Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
mashq. Quyidagi matnni o‘qing. Uning nima sababdan publitsistik uslubga kiritilganini izohlang. MILLIY MAFKURANING NEGIZI Siyosiy tutqunlik og‘ir, lekin milliy o‘lim — millatning butkul halokatidir. O‘zbek xalqi o‘tgan asrda chorizm istilosi tufayli siyosiy tutqunlikka tushdi, biroq milliy qiyofasini yo‘qotmadi. Ana shu milliy qiyofamizdan butungi siyosiy mustaqilligimiz o‘sib chiqdi, chunki ma’naviyat siyosiy ozodlikka chorlayveradi. Prezident aytganidek: «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni — xalq, millatni — millat qilishga xizmat etsin». Milliy mafkuramizning negizlaridan biri — tilga bo‘lgan munosabatimizdadir. Тil — millat vakillarini mustahkam birlashtiruvchi, tutib turuvchi belbog‘. Demak, bu ramziy belbog‘ning kuchi, qudrati siz-u bizlarning ona tilimizga bo‘lgan munosabatimizga bog‘liqdir. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar. Qayerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin. Mafkura sohasida bo‘shliq vujudga kelishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Inson uzluksiz ravishda ezgulikka yo‘g‘rilgan ruhiy, 34
Milliy mafkura millatning tub manfaatlarini nazariy asoslab berishiga va himoya qilishga da’vat etilgandir, uning bosh vazifasi ham shudir. Bizning istiqlol mafkuramiz asriy milliy qadriyatimizga, yangi vujudga kelgan va kelayotgan xalqimizning bugungi va kelajakdagi manfaatlarini ifodalaydigan fikrlarga — xalq tafakkuriga asoslanishi lozim. (A. Ibrohimov) Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling