Qosimova zarnigorning fizika o’qitish metodiksi fanidan


Download 179.66 Kb.
bet9/16
Sana26.01.2023
Hajmi179.66 Kb.
#1125188
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Azimov Shahobiddin

Mikroskop. Mikroskop yaqin joylashgan juda mayda obektlarni ko`rishga mo`ljallangan. Uning optik sistemasi  obektiv va O2 okulyardan iborat bo`lib, ularning optik o`qlari bir to`gri chiziqda yotadi. Mikroskopning chiziqli kattalashtirishi K buyumning ikkinchi  tasvirining H o`lchamini shu AV buyumning o`lchami h ga bo`lgan nisbati bilan aniqlanib, u quyidagi formula bilan aniqlanadi:

(2.1.5)
bunda  – mikroskop tubusining uzunligi,  –ko`zning eng yahshi kurish masofasi bo`lib, u D0 =25sm ga tengdir. F1 va F2–obektiv va okulyarning fokus masofalari.Amalda yoruglikning difraksiyasi sababli mikroskopning kattalashtirishi 2500–3000 dan ortmaydi.
Yoruglik to`lqin uzunligi kamayishi bilan sindirish ko`rsatkichi ortsa, dispersiya normal dispersiya deb, aks holda anomal dispersiya deb yuritiladi. Rangsiz shaffof muhitlar (yani yoruglikni kam yutuvchi muhitlar)normal dispersiya hususijatiga ega; ular binafsha nurlarni (qisqa to`lqinli) eng kuchli sindiradi. Rangli muhitlarda anomal dispersiya bo`lishi mumkin.
Dispersiya tufayli oq yoruglik nuri sindiruvchi muhitdan o`tganida turli monohromatik nurlarga ajraladi. Ekranga tushgan bu nurlar dispersiya spektri–turli rangli yo`llar (polosalar) to`plamini hosil qiladi.
Yoruglik ponasimon shakldagi modda, masalan, prizmada, singanida dispersiya spektri ainiqsa aniq bilinadi. Yoruglikning shisha prizmadagi dispersiyasi ko`rsatilgan. Shisha normal dispersiyaga ega bo`lgani uchun binafsha rangdagi nur uchun ogish burchagi  qizil nurning ogish burchagi  dan katta bo`ladi.
Sepektrlar va ularning turlari. Dispersiya spektrining chekka ranglariga mos keluvchi nurlar orasidagi burchak dispersiya burchagi deyiladi: spektrning kengligi bu burchakka bogliq bo`ladi. (1.1.6) formula va rasmdan

(2.1.6)
bu erda nb va nq prizmaning binafsha va qizil ranglar uchun sindirish ko`rsatkichlari, nb– nayirma odatda modda dispersiyasining miqdorii harakteristikasi bo`lib hizmat qiladi. Umuman esa dispersiya o`lchovi sifatida sinlirish ko`rsatkichi o`zgarish  ning yoruglik to`lqini uzunligining mos  o`zgarishiga nisbati, yani  kattalik olinadi.
2.1.1–rasm.

Prizmalar spektrometr va spektrograflarda dispersiya spektrlari hosil qilish uchun ishlatiladi. Spektrlarning tashqi ko`rinishi yoruglik manbaining hossalariga bogliq ravishda goyat turlicha bo`lishi mumkin. Uchta asosiy spektr turlari bor: tutash spektrlar, chiziqli spektrlar va yo`l–yo`l spektrlar.


Tutash spektrlarda barcha ranglar (to`lqin uzunliklar) bo`ladi, shu bilan birga bir rangdan ikkinchisiga o`tish asta–sekin (uzluksiz) bo`ladi, bundan ko`rinib turibdi.
Chiziqli spektr bir–biridan keng qora oraliqlar bilan ajralgan qator aniq chegaralangan rangli chiziqlardan iboratdir. Har bir chiziqqa bitta aniq yoruglik to`lqini uzunligi mos keladi. Yo`l–yo`l spektr alohida gruppa bo`lib joylashgan ko`p sonli chiziqlardan tuzilgan. Bu gruppalarning har biridagi chiziqlar bir–biriga shuncha yaqin joylashganki, ajrata olish qobiliyati kichik bo`lgan asbobda kuzatilganda, butun gruppa alohida polosa bo1lib ko`rinadi. Shunday qilib, har bir yo`lga yoruglik to`lqinlari uzunligining biror intervali to`gri keladi.

Download 179.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling