turli xil anjumanlarda qo‘llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi.
Publitsistik uslub ikki xil shaklda namoyon bo‘ladi: 1) yozma shakl; 2) og‘zaki shakl.
Ijtimoiy-siyosiy
masalalarga
bag‘ishlangan
bosh
maqolalar,
felyeton
va
pamfletlar,
murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio
va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning
og‘zaki shaklidir.
Publitsistik uslubning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol
munosabatda bo‘lishlik, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubi ijtimoiy
masalalarga harakatchanliligi tufayli unda ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar ko‘proq
qo‘llaniladi. Masalan, isyon, irqchilik, qo‘poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va boshqalar.
Publitsistika bir qancha janrlarga ega. Har qaysi janrning o‘zi, masalan, gazeta, radio,
televideniyeda beriladigan reportajlar uslub va uslubiy vositalari hamda o‘zida berilayotgan reportaj,
pamflet, felyeton kabi nutqiy vositalari jihatidan farqlanadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan ularning
hammasi bir umumiy belgi asosida publitsistik nutqning turli ko‘rinishlari sanaladi. U ham bo‘lsa,
nutqning jamiyatga qaratilganidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |