- AQSh, Yevropa va Yaponiya iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasi tufayli og’ir yo’qotishga uchragan 2020-yilda Xitoy iqtisodiyoti 2,3 foiz o’sgan.
- Yilning oxirgi uch oyida o’sish bir yil oldinga qaraganda 6,5 foizni tashkil etgan. Uchinchi chorakda esa bu ko’rsatkich 4,9 foizni qayd etgan.
- 2020-yilning birinchi choragida iqtisodiyot 6,8 foizga qisqargan. Pandemiyaga qarshi joriy etilgan keskin cheklov choralari bunga sabab bo’lgan.
- Ikkinchi chorakda 3,2 foiz o’sish qayd etilib, Xitoy 2020-yil pandemiya davrida iqtisodiy taraqqiyotga erishgan dunyodagi birinchi mamlakat bo’ldi. Pekin koronavirus ustidan g’alaba qozonilganini e’lon qilib, mart oyidan do’konlar va zavodlar ochilishiga ruxsat berdi.
- “Mamlakat miqyosida qilingan ishlar natijasida pandemiyani to’xtatish, ish va ishlab chiqarishni qayta boshlash bo’yicha yetakchilikni qo’lga kiritib, ijobiy iqtisodiy o’sishga erishgan birinchi davlat bo’ldik”, - deydi Xitoy Milliy statistika byurosi rahbari Ning Sije.
- “Iqtisodiyot barqaror qayta tiklandi va yashash standartlari to’liq ijroga kiritildi”, - deyiladi byuro bayonotida.
- Yana unda qayd etilishicha, taraqqiyot rejalari kutilganidan ko’ra yaxshiroq bajarilgan.
- 2020-yil Xitoyning so’nggi bir necha o’n yillik tarixida iqtisodiyot eng sekin o’sgan yil bo’ldi. Eng so’nggi past o’sish 1990-yilda qayd etilgan bo’lib, o’shanda 3,9 foizni tashkil etgan.
- Dunyoning boshqa yirik davlatlari hali bir yillik iqtisodiy ko’rsatkichlarni e’lon qilgani yo’q. Ammo ularning barchasida iqtisodiyot qisqargani taxmin qilinmoqda.
Xitoy Xalq Respublikasi - hu qatorda davlat pandemiya tugashi tufayli quyidagi natijalarga erishdi:
- 2020-yilda dunyodagi eng yirik to’g’ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar qabul qiluvchi sifatida AQShni ortda qoldirdi.
- Dunyodagi eng yirik kompaniyalar, “Fortune 500” ro’yxatida daromadlari bo’yicha Xitoyda AQShga qaraganda ko’proq firmalar mavjud edi.
- Yevropa ittifoqing eng yirik savdo hamkori maqomini egalladi.
- Raqamlar:
- 14,5% — Xitoyning global YaIMdagi ulushi (2010-yilda 9,2%).
- 124 — “Fortune 500” ro’yxatidagi xitoylik kompaniyalar soni (AQShdan 121 ta).
- 71,4% — Bozor kurslari bo’yicha AQShga nisbatan Xitoy iqtisodiyotining hajmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |