Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling


«Inson qalbi javohirlardek toza, pok bo‘lmog‘i lozim»


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/91
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#218371
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   91
Bog'liq
QO'SHMA GAP 2miraziz

«Inson qalbi javohirlardek toza, pok bo‘lmog‘i lozim», — deb aytgan edi Abu Rayhon Beruniy. 

       mashq. Gaplarni o‘qing. Nuqtaning ishlatilish o‘rinlarini sharhlang. 



       Insonning  nima  ish  qilayotganiga  qarab,  uning  kimligini  aytib  bersa  bo‘ladi.  (H.  Hegel)  Qo‘lingdan 

kelmagan  ishni  qilma.  Haqiqiy  buyuklik  o‘zini  tuta  bilishdan  iborat.  (F.  Lafonten)  2005-yil  —  sihat-

salomatlik  yili.  «Farzandim  —  jigarbandim».  Dalalarim  —  bobolarim  sho‘r-sho‘r  peshonasi.  Dalalarim 

— otalarim yag‘ir-yag‘ir yelkasi. Dalalarim — ayollarim xazon-xazon umri.  (T. Murod) 

—  Menga ruxsatmi? 

— Ruxsat. 

 

— Boray bo‘lmasa... 

— Boring.  Bu  yoqlarga  kelganda...  mundoq...  kirib  turishni  ham  unutmang.    (Murod  Muhammad 

Do‘st) 

Di1navoz. Shu kishi to‘g‘risinda nima deysan? 

Rahimbaxsh. Buyukdir.  

Di1navoz. Shunga yurakdan hurmatim bor. 

Rahimbaxsh. Hurmatga arziydir. 

Di1navoz. O‘zi esa ma’jus. 

Rahimbaxsh. Insonliq ma’juslik yo musulmonlikka qaramaydir. Lolahardiyol insondir.  (A. Fitrat) 

       Toshkent.  Mustaqillik  maydoni.  Navro‘z  tantanalarining  boshlanishiga  sanoqli  daqiqalar  qoldi.  

(Bayram reportajidan) 

 mashq. Matnni o‘qing. Tinish belgilarining yozuvdagi o‘rni haqida fikr yuriting. 



       Bir  kuni gazeta  muharrirlaridan  biri  havaskor  shoirdan  xat  oldi. Shoir  o‘ta  mazmunsiz she’r  yozib, 

tagiga xat ham ilova qilib qo‘ygan ekan: 

— Tinish belgilarini qo‘ymadim, uzr, o‘zingiz qo‘yib olarsiz. Fig‘oni falakka chiqqan muharrir darhol 

havaskor shoirga javob xati yo‘lladi: 

—Kelgusi safar tinish belgilarining o‘zini qo‘yib yuboravering, so‘zlarini o‘zim topib qo‘yarman.  

          mashq. Vergulning qo‘yilish sabablarini izohlang. 



         Eng  muhimi,  mustaqillik  tufayli  odamlarimizning  dunyoqarashi  va  tafakkuri,  ma’naviy  qiyofasi 

o‘zgardi, jamiyatimizda ahillik, muruvvat, mehr-oqibat, tinchlik va osoyishtalik qaror topdi. 

Yaxshiga yondash, yomondan qoch. Mard bir o‘lar, nomard — ming. 

— Bu senmi, qizim! 

— Men, otajon!    (A. Qodiriy) 

        Pastda,  yigirma  metrcha  quyida,  naq  oyoqlari  ostida  Chuqursoy  quyosh  nurida  tasmaday  yaltirab 

oqib yotardi.   (I. Hasanov) 

                        Illat izlaganga illatdir dunyo

G‘urbat izlaganga g‘urbatdir dunyo, 

Kim neni izlasa topgan begumon

Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo.(E. Vohidov) 

       —Ha, xola, uyda nima qilasiz? 

 

— Uxlayin, bolam, men qari narsa yarim kechagacha o‘tirolamanmi? Sizlar, yosh-yalang o‘ynab-kulib 

ko‘ngillarni yozinglar. Men orom olay... (A. Cho‘lpon) 

          Sidiqjon gap boshlamoqchi bo‘lib: 


43 

 

— Qalay,  —  dedi  va  sap-sariq  qamishzorning  u  tomonida  oqarishib  turgan  daryoni  ko‘rsatdi,— 



bahavo joylar ekanmi?   (A. Qahhor) 


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling