1. — O‘, qardosh, sen faylasuf ekansan. Qo‘y, bu gaplarni.
— Bu falsafa emas, bu haqiqat! — dedi Chuvrindi haqoratlangan odamning ovozida. — Avvalgi kuni,
idorangizda bizni ancha masalalarda aybladingiz. Mehmoningiz edim, chidab eshitdim. Bizni o‘zbek (!)
deydilar. Mayli, qaysilarimiz noahildirmiz, boshqadirmiz, lekin o‘zbekmiz, «o‘z»imizga «bek»miz. Qullikni
hazm qilolmaymiz. (T. Malik)
2. — Shayx Sa’diyning hikmatli so‘zi bor: «Har bir hurigan itni quva bersang, manzilga qachon
yetasan?»
3. Ijtimoiy-milliy taraqqiyotning bosh yo‘nalishlari:
— demokratiya va qonuniylik;
—
mulkchilik
shakllarining
rang-
barangligi va bozor munosabatlari;
— yuksak ma’naviyat va madaniyat, kishilarni o‘z tarixiga, xalqning ma’naviy merosi va
an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash, jahon madaniyati yutuqlarini egallash;
— xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, jahon hamjamiyatiga kirib borish. (Yangi O‘zbekistonning 7
zafarli yili. – T: «Sharq», 1999, 4-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |