Matnni o'qing, uning qaysi uslubda yozilganini aniqlang.
Arabnavis olimlardan Istaxriy, Ibn Havqal, al-Muhaddasiy va boshqalar Shosh viloyati haqida yozganda uning
markazi Binkat shahri deb ko'rsatganlar. Binkat hozirgi Xadra, Eski Jo‘va va Chorsu oralig'ida bo‘lgan. Binkat
nomi forscha-tojikcha bin- ко ‘rinish, ко ‘zga tashlanish, kat so‘g‘dcha shahar, qishloq, manzil degan ma’nolami
bildirgan.
Abu Rayhon Beruniyning «Qonuni Ma’sudiy» asarida «Binkat — bu Shoshning poytaxti, turkiy tilda Toshkand,
yunonchadan arabchaga taijima qilsak, Burj al-hijora «tosh minora» bo‘ladi» deb yozilgan. Beruniyning
so'zlarini boshqa olimlar ham tasdiqlaydi. Masalan, buyuk tilshunos Mahmud Koshg'ariy o'zining «Devonu
lug‘otit-turk» asarida : «Tashkan — Shoshning nomi, uning asli nomi Toshkand bo‘lib, «toshdan qurilgan
shahar demakdir»,— deb yozgan. Demak, poytaxtimiz nomining Toshkent shakli ilk bor Beruniy asarlarida
uchraydi. (S.Qorayev)
Do'stlaringiz bilan baham: |