topshiriq. Matnni o'qing.
Abdulla Qahhorning «Notiq» hikoyasida notiq o‘z uyida turmush o‘rtog‘iga «0‘rtoq xotin» deb murojaat qiladi.
Bu bilan personajning xarakteri ochiladi va o'quvchi kulgisini qo‘zg‘atadi. Buning sababi shundaki, ma’lum
nutqiy vaziyat uchun xoslangan uslub boshqa nutqiy vaziyatda qo'llangan.
Ko'rinadiki, ona tilimizning imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish uchun uning so‘z boyligi-yu, grammatik
qonun-qoidalarini bilishgina kifoya qilmaydi. Buning uchun adabiy tilimizdan ma’lum nutqiy vaziyatga
muvofiq ravishda foydalana olish ko'nikmasiga ham ega bo'lish lozim.
mashq.
O'qing. Matnning qaysi uslubga mansubligini ayting va uslubiy xoslangan so'zlarni
aniqlang.
Moddalar tarkibining doimiyligi qonuni kimyoning asosiy qonunlaridan biridir. Bunga muvofiq, har qanday
toza modda, olinish usulidan qat’iy nazar, o'zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega bo'ladi. Masalan,
karbonat angidrid ko‘p xil usullar bilan sintez qilinishi mumkin: 1) uglerod; 2) karbonatlarga kislotalar ta’sir
ettirish orqali va boshqalar. («Kimyo» darsligidan)
mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |