Quality enginering group


Download 10.74 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi10.74 Kb.
#1818953
Bog'liq
QUALITY ENGINERING GROUP








QUALITY ENGINERING GROUP” MCHJ rahbari X.Erkinovga

Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi, Sizning 2023-yil
31-iyuldagi №263-sonli xatingizga asosan quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi
“2021-2022-yillarda Samarqand shahrining infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirish va turizmni rivojlantirish uchun
shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PQ-4999-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, Siz tomondan umumiy foydalanishdagi xalqaro ahamiyatga ega
M-37A “Samarqand halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 33-41-km.lari oralig‘ini joriy ta’mirlash (to‘la ta’mir elementlari bilan) obyektida ko‘kalamzorlashtirish maqsadida daraxtlar, butalar, gular va chim (gazon) ekish, ko‘chalarda zamonaviy loyiha asosida ilg‘or tajribalarni qo‘llab, landshaft, dizayn elementlarini tadbiq etib, yo‘lning har ikki tomonini ko‘kalamzorlashtirish va zamonaviy sug‘orish tizimini o‘rnatish ishlari amalga oshirilgan.
Siz rahbarlik qilayotgan tashkilot va “Bog‘ishamol yo‘llardan muntazam foydalanish” UK o‘rtasida 2021-yil 02-apreldagi №57a-sonli shartnomaga va 05.01.2022-yildagi №1-sonli qo‘shimcha kelishuvga asosan, ushbu obyektni foydalanishga qabul qilish yuzasidan “Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi” boshlig‘i A.Urakovning 26.05.2023-yildagi “M-37A “Samarqand halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 33-41-km.lar oralig‘ini joriy ta’mirlash (to‘la ta’mirlash elementlari bilan) obyektida ko‘kalamzorlashtirish va ularni sug‘orish tizimlarini foydalanishga kabul kilish to‘g‘risida’gi №35-sonli buyrug‘iga binoan ishchi komissiya tuzilgan. Ushbu obyektda mavjud bo‘lgan daraxtlar, butalar, gullar, chim (gazon) va sug‘orish tizimi ichki komissiya azolari ishtirokida sanokdan o‘tkazilib, moliyalashtirilgan qismi uchun qabul qilish dalolatnomasi tuzilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Mazkur obyektda Siz tomondan bajarilgan qoldiq ish hajmlari uchun moliyalashtirish ishlari amalga oshirilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-noyabrdagi 226-sonli qaroriga asosan foydalanishga qabul qilinishini ma’lum qilamiz.
Bosh boshqarma
boshlig‘i v.b A.Urakov
Ijrochi: R.Isakov
Tel: (71) 207-67-68 (609)
Download 10.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling