Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/91
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#218371
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91
Bog'liq
QO'SHMA GAP 2miraziz

                           ILMIY USLUB 

Bilib  oling.  Daliliy  ma’lumotlar  asosida  chiqarilgan  ilmiy  xulosalarga  asoslanuvchi,  har  bir  fan 



sohasining  o'ziga  xos  atamalariga  tayanuvchi,  fikrni  aniq  va  mantiqiy  izchil  shaklda  bayon 

qiluvchi uslub ilmiy uslub sanaladi. 

       Ilm-fan sohasida qo‘llaniluvchi nutq uslubi ilmiy uslub hisoblanadi. 

Ilmiy uslub daliliy ma’lumotnomalar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga (ta’rif-qoidalarga) ega 

bo‘lish, atamalarining keng qo‘llanilishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi. 

          Ilmiy  uslub  ham  o‘z  ichida  ikki  guruhga  bo‘linadi:  1)  sof  ilmiy  uslub;  2)  ilmiy-ommabop 

uslub. 

        Sof  ilmiy  uslub  muayyan  fan  sohasidagi  kishilarga  nisbatangina  qo‘llaniladi.  Shuning  uchun  bu 

uslubda fanning ma’lum sohasiga doir atamalar keng qo‘llaniladi. 

Ilmiy-ommabop  uslubda  esa  fan  yutuqlarini  keng  ommaga  yetkazish  maqsad  qilinadi.  Shuning 

uchun  bunday  uslub  publitsistik  uslubga  yaqinroq  bo‘ladi.  Ma’lum  fan  sohasiga  doir  atamalar 

qo‘llanilsa ham, lekin bu atamalar xalqqa tushunarli bo‘lishi uchun izohlanadi. 

Sof ilmiy uslubning o‘zi ham fan tarmoqlari bo‘yicha bir-biridan farqlanadi. Masalan, matematika 

uslubi  bilan  tarix  yoki  adabiyotshunoslik  uslubi  bir  xil  emas.  Тarix  va  adabiyotshunoslik  uslubi 

publitsistik uslubga yaqinroq tursa, matematika fanining bayon qilish uslubida eng yuqori darajadagi 

mavhumlashtirish,  turli  xil  formulalar,  shakliy  ifodalar  orqali  ilmiy  xulosalarni  bayon  qilish  kuchli 

bo‘ladi. 

               mashqMatnni o‘qing, ilmiy uslubga xos bo‘lgan o‘rinlarga diqqat qilib ularni izohlang. 

  Bakteriyalarni  o‘ldiradigan  va  organizmni  yuqumli  kasalliklarga  qarshi  chidamli  qiladigan 

moddalar qonda bo‘ladi. 

Leykotsit  tarkibidagi  leykin  ham  bakteriyalarni  o‘ldiradi.  Shuningdek,  leykinga  o‘xshash  plakin 

degan modda qon trombotsitlaridan ajratib olinadi. 

Qonning tabiiy muhofaza moddalaridan biri betalizin hisoblanadi. 

Mana shulardan tashqari, qon va organizm suyuqliklarida «ingibitorlar» deb atalgan moddalar ham 

topilgan. Ular mikroblarning rivojlanishini va ko‘payishini to‘xtatibgina qolmay, balki viruslarga qarshi 

g‘oyatda  faol  ta’sir  qiladi.  Chunonchi,  nukleazalar  oqsil  tabiatli  fermentativ  moddalar  bo‘lib,  nuklein 

kislotalarni  parchalaydi.  Shunisi  ham  borki,  ribonuklein  kislota  RNKning  faqat  ribonukleaza  fermenti, 

dezoksiribonuklein esa  DNKning dezoksiribonukleaza fermentinigina parchalaydi. 


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling