Qoʼshma soʼzlar


Download 247.45 Kb.
Sana30.01.2023
Hajmi247.45 Kb.
#1140971
Bog'liq
3-laboratoriya ishi






3-laboratoriya ishi
8-sinf o‘quvchilari uchun so‘z birikmasi va qo‘shma so‘zning o‘xshash, farqli tomonlarini aniqlash metodikasi asosida mashq va topshiriqlar ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Limon mevasining nordon va o‘tkir taʼmi insonni tetiklashtiradi. Undagi C vitamini esa immunitetimizga turli kasalliklar bilan kurashishda yordam beradi. Bundan tashqari, limon kislotasi ovqat hazm qilishni osonlashtiradi, organizmda moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Temir moddasiga boyligi sabab kamqonlikni davolaydi. Eng muhimi, shamollashda juda ham samarali yordam beradi. Biroq limonning zararli taraflari ham yo‘q emas. Masalan, oshqozon yoki ichak yarasidan aziyat chekayotganlar, sitrus mevalarga allergiyasi borlar uni isteʼmol qilmasligi kerak. Limon tish emaliga salbiy taʼsir qiladi. Uni juda ko‘p miqdorda isteʼmol qilish esa qon bosimiga yomon taʼsir ko‘rsatadi. Oshqozon shilliq qavatiga salbiy taʼsir etishi tufayli uni och qoringa isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi.
Limon yuqori haroratda foydali xususiyatlarini yo‘qotadi. Shu sababdan qaynoq choyga limon solish xato. Bir kunda bir necha bo‘lak limon isteʼmol qilish mumkin. Limonning o‘zini yegandan so‘ng tish emaliga zarar keltirmasligi uchun og‘izni chayish zarur.Limon xarid qilayotganda mevaning qattiq va tarangligiga eʼtibor qiling. Meva yumshoq bo‘lsa, demak, eskirgan. Foydali va sersuv limonning po‘sti silliq va qattiq bo‘ladi. Limonni sovitkichda 4–5 haftagacha konteyner yoki yelim xaltalarga solib saqlash mumkin. Xona haroratida esa bir haftacha yaxshi saqlanadi, so‘ng quriy boshlaydi.
1-topshiriq.Matndagi qoʼshma soʼz va soʼz birikmalarini quyidagi jadvalda ajratib koʻrsatish.

Qoʼshma soʼzlar

Soʼz birikmasi

M:Yordam bermoq

Limon mevasi











































2-topshiriq.Berilgan soʼzlarni soʼz birikmasi va qoʼshma soʼzlarga ajrating.
Oqqush, suv ilon, oq qush, suvilon, novcha boʻyli, goʼzal qishloq, toshbagʻir, borib kelmoq, tilyogʻlama, oshqozon,atayin baqirmoq, oshqovoq, qoʼykoʼz, tili shirin, qoʼyning koʼzi, oshtaxta, sotib olmoq, maktabga bormoq.
Quyidagi link orqali soʼz birikmasi va qoʼshma soʼz haqida yana batafsil bilib olishingiz mumkin.
https://www.youtube.com/live/yALEjifsd3g?feature=share
immunitetimizga turli kasalliklar bilan kurashishda yordam beradi.

Bundan tashqari, limon kislotasi ovqat hazm qilishni osonlashtiradi, organizmda

moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Temir moddasiga boyligi sabab kamqonlikni

davolaydi. Eng muhimi, shamollashda juda ham samarali yordam beradi.

Biroq limonning zararli taraflari ham yo‘q emas. Masalan, oshqozon yoki ichak

yarasidan aziyat chekayotganlar, sitrus mevalarga allergiyasi borlar uni isteʼmol qilmasligi

kerak. Limon tish emaliga salbiy taʼsir qiladi. Uni juda ko‘p miqdorda isteʼmol qilish esa

qon bosimiga yomon taʼsir ko‘rsatadi. Oshqozon shilliq qavatiga salbiy taʼsir etishi tufayli

uni och qoringa isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi.

Limon yuqori haroratda foydali xususiyatlarini yo‘qotadi. Shu sababdan qaynoq choyga

limon solish xato. Bir kunda bir necha bo‘lak limon isteʼmol qilish mumkin. Limonning

o‘zini yegandan so‘ng tish emaliga zarar keltirmasligi uchun og‘izni chayish zarur.

Limon xarid qilayotganda mevaning qattiq va tarangligiga eʼtibor qiling. Meva yumshoq

bo‘lsa, demak, eskirgan. Foydali va sersuv limonning po‘sti silliq va qattiq bo‘ladi.

Limonni sovitkichda 4–5 haftagacha konteyner yoki yelim xaltalarga solib saqlash

mumkin. Xona haroratida esa bir haftacha yaxshi saqlanadi, so‘ng quriy boshlaydi.



Internet maʼlumotlari asosida tayyorlandi
Download 247.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling