Qosimova zarnigorning fizika o’qitish metodiksi fanidan
-§. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika fani o’quv rejalari
Download 179.66 Kb.
|
Azimov Shahobiddin
1.3-§. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika fani o’quv rejalari.
Ixtisoslashtirilgan maktablarda fizika fani tayanch o‘quv rejada belgilangan o‘quv soatlar doirasida haftasiga 3 soatdan o‘qitilishini ta’minlasin; b) 2021-yil 1-oktabrga qadar fizika fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv modullarini ishlab chiqsin, ular bo‘yicha videodarslarni tayyorlasin va foydalanish uchun “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasiga joylashtirsin; v) ixtisoslashgan maktablarning o‘quv laboratoriyalaridan unumli foydalanish maqsadida ushbu maktablarda maktabdan tashqari “Amaliy fizika” to‘garaklarini tashkil qilsin hamda ularning faoliyatiga yoshlarni keng jalb qilish choralarini ko‘rsin; g) 2022-yil 1-yanvarga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bittadan “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “STEM” fizika klublarini tashkil etsin, klub a’zolari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘rtasida har yili “Milliy fizika” musobaqasini o‘tkazib borsin. 5. Xalq ta’limi vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda: Fizika fanini o‘qitish usullarini takomillashtirish maqsadida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, tajriba-sinov tariqasida 20 ta umumta’lim muassasasida “virtual laboratoriya” loyihasini ta’lim jarayoniga tatbiq etish choralarini ko‘rsin; Tajriba natijalaridan kelib chiqib, 2022-yil 1-iyunga qadar “virtual laboratoriya”larni boshqa umumta’lim muassasalarning ta’lim jarayoniga joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin. 6. Davlat test markazi va Xalq ta’limi vazirligi 2022-yil 1-yanvarga qadar fizika fanidan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimini joriy qilsin. Belgilansinki, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab ixtisoslashtirilgan maktablarning fizika fani bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimida maksimal ballning 70 va undan yuqori foizini to‘plagan fizika fani o‘qituvchilariga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik ustama haqi 50 foiz miqdorida to‘lanadi. 7. Bosh vazir o‘rinbosari B. Musayev Farg‘ona viloyati hokimligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil noyabr oyida Farg‘ona viloyatida buyuk mutafakkir Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi fizika fanidan xalqaro olimpiadani yuqori saviyada tashkil etish choralarini ko‘rsin. 8. Belgilansinki, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab: a) oliy ta’lim muassasalarining “Fizika”, “Biotibbiyot fizikasi”, “Fizika va astronomiya” kabi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g‘oliblari va fizika bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari fizika mutaxassisliklari bo‘yicha qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida magistraturaga o‘qishga qabul qilinadi; b) oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan: Fizika fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga oylik maoshining 100 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti; Fizika fanlari bo‘yicha talabalar uchun to‘garaklar olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning oylik maoshlariga 25 foiz miqdorida har oylik ustama haq to‘lanadi. 9. Quyidagilar: Vazirlik, xo‘jalik birlashmalari va ishlab chiqarish korxonalariga fizika yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalarini biriktirishgan. Fizika fanlari bo‘yicha yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash hamda ularning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida hududlarda tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-o‘quv markazlarimavjud; 2022 — 2024-yillarda fizika fani bo‘yicha o‘quv laboratoriyalari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanadigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati bor. 10. Belgilab qo‘yilsinki: Oliy ta’lim muassasalarida fizika fani bo‘yicha o‘quv laboratoriyasi jihozlarini xarid qilish hamda hududlarda oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-o‘quv markazlarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish foydalanuvchi oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari, xorijiy grantlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi; hududlardagi oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-o‘quv markazlarining laboratoriya jihozlaridan foydalanish, ularni saqlash va ekspluatatsiya qilish, butlovchi buyumlar va sarflanadigan materiallar bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish buyurtmachi oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; xo‘jalik birlashmalari va ishlab chiqarish korxonalari zimmasiga o‘ziga biriktirilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim muassasalarida fizika yo‘nalishida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga erishish, soha mutaxassislari rahbarligida amaliyotlarni o‘tash, ilmiy ish natijalarini amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashish va tijoratlashtirish, pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkaga yuborishni tashkil etish yuzasidan javobgarlik yuklanadi. 11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimida fizika fanlarini sohalarga moslashtirilgan holda o‘qitishni yo‘lga qo‘ysin; Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar yoshlar o‘rtasida fizika fanlariga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning fizika, elektronika sohasidagi iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan “Yosh fiziklar portali”ni ishga tushirsin; 2022-yil 1-iyunga qadar oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi Maktablarning fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun takomillashtirilgan dasturlar asosida yangi darslik va muqobil adabiyotlar yaratish, moddiy-texnik, laboratoriya va o‘quv-metodik ta’minotini, shu jumladan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan yangilash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin; yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fizika sohalari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ysin; Samarqand davlat universiteti tuzilmasida fizika sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi “Samarqand davlat universitetining muhandislik fizikasi instituti”ni tashkil etish choralarini ko‘rsin. 12. O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Fanlar akademiyasi huzuridagi Yadro fizikasi instituti va Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutiga fizika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Dsc) ilmiy darajalarini berish vakolati taqdim etilsin. 13. Innovatsion rivojlanish vazirligi: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yildan boshlab oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar buyurtmasiga muvofiq fizika yo‘nalishi bo‘yicha doktoranturaga qabul parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib borish; 2021-yilda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida soddalashtirilgan mexanizm orqali kosmonavtika va aerodinamika sohalarini rivojlantirishga qaratilgan startap loyihalarni moliyalashtirish choralarini ko‘rsin. 14. Fanlar akademiyasining: Fanlar akademiyasi huzuridagi Fizika-texnika instituti tuzilmasida elektrotexnika sohasida xorijiy mamlakatlarning ilg‘or texnologiyalarini o‘rganish va mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan saqlanadigan tajriba ishlab chiqarish va konstruktorlik byurosini tashkil etish; Fanlar akademiyasi tizimiga kiruvchi fizika yo‘nalishidagi ilmiy tashkilotlarda ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan marketing va tijoratlashtirish bo‘limlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 15. Quyidagilar: 2021 — 2023-yillarda fizika yo‘nalishidagi ilmiy tashkilotlarni ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash dasturi (keyingi o‘rinlarda — Jihozlash dasturi) 2021-2022-yillarda fizika yo‘nalishida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan amaliy va innovatsion loyihalar bo‘yicha yangi ilmiy ishlanmalar (texnologiyalar, mahsulotlar) yaratish dasturi muvofiq; Fizika yo‘nalishidagi ilmiy tashkilotlarning ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si 2021 — 2023-yillarda fizika yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlarni yetakchi xorijiy ilmiy markazlar va ishlab chiqarish korxonalariga doktorantura va stajirovkaga yuborish reja-grafigiga muvofiq tasdiqlangan. 16. Belgilansinki: Jihozlash dasturi doirasida ilmiy laboratoriya asbob-uskunalarini xarid qilish Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grant mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan; mazkur qarorga muvofiq fizika yo‘nalishidagi ilmiy xodimlarni doktorantura va stajirovkaga yuborish qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda ishtirokchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 17. Fizika yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim va ilmiy tashkilotlar, olimlar, o‘qituvchilar va fizika ixtisosligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning O‘zbekiston fiziklar kengashini (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin va quyidagilar Kengashning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: Fizika sohasida ilm-fan va ta’limni rivojlantirishga oid dolzarb muammolarni aniqlash, ularni keng jamoatchilik ishtirokida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali muhokama qilish va ilmiy yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; Fizika yo‘nalishidagi ta’lim va ilmiy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, Kengash a’zolarining ijodiy faolligini oshirish va qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni mazmunli va maqsadli tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro mustahkam integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish, Kengash a’zolariga fizika yo‘nalishidagi tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishda ko‘maklashish; Mas’ul vazirlik va idoralarning fizika sohasida ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, bu borada ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish; Fizika fanini rivojlantirishga qaratilgan elektron platformalar yaratish, konferensiya, simpozium, seminar va davra suhbatlarini tashkil etish, fizika fani namoyandalari nomidagi stipendiyalarni ta’sis etish, o‘quvchi va talabalar o‘rtasida olimpiadalar hamda eng yaxshi ilmiy ishlar tanlovlarini o‘tkazish; Fizika yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan xorijiy ta’lim muassasalari, ilmiy jamiyat va tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, sohaga chet el investitsiyalarini jalb qilishga ko‘maklashish. 18. Belgilab qo‘yilsinki, Kengash tomonidan tayyorlangan takliflar tegishli vazirlik va idoralar hamda davlat ta’lim va ilmiy tashkilotlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi, ular Kengashga vazifalarini amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak beradi, so‘ralgan zarur ma’lumotlarni taqdim etib boradi. Innovatsion rivojlanish vazirligi Kengashga faoliyatini tashkil etish va yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatsin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2789-son muvofiq o‘zgartirish kiritilsin. 20. Innovatsion rivojlanish vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 21. Mazkur qarorni samarali amalga oshirish va unda belgilangan yakuniy natijalarga erishish uchun: xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori X.O‘. Umarovaga — hududlarda ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yoshlar seleksiyasini ta’minlash, fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklarni sodda va tushunarli tilda yaratish; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulovga — oliy ta’lim muassasalarida fizika fanlarini o‘qitish sifatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajriba asosida ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda fizika fanlari bo‘yicha zamonaviy darsliklarning nashr etilishini ta’minlash va tizimdagi ilmiy tashkilotlarning faoliyatini natijadorlikka yo‘naltirish; Innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonovga — fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish va “fan-ta’lim-ishlab chiqarish-hudud” integratsiyasini chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish; Fanlar akademiyasining prezidenti B.S. Yuldashevga — ilmiy tashkilotlarning natijadorligini kuchaytirish, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga — tegishli hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini samarali tashkil etish hamda amalga oshirilayotgan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishda ko‘maklashish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat belgilansin. 22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin. Metodika ta’lim-tarbiyaning turli xususiy masalalarini hal qilish zarurati natijasida kelib chiqqan va ta’lim-tarbiya metodikasi asosida ijodkor o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalariga suyanib rivojlanadi. Bir muallifning ilg‘or pedagogik ish tajribasini hamma pedagoglar aynan qo‘llayolmaydilar, Bunda natijalar har kimda har xil bo‘ladi. Oldindan belgilangan maqsadga har bir o‘qituvchi o‘z imkoniyatlariga muvofiq turli darajada erishadi. Shu sababli talab darajasidagi natija kafolatlanmaydi. Asosan ijodkor o‘qituvchilargina yaxshi natijalarga erishailar.Texnologiya metodikalardan o‘zining qayta tiklanuvchanligi, natijalarining turg‘unligi ko‘plab “agar”lar (agar o‘qituvchi iste’dodli bo‘lsa, agar bolalar qobiliyatli bo‘lsa, agar yaxshi ota-onalar bo‘lsa ...) yo‘qligi bilan farq qiladi. Ya’ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan hamma mutaxassislar tomonidan qayta tiklash va qo‘llash mumkinligi bilan juda ham individual bo‘lgan metoddan farq qiladi.Shu bilan bir qatorda metodika pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi.Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion va ilmiy salohiyatni rivojlantirish yo’lida harakat shiddat bilan ortib borayotgan bir davrda yosh avlodning tarbiyaviy, ma’naviy- axloqiy , innovatsion, ilmiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, o’quv jarayonlariga yangi-yangi o‘qitish metodlari, texnologiyalari va innovatsiyalarni tatbiq qilish asosiy burchimizdir. Ta’lim, bir so’z bilan aytganda, mamlakatning kelajakdagi istiqbolini ta’minlaydigan yosh avlodni tarbiyalash, savodli qilishdir.Turli ilmiy tadqiqot metodlarini fizika fanini o’qitish jarayonida qo‘llash ta’lim samaradorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda mavzuni o‘rganishga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, olingan bilimlarni mustahkamlash, o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. 710 STEAM texnologiyasi haqida. STEAM taʼlim texnologiyasi maktab oʻquvchilarini yangicha oʻqitish metodikasi boʻlib, anʼanaviy oʻqitish metodikasidan farqli metodika hisoblanadi. U oʻquvchilarni bir vaqtning oʻzida beshta – fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik, (Engineering), tasviriy sanʼat (Art), matematika (Math) boʻyicha oʻqitishga moʻljallangan. STEAM fan boʻyicha emas, balki mavzular boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish tizimidir. STEAM taʼlimi deganda amaliy mashgʻulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qoʻllash tushuniladi. STEAM texnologiyasida foydalaniladigan metodlardan biri Evristik ta’lim metodi hisoblanadi. Evristik degan so`zning ma’nosi savol javobga asosan “topaman” demakdir. Evristik metod bilan o`qitish maktablarda asosan XIX asr boshlaridanboshlab qo`llanila boshladi. Fizikada mashg`ulotlar qiziqarli bo`lishi uchun, bu mashg`ulotlardagi har bir masala yoki topshiriq so`zma so`z quruq yodlash uchun emas, balki ularning oliy faoliyatlarini ishga soladigan xarakteri bo`lishi kerak. Amerikalik olim D. Poya evristik ta’lim metodi to`g`risida shunday degan edi: “Evristikani maqsadi yangiliklarga olib boruvchi metod va qoidalarni izlash demakdir”. U evristik metod mohiyatini quyidagidek izchillikda tuzilgan reja orqali amalga oshirishni tavsiya qiladi: 1. Masala yoki amaliy topshiriqning qo`yilishini tushunish. 2. Masalaning yechish rejasini tuzish. 3. Tuzilgan rejani amalga oshirish. 4. Orqaga nazar tashlash (hosil qilingan yechimni tekshirish). Bu rejani amalga oshirish jarayonida o`qituvchilar quyidagi savollarga javob topadilar. 1. Masalada nima noma’lum? 2. Masalada nimalar ma’lum? 3. Masalaning sharti nimalardan iborat? 4. Ilgari shunga o`xshagan masalalar yechilganmi? 5. Agar shunga o`xshagan masalalar yechilgan bo`lsa, undan foydalanib qo`yilayotgan masalani yecha oladimi? Albatta yuqoridagi reja-sxema o`quvchilarning ijodiy fikrlash faoliyatilarni shakllantiradi, ammo bu reja sxema o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantiruvchi birdan bir yo`l bo`la olmaydi. Xulosa o’rnida aytish 711 mumkinki, umumta’lim maktablarida ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanish, ta’lim jarayonlariga STEAM texnologiyasini keng joriy etish, tahsil olayotgan yosh avlodning nazariy bilimlarinigina oshiribgina qolmasdan, ularni tezroq amaliy va kasbiy jarayonlarga kirishga undaydi. Bu esa mamlakatimiz zamonaviy ta’limining yutuqlaridan biridir. II Download 179.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling