boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning namli yuzlari kuldi. (Cho’lpon)
mashq.
O'qing, matnda qanday badiiy tasvir vositalaridan foydalanilganini aniqlang.
Martning oxirgi kunlari. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko'yga solyapti.
Oftob har safar bulut ostiga kirib chiqqanda, bahor kelganidan bexabar, hanuz g'aflatda yotgan o‘t-o‘lanni,
qurt-qumursqani uyg‘otgan, avvalgidan ham yorug‘roq, avvalgidan ham issiqroq shu’la sochayotganday
tuyuladi,
Kasalxonaga yaqinda tushgan Madrahimov, jikkakkina kishi, o‘ziga juda ham katta ko‘k xalatga burkanib,
yengchadan boshini chiqarib turgan sichqondek, derazadan ko‘chaga qarab o'tirgan edi. (Abdulla Qahhor)
mashq. Badiiy tasvir vositalarini izohlang.
Endi Zebi «Yor-yor»ni yolg‘iz o‘zi aytardi. Aravakash bilan biiga, qolgan qizlar—hammasi bir quloqqa
aylangan
edilar.
Ot
bu
go‘zal
ovozning shirin kuylari ostida boshini quyi solib, bo'ynini asta-asta likkillatib, bitta-bitta qadam bosardi...
«Yor-yor»lar
bitib,
boshqa
har xil kuylarga o’tildi. Endi Zebini to'xtatmoq mumkin emasdi. Dalalarning keng quchoqlaridan uchishib
kelgan
mayin
shabadalar
qiz og‘zidan chiqqan unlarni o‘z qanotlariga mindirib, allaqayerlarga, olislarga olib "ketardilar. Hov
yiroqlarda lipillab ko‘ringan qishloq chiroqlari ham, tepadagi yulduzlar singari, shabada qanotlari bilan
kelgan chiroyli unlarning zavqi bilan mast bo‘lib yonardilar. (Cho‘lpon)
Do'stlaringiz bilan baham: |