Qozon agregatining issiqlik balansi


Download 10.5 Kb.
bet1/3
Sana12.10.2023
Hajmi10.5 Kb.
#1699477
  1   2   3
Bog'liq
Qozon agregatining issiqlik balansi-fayllar.org


Qozon agregatining issiqlik balansi

Qozon agregatining issiqlik balansi
Qozon qurilmasining issiqlik balansi agregatga issiqlik ke­lishi va sarflanishi orasidagi tenglikni ifodalaydi. Issiqlik ba­lansi asosida yoqilg’i sarfi aniqlanadi va foydali ish koeffitsien­ti hisoblanadi. Qozon agregatida yoqilg’ining kimyoviy energiyasi yonish natijasida, yonish mahsulotlarining fizikaviy issiqligiga aylanadi. Bu issiqlik suvni qizdirish yoki bug’ ishlab chiqarish va o`ta qizdirish uchun sarf bo`ladi. Issiqlik uzatish va yonish protsess­lari davomida ma`lum issiqlik yo`qotiladi va hosil bo`layotgan mahsulot suv yoki qizigan bug’ issiqlikning bir qismini o`ziga oladi.

Qozon agregatining issiqlik balansini tuzish agregatga kirayotgan issiqlik bilan foydalanilayotgan va sarf bo`layotgan issiqliklar orasidagi tenglikni ifodalashdan iborat bo`ladi. Issiqlik balansi 1 kg qattiq yoki suyuq yoki 1 m3 gaz yoqilg’isi uchun tuziladi. Agregatning issiqlik holati muvozanatlashganda issiqlik ba­lansi tenglamasi quyidagi ko`rinishda yoziladi:

yoki
(17.1)
bu erda: Q1 -bug’ hosil bo`lishiga foydalanilgan issiqlik miqdori;
Q2 -chiqib ketayotgan gazlar bilan issiqlikning yo`qotilishi;
Q3 -kimyoviy to`la yonmaslikdan issiqlikning yo`qotilishi;
Q4 -mexanikaviy to`la yonmaslikdan issiqlikning yo`qotilishi;
Q5 -atrof-muhitga issiqlikning yo`qotilishi;
Q6 -shlaklarning fizik issiqligi bilan issiqlikning yo`qotilishi.
Agar (17.1) tenglikning o`ng tomonidagi har bir yig’indini Qnu ga bo`lib va 100% ga ko`paytirsak, issiqlik balansi tenglamasi quyidagi ko`rinishga keladi:
q1 Q q2 Qq3 Q q4 Q q5 Q q6 =100 % (17.2)
(17.2) tenglikdagi q1 agregat foydali ish koeffitsientini ifodalab, qozon qurilmasi energiya sarflarini (bug’ so`rgich, ventilya­tor, ta`minlash nasosi va boshqa) hisobga olmaydi.
Issiqlik balansi (17.1) ning chap qismi quyidagi kattaliklar yig’indisidan iborat:
(17.3)
bu erda: Qx.f.i - 1 kg yoqilg’ini yoqish uchun o`txonaga beriladigan havoning fizikaviy issiqligi;
Qyo.f.i - o`txonaga beriladigan 1 kg yoki 1 m3 yoqilg’ining fizikaviy issiqligi;
Q.f.i - 1 kg yoqilg’iga puflanadigan bug’ bilan keladigan fizikaviy issiqlik.
Havo bilan beriladigan issiqlikni quyidagi tenglikdan topish mumkin:
(17.4)
bu erda: - havoqizdirgichga kirayotgan havo miqdorini nazariy jihatdan kerak bo`ladigan havo miqdoriga nisbati;
Sp - havoning o`rtacha hajmiy izobarik issiqlik sig’imi;
Tk.x -qizigan havo temperaturasi;
Ts.x - soviq havo temperaturasi.
Mazut yoqishda puflanadigan bug’ bilan keladigan issiqlik:
(17.5)
bu erda: Wf - forsunka bug’ining sarfi;
if- forsunka bug’ining ental’piyasi;
r - bug’lanish issiqligi.
O`txonaga berilayotgan 1 kg yoqilg’ining fizikaviy issiqligi;
(17.6)
bu erda: Syo -yoqilg’ining issiqlik sig’imi;
Tyo -yoqilg’ining temperaturasi.
Agar havo va yoqilg’i dastlab qizdirilmasa, hamda yoqilg’i bilan puflanadigan bug’ ishlatilmasa, u holda bo`ladi.



Download 10.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling