35
mashq. O‘qing, matnning qaysi uslubga xos ekanligini ayting.
1. Qorda ko‘milgan izni dadam ko‘ribdi shekilli, kechqurun oyimdan so‘radi:
— Kimga ko‘mir berding?
Oyim aybdor qiyofada yerga qarab turdi-da, rostini aytdi.
— Habiba buvi shamollab qopti. Ko‘miri yo‘q ekan, oborib berdim. Dadam oyimni urishmadi. (O‘.
Hoshimov)
2. Ona tili hayotning qon tomiridir. Ona tiliga beparvo bo‘lgan xalq halokatga mahkum. Diniga,
ma’rifatiga, xulq-atvoriga, kiyim-kechagiga va hayot tarziga ko‘ra o‘zaro qo‘p mushtaraklikka ega
bo‘lgan Ovro‘pa xalqlari, shunga qaramay, har qaysisi o‘z ona tilini saqlab qola bilgan. Ular ona tillari
uchun jonlarini ham, mollarini ham ayamaydilar, chunki biladilarki, tili yo‘q bo‘lsa, millat ham yo‘q
bo‘lib ketadi. (Ismoilbek G‘asprali)
RASMIY USLUB
Bilib oling. Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo'lib, muayyan nutqiy qolip, qat'iyodat
Do'stlaringiz bilan baham: