoningizda siz bilan oddiy holatda jonli muloqot qilib turgan
kishilarga qo‘llay olmaysiz. Agar shunday birikmalarni qo‘llasangiz, noqulay ahvolga tushasiz.
O‘zbek adabiy tili quyidagi uslublar orqali namoyon bo‘ladi: 1) so‘zlashuv uslubi; 2)
publitsistik uslub; 3) badiiy uslub; 4) rasmiy uslub; 5) ilmiy uslub. Bulardan so‘zlashuv uslubi
og‘zaki nutqqa xos bo‘lsa, qolgan uslublar esa ham og‘zaki, ham yozma shakllarga ega.
Masalan, ilmiy asar yoki ilmiy ma’ruza matni yozma nutqqa, ilmiy ma’ruzaning o‘zi esa og‘zaki
nutqqa xosdir. Shuningdek, badiiy uslubning ham yozma va og‘zaki (xalq og‘zaki ijodi)
Do'stlaringiz bilan baham: |